Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.7K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
▪️Yaxshi dam - mehnatga hamdam

Yurtimizda ichki turizmni rivojlantirish va ta'lim tizimida faollik ko‘rsatayotgan xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining tegishli ko‘rsatmasiga asosan, Jarqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tomonidan hududdagi bir guruh faol maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari hamda bo‘lim xodimlari uchun sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida jarqo‘rg‘onlik ta'lim jonkuyarlari Toshkent va Samarqand shahridagi qator diqqatga sazovor manzillarda bo‘lib, maroqli hordiq chiqarishdi.

Yangi o‘quv yili oldidan ushbu sayohat ta'lim rahbarlari uchun ayni muddao bo‘ldi. Xodimlarga qaratilgan e'tibor, munosib rag‘bat tizimdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish uchun xizmat qiladi degan umiddamiz.

#Jarqorgon #sayohat
#Toshkent #Samarqand

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍253
Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov Jarqo‘rg‘on tumanidagi 33-umumta'lim maktabiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida dastlab maktabning yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati, obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi. Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 30-iyuldagi “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari hududi, fayesi, bino yoʼlaklari va sinfxonalarini bezatishning namunaviy talablarini tasdiqlash toʼgʼrisida” 179-sonli buyrugʼi ijrosi bo'yicha maktabda amalga oshirilgan ishlar ko'zdan kechirildi.

Qolaversa, Muhriddin Normurodov manzilda maktab formasi boʼyicha tashkil etilgan koʼrgazma-yarmarkalarda ham qatnashib, mas'ullarga yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berib o'tdi.

#Jarqorgon #yangioquvyili
#maktabformasi #yarmarka

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍7🎉21🔥1👏1
Jarqo'rgon tumaniga tashrif davomida Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari Muhriddin Normurodov 15-36-65-umumta'lim maktablari hamda 20-IDUMda ham o'rganish ishlarini olib borildi.

Ushbu ta'lim muassasalarida asosan, yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishildi. Joriy ta'mirlash yakuni, sinfxonalarning holati, maktabda olib borilgan obodonlashtirish ishlari ko'zdan kechirildi.

Shuningdek, maktab hududi, fayesi, bino yoʼlaklari va sinfxonalarining namunaviy talablar asosida bezatilganligi ham o'rganilib, mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish, maktabda odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyatiga alohida e'tibor qaratilishi yuzasidan ko'rsatmalar berildi.

#Jarqorgon #yangioquvyili
#maktabformasi #yarmarka

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍6👌21👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▪️Jarqo‘rg‘on tumanidagi 33-maktab yangi o‘quv yiliga tayyor

Jarqo‘rg‘on tumanidagi 33-umumta'lim maktabi 1963-yilda qurilgan bo'lib, 740 o‘ringa mo‘ljallangan. Maktab joriy ta'mirdan chiqarildi va bugungi kunda yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyor holatga keltirilgan.

Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 30-iyuldagi “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari hududi, fayesi, bino yoʼlaklari va sinfxonalarini bezatishning namunaviy talablarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 179-sonli buyrugʼi ijrosi ham mazkur maktabda to'liq ta'minlangan.

#Jarqorgon #33maktab
#jihozlash #yangioquvyili

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍102🔥2🎉2
✔️Jarqo'rg'on tajribasi: maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish yuzasidan seminar o'tkazildi

📌Bugun Jarqo'rg'on tumanidagi 33-umumta'lim maktabida "Maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida seminar tashkil etildi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev, tumandagi maktab direktorlari, pedagoglar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

➡️Seminar davomida boshqarma boshlig'i yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish, maktablarda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida so'z yuritdi. Shundan so'ng tumandagi qator ta'lim muassasalari jamoasi o'z namunali maktab formalarini yig'ilganlar e'tiboriga havola etishdi.

🔼Shuningdek, 33-umumta'lim maktabining yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati, qolaversa, Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 30-iyuldagi “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari hududi, fayesi, bino yoʼlaklari va sinfxonalarini bezatishning namunaviy talablarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 179-sonli buyrugʼi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi va mazkur maktab tajribasini tumandagi barcha maktablarda ommalashtirish vazifasi belgilandi.

#Jarqorgon #seminar
#maktabformasi #yangioquvyili

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥2👏1🎉1🤩1
✔️Maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish bo‘yicha seminar maktabgacha ta'lim tashkilotida davom etdi

📌 "Maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusidagi seminar tumandagi 46-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ham davom etdi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev, tumandagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari, pedagoglar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

➡️Seminar davomida boshqarma boshlig'i yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish borasida so'z yuritdi. Shundan so'ng tumandagi qator maktabgacha ta'lim tashkilotlari jamoalari o'z namunali formalarini yig'ilganlar e'tiboriga havola etishdi.

