Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.7K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#Kuzgi_taʻtil
#Sayohat

Kuzgi ta'tilni maroqli o'tkazish maqsadida Bandixon va Sariosiyo tumanidagi maktab o'quvchilari uchun viloyatimizdagi turli diqqatga sazovor manzillarga sayohat tashkil etildi.

Ekskursiya davomida o'g'il-qizlar vohamiz tarixini chuqur o'rganish barobarida miriqib dam olib, madaniy hordiq chiqarishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube
👍2
#Sayohat

Olimpiada ishtirokchilari uchun sayohat tashkil etildi

Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan respublika fan olimpiadasi ishtirokchilarining maroqli dam olishlarini ta'minlash maqsadida sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida o‘quvchilar Termiz shahridagi muzeylar, "Vatanparvarlar" bog‘i, shuningdek, Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohi va Sulton Saodat majmuasida bo‘lishdi.

✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍174🕊2👏1
▪️Yaxshi dam - mehnatga hamdam

Yurtimizda ichki turizmni rivojlantirish va ta'lim tizimida faollik ko‘rsatayotgan xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining tegishli ko‘rsatmasiga asosan, Jarqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tomonidan hududdagi bir guruh faol maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari hamda bo‘lim xodimlari uchun sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida jarqo‘rg‘onlik ta'lim jonkuyarlari Toshkent va Samarqand shahridagi qator diqqatga sazovor manzillarda bo‘lib, maroqli hordiq chiqarishdi.

Yangi o‘quv yili oldidan ushbu sayohat ta'lim rahbarlari uchun ayni muddao bo‘ldi. Xodimlarga qaratilgan e'tibor, munosib rag‘bat tizimdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish uchun xizmat qiladi degan umiddamiz.

#Jarqorgon #sayohat
#Toshkent #Samarqand

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍253
📈O‘quvchilar "Akfa Medline" tibbiyot klinikasi faoliyati bilan tanishishdi

📊Bugun Termiz shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari ishtirokida Markaziy Osiyodagi birinchi Termiz xalqaro erkin iqtisodiy zonasida joylashgan "Akfa Medline" zamonaviy tibbiyot klinikasiga sayohat uyushtirildi.

🔔O‘quvchi yoshlar manzilda yaratilgan sharoitlar, zamonaviy tibbiy apparatlar, ish jarayonlari bilan yaqindan tanishish barobarida asbob-uskunalardan foydalanib ko‘rish imkoniyatiga ham ega bo‘lishdi.

➡️Qolaversa, manzildagi malakali mutaxassislar, shifokorlardan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

⚡️Ushbu sayohatni tashkil etishdan maqsad o‘g‘il-qizlarni kasbga yo‘naltirish, ularning turli kasblar bo‘yicha tasavvurlarini shakllantirishdan iborat.


#sayohat #akfamedline

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥1🥰1🎉1👌1🕊1