Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
37.4K subscribers
34.5K photos
3.44K videos
140 files
11.2K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
📖“Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusidagi rasmlar tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Surxondaryo viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini kuchaytirish, yosh avlod orasida halollik g‘oyasini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi” mavzusidagi rasmlar tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi”ni o‘tkazishga doir tegishli buyrug‘i asosida amalga oshirildi.

Tanlovda viloyatning barcha tuman va shaharlaridan iqtidorli yoshlar ishtirok etib, korrupsiyaning jamiyatga zararli oqibatlari, halollikning inson hayotidagi o‘rni va kelajak uchun adolatli muhit yaratish g‘oyalarini turli badiiy usullar orqali ifodalashdi.


Taqdirlash marosimida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev ishtirok etib, tanlov ishtirokchilari va g‘oliblarini tabrikladi. Marosimda korrupsiyaga qarshi kurash faqat huquqiy choralar bilan emas, balki yosh avlod ongida halollik va adolat tuyg‘usini mustahkamlash orqali ham samarali bo‘lishi ta’kidlab o‘tildi.

Tanlov g‘oliblari quyidagilar:

🥇 1-o‘rin — Tanzila Abrayeva, Angor tumani 3-maktab o‘quvchisi
🥈 2-o‘rin — Shabnam Rahmatullayeva, Oltinsoy tumani 22-maktab o‘quvchisi
🥉 3-o‘rin — Norqulova Sabrina, Boysun tumani 4-maktab
o‘quvchisi

G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Taqdirlash jarayonida o‘quvchilarning ijodiy fikrlashi, korrupsiyaga qarshi mas’uliyatli munosabati va yangicha yondashuvlari alohida e’tirof etildi.

🕊Telegram   📱Facebook
📱Instagram 📺You tube
🕊Twitter       💡Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🎉1👌1
📖Surxondaryoda Asosiy olimpiadaning viloyat bosqichi davom etmoqda

📍Bugun Surxondaryo viloyatida Asosiy olimpiadaning hududiy bosqichi doirasida bir qator fanlar bo‘yicha sinovlar muvaffaqiyatli tashkil etildi. Jarayonlar belgilangan reja-grafik asosida, shaffoflik va adolat tamoyillariga qat’iy rioya qilingan holda o‘tkazildi.

📥Bugungi kun doirasida quyidagi fanlar bo‘yicha olimpiada sinovlari bo‘lib o‘tdi:

✍️11-sinf – Biologiya — test sinovi
✍️11-sinf – Matematika — test sinovi
✍️10-sinf – Informatika — