Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.5K subscribers
31.8K photos
3.13K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️Nuroniylar o‘giti - ta'lim-tarbiya ustuni

📈Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev tashabbusi bilan Jarqo‘rg‘on tumanidagi 47-umumta'lim maktabida ta'lim-tarbiya fidoyisi, "Xalq ta'limi a'lochisi", 80 yoshli nuroniy Jo‘ra Normurodov ishtirokida maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

➡️20 yil Jarqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan, umrini ta'lim-tarbiya rivojiga baxsh etib, jami 46 yillik ish faoliyati davomida Jarqo‘rg‘on ta'limini viloyatda yetakchi o‘rinlarga olib chiqqan Jo‘ra Normurodov tumandagi minglab pedagoglarning ustozi.


🔔Maktab jamoasi bilan kechgan samimiy muloqot davomida nuroniy otaxon bugungi kunda ta'lim-tarbiya tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni e'tirof etib, sohada amalga oshirilishi muhim bo‘lgan vazifalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirib o‘tdi.

✔️Boshqarma boshlig‘i esa nuroniylarning maslahatlari ta'lim tizimida muhim ekanligini ta'kidlab, sohadagi mehnatlari uchun Jo‘ra Normurodovga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

#Jarqorgon #nuroniy #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥2🕊21