Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
54.6K subscribers
31.7K photos
3.11K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov Termiz tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida dastlab 35-19-24-sonli maktablarning yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati, obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi. Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 30-iyuldagi “Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari hududi, fayesi, bino yoʼlaklari va sinfxonalarini bezatishning namunaviy talablarini tasdiqlash toʼgʼrisida” 179-sonli buyrugʼi ijrosi bo'yicha maktabda amalga oshirilgan ishlar ko'zdan kechirildi.

Qolaversa, mas'ullarga yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berib o'tildi.

#Termiztumani #yangioquvyili
#maktablar #jihozlash

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍10🥰1👏1👌1🕊1
Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov Termiz tumaniga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida 8-, 13-, 29-, 36-umumta'lim maktablari hamda 12-sonli ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati bilan tanishildi.

Ushbu maktablarda yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati, obodonlashtirish ishlari ko'zdan kechirildi.

O'rganish davomida mas'ullarga yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berib o'tildi.

#Termiztumani #yangioquvyili
#tayyorgarlik #jihozlash

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍91🔥1🎉1👌1
Termiz tumaniga tashrif davomida Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari Muhriddin Normurodov 17-21-umumta'lim maktablarida ham o'rganish ishlarini olib bordi.

Ushbu ta'lim muassasalarida asosan, yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishildi. Joriy ta'mirlash yakuni, sinfxonalarning holati, maktabda olib borilgan obodonlashtirish ishlari ko'zdan kechirildi.

Shuningdek, maktab hududi, fayesi, bino yoʼlaklari va sinfxonalarining namunaviy talablar asosida bezatilganligi ham o'rganilib, mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yangi o'quv yiliga puxta hozirlik ko'rish, maktabda odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyatiga alohida e'tibor qaratilishi yuzasidan ko'rsatmalar berildi.

#Termiztumani #yangioquvyili
#maktabformasi #odobaxloq

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍7🥰1🎉1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📉Termiz tumanidagi maktablar yangi o'quv yiliga tayyorlanmoqda

✔️Termiz tumanida bugungi kunda 34 ta maktab va 17 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud.

📊Tumandagi 2 ta: 11- va 36-maktablarda kapital rekonstruksiya, qurilish-ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

ℹ️2024 yilda 1-mavsum "Tashabbusli budjet" dasturi asosida jami
1 mlrd 360 mln so‘m mablag‘ ajratilib, 16-ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan umumiy o‘rta ta’lim maktabida oshxona, faollar zali, sport zalini mukammal ta’mirlash va boshlang‘ich sinf o‘quv binosining tom qismini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

📍Umumta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash maqsadida mahalliy budjet mablagʻi hisobidan jami 334 mln
261 ming 400 so‘mlik 4 turdagi
mahsulotlar umumta’lim maktablariga tarqatilib, ta’lim muassasalari yangi o‘quv yiliga tayyor holatga keltirildi.


#Termiztumani #yangioquvyili

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1👏1
⚡️Termiz tumanidagi ta'lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi

📌Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev Termiz tumaniga tashrif buyurib, manzildagi 11-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti, 15-, 19-, 24-, 27-umumta'lim maktablari faoliyatini o‘rgandi.

🔽Xususan, ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yili uchun tayyorgarlik jarayonlari, bino va moddiy-texnik bazaning holati, obodonlashtirish ishlari, maktab darsliklari va 1-sinflar uchun "Prezident sovg‘alari"ning yetkazib berilganlik holati bilan tanishildi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📈Ma'lumot uchun, bugungi kunda Termiz tumanida jami 17 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti, 34 ta umumta'lim maktablari faoliyat yuritmoqda. Yangi o‘quv yili oldidan tumandagi 29 ta maktab 188 million so‘m mablag‘ evaziga joriy ta'mirdan chiqarildi.

#Termiztumani #yangioquvyili #organish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍141🎉1🤩1
🔔Termiz tumanida III "Ustozlar milliy forumi" bo‘lib o‘tdi

🖥Termiz tumanidagi 3-umumta'lim maktabida III an'anaviy "Ustozlar milliy forumi"ning tuman bosqichi o‘tkazildi. Unda viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev, tuman hokimi, pedagoglar va boshqa mas'ullar ishtirok etishdi.

✔️Bugungi kunda Termiz tumanidagi 34 ta maktabda 1 ming 700 dan ortiq o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Forum davomida sohada faollik ko‘rsatib kelayotgan 50 nafar pedagoglar munosib taqdirlandi.

ℹ️Tadbirdan so‘ng boshqarma boshlig‘i mazkur maktabda yangi o‘quv yili uchun tayyorgarlik jarayonlari, 1-sinf o‘quvchilari uchun "Prezident sovg‘alari"ning yetkazib berilganlik holati, o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish xonasidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishib, maktab jamoasiga yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

#Termiztumani #ustozlarforumi
#taqdirlash #yangioquvyili

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥1
📈Ta'lim muassasalarida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishildi

⚡️Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev hududlarga tashrifi davomida ta'lim muassasalarida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

📊Xususan, Termiz tumanidagi 11-sonli, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 2-, 5-, 15-, 38-umumta'lim maktablari hamda 41-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotidagi qurilish ishlari, qurilayotgan qo‘shimcha o‘quv binolaridagi jarayonlar bilan tanishildi.


🔔Boshqarma boshlig‘i qurilish ishlarining sifatiga alohida e'tibor qaratib, mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quvchilarga munosib sharoit yaratish uchun zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

✔️Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi "2024-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 404-sonli qaroriga asosan, ayni kunlarda viloyatdagi 48 ta maktabda 141 milliard 188 million so‘m evaziga, 13 ta maktabgacha ta'lim tashkilotida 24 milliard 212 million evaziga kapital-rekonstruksiya, qo‘shimcha o‘quv binosi qurish ishlari amalga oshirilmoqda. 44 milliard 137 million so‘m sarflanib 11 ta yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti, 44 milliard 311 million so‘mga esa 3 ta yangi maktab qurilyapti. Shuningdek, 39 milliard 900 million so‘m evaziga 7 ta maktab mukammal ta'mirlanmoqda.

#Termiztumani #Jarqorgon #qurilishishlari

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72🔥1🎉1