📈Ta'lim muassasalarida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishildi⚡️Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i
Xusniddin Mamadiyev hududlarga tashrifi davomida ta'lim muassasalarida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
📊Xususan, Termiz tumanidagi 11-sonli, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 2-, 5-, 15-, 38-umumta'lim maktablari hamda 41-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotidagi qurilish ishlari, qurilayotgan qo‘shimcha o‘quv binolaridagi jarayonlar bilan tanishildi.
🔔Boshqarma boshlig‘i qurilish ishlarining sifatiga alohida e'tibor qaratib, mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quvchilarga munosib sharoit yaratish uchun zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.
✔️Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi "2024-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 404-sonli qaroriga asosan, ayni kunlarda viloyatdagi 48 ta maktabda 141 milliard 188 million so‘m evaziga, 13 ta maktabgacha ta'lim tashkilotida 24 milliard 212 million evaziga kapital-rekonstruksiya, qo‘shimcha o‘quv binosi qurish ishlari amalga oshirilmoqda. 44 milliard 137 million so‘m sarflanib 11 ta yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti, 44 milliard 311 million so‘mga esa 3 ta yangi maktab qurilyapti. Shuningdek, 39 milliard 900 million so‘m evaziga 7 ta maktab mukammal ta'mirlanmoqda.#Termiztumani #Jarqorgon #qurilishishlariTelegram |
Facebook |
Instagram |
You tube |
Twitter |
Veb-sayt