🔼Shuningdek, 46-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati, qolaversa, Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 30-iyuldagi “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari hududi, fayesi, bino yoʼlaklari va sinfxonalarini bezatishning namunaviy talablarini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 179-sonli buyrugʼi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi va mazkur maktabgacha ta'lim tashkiloti tajribasini tumandagi barcha bog‘chalarda ommalashtirish vazifasi belgilandi.

#Jarqorgon #seminar
#tajribaalmashish #yangioquvyili

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🥰2🎉1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️Jarqo‘rg‘on tajribasi: ta'lim rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish yuzasidan seminar o'tkazildi

📌Bugun Jarqo'rg'on tumanidagi 33-umumta'lim maktabi va 46-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida "Maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini tizimli tashkil etish, muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusida seminar tashkil etildi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev, tumandagi maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari, pedagoglar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

#Jarqorgon #seminar
#maktabformasi #yangioquvyili

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍82👌1🕊1
⚡️Jarqo‘rg‘ondagi ta'mirtalab maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati o‘rganildi

🔽Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurdi.

✔️Manzildagi 19-30-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati bilan tanishildi.

📈Ma'lumot uchun, 19-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti 1975-yilda qurilgan bo‘lib, 90 o‘ringa mo‘ljallangan. 30-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti esa 1974-yilda qurilgan va quvvati 100 o‘rinli.

📊Boshqarma boshlig‘i o‘rganish davomida ta'lim muassasalaridagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va ta'mirlash ishlarini olib borish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

#Jarqorgon #maktabgachatalim
#tamirlash #yangioquvyili

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍141👌1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔼Maktabgacha ta'lim tashkilotlari milliy qadriyatlar ruhida bezatilmoqda

Videolavhada milliy qadriyatlar ruhida ko'rinish kasb etayotgan Jarqo‘rg‘on tumanidagi 10-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti aks etgan.


#milliyqadriyatlar #maktabgachatalim
#Jarqorgon

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍112🔥2🥰1🎉1
📍Hududlarga tashrif: Jarqo‘rg‘ondagi maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

📈Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurib, 1-, 6-, 7-, 23-, 27-, 41-umumta'lim maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

🖥 O‘rganishlar davomida bino, moddiy-texnik bazaning holati, obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Qolaversa, maktab darsliklari va 1-sinf o‘quvchilari uchun "Prezident sovg‘alari"ning yetkazib berilganlik holati bilan tanishilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

✔️Ma'lumot uchun, bugungi kunda tumanda 68 ta umumta'lim maktabi mavjud bo‘lib, ushbu maktablarning 65 tasi
1 milliard 158 million so‘m mablag‘ evaziga joriy ta'mirdan chiqarildi.

#Jarqorgon #yangioquvyili
#organish #prezidentsovgasi

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61🔥1👌1🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📈Jarqo‘rg‘onda mehnat yarmarkasi tashkil etildi

✔️Yarmarkada 50 nafardan ortiq yoshlar maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlariga ishga joylashtirildi.


#Jarqorgon #yarmarka

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏1
📈Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov ta'lim tashkilotlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida Termiz va Jarqo‘rgon tumanlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.

🔼Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida umumxalq xayriya hashari doirasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas'ullarga ko‘rsatmalar berildi.

🔔Shuningdek, ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yili uchun tayyorgarlik jarayonlari, bino va moddiy-texnik bazaning holati ham ko‘zdan kechirilib, yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

#Termiz #Jarqorgon #obodonlashtirish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2😍1
🔔Jarqorgonda ta'lim muassasalari yangi o‘quv yiliga tayyor
 
📈Jarqo‘rg‘on tumanida 68 ta maktab va 47 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud.

➡️Tumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil
25-dekabrdagi PQ-404-sonli qaroriga asosan “Investitsiya” dasturi doirasida 4 ta umumta’lim maktablari va 2 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari rekonstruksiya qilindi.

ℹ️2024-yilda 4 ta 15-, 19-, 28- va 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari moddiy-texnika bazasini yaxshilash uchun “Tashabbusli budjet” loyihasida qatnashib 4 milliard 601 million g‘olibi bo‘lishdi va ayni vaqtda ushbu maktablarda qurilish ishlari yakunlanmoqda.

✔️Ma'lumot uchun, tumandagi 68 ta umumta'lim maktablarining 65 tasi 1 milliard 158 million so‘m mablag‘ evaziga joriy ta'mirdan chiqarildi.


#Jarqorgon #yangioquvyili #prezidentsovgasi

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍122👏1
🔔Jarqo‘rg‘ondagi maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

📈Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrif buyurib, maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.

🖥Xususan, maktab binosi, sinfxonalar va 1-sinf o‘quvchilari uchun "Prezident sovg‘alari"ning yetkazib berilganlik holati ko‘zdan kechirildi. Qolaversa, obodonlashtirish ishlari va xonalarning jihozlanishiga ham alohida e'tibor qaratilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

✔️Ma'lumot uchun, bugungi kunda Jarqo‘rg‘on tumanida 68 ta maktab mavjud bo‘lib, joriy o‘quv yilida ushbu maktablarning 1-sinfiga 5 mingdan ortiq o‘g‘il-qizlar qabul qilinmoqda.

#Jarqorgon #yangioquvyili

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍8🕊21🎉1👌1
📈Ta'lim muassasalarida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishildi

⚡️Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev hududlarga tashrifi davomida ta'lim muassasalarida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

📊Xususan, Termiz tumanidagi 11-sonli, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 2-, 5-, 15-, 38-umumta'lim maktablari hamda 41-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotidagi qurilish ishlari, qurilayotgan qo‘shimcha o‘quv binolaridagi jarayonlar bilan tanishildi.


🔔Boshqarma boshlig‘i qurilish ishlarining sifatiga alohida e'tibor qaratib, mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quvchilarga munosib sharoit yaratish uchun zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

✔️Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi "2024-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 404-sonli qaroriga asosan, ayni kunlarda viloyatdagi 48 ta maktabda 141 milliard 188 million so‘m evaziga, 13 ta maktabgacha ta'lim tashkilotida 24 milliard 212 million evaziga kapital-rekonstruksiya, qo‘shimcha o‘quv binosi qurish ishlari amalga oshirilmoqda. 44 milliard 137 million so‘m sarflanib 11 ta yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti, 44 milliard 311 million so‘mga esa 3 ta yangi maktab qurilyapti. Shuningdek, 39 milliard 900 million so‘m evaziga 7 ta maktab mukammal ta'mirlanmoqda.

#Termiztumani #Jarqorgon #qurilishishlari

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72🔥1🎉1
⚡️Nuroniylar o‘giti - ta'lim-tarbiya ustuni

📈Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev tashabbusi bilan Jarqo‘rg‘on tumanidagi 47-umumta'lim maktabida ta'lim-tarbiya fidoyisi, "Xalq ta'limi a'lochisi", 80 yoshli nuroniy Jo‘ra Normurodov ishtirokida maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

➡️20 yil Jarqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan, umrini ta'lim-tarbiya rivojiga baxsh etib, jami 46 yillik ish faoliyati davomida Jarqo‘rg‘on ta'limini viloyatda yetakchi o‘rinlarga olib chiqqan Jo‘ra Normurodov tumandagi minglab pedagoglarning ustozi.


🔔Maktab jamoasi bilan kechgan samimiy muloqot davomida nuroniy otaxon bugungi kunda ta'lim-tarbiya tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni e'tirof etib, sohada amalga oshirilishi muhim bo‘lgan vazifalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirib o‘tdi.

✔️Boshqarma boshlig‘i esa nuroniylarning maslahatlari ta'lim tizimida muhim ekanligini ta'kidlab, sohadagi mehnatlari uchun Jo‘ra Normurodovga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

#Jarqorgon #nuroniy #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥2🕊21
⚡️Jarqo'rg'ondagi 47-maktab mukammal ta'mirlanib, zamonaviy ko'rinishga keltirildi

📍Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimov Jarqo'rg'on tumaniga tashrifi davomida hududdagi 47-umumta'lim maktabida bo'lib, ta'lim muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, maktabdagi shaxmat burchagi, mashg'ulot jarayonlari, maktabda tashkil etilgan Milliy gvardiya sinfi faoliyati ko'zdan kechirildi.

🔔Maktab jamoasi bilan bo'lgan suhbat davomida ta'lim sifatini yanada yaxshilash borasida amalga oshiriladigan istiqbolli vazifalar xususida so'z yuritildi.

➡️Tashrif davomida davlat dasturi asosida zamonaviy ko'rinishda 400 million so'm mablag' evaziga bunyod etilgan maktabning mini-futbol maydoni foydalanishga topshirildi. Tantanali tadbir davomida viloyat rahbari sportchi o'g'il-qizlarga esdalik sovg'alarini topshirdi.


✔️Ma'lumot uchun, 47-umumta'lim maktabi 1984-1989-yillarda qurilgan bo'lib, 360 o'ringa mo'ljallangan. Bugungi kunda maktabda 600 nafar o'quvchi ta'lim oladi. Ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan ushbu ta'lim muassasasi joriy yilda viloyat hokimi tashabbusi bilan 1,5 milliard so'm mablag' evaziga mukammal ta'mirlandi va zamonaviy ko'rinishga keltirildi.

#Jarqorgon #47maktab #ministadion

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71🔥1🥰1🤩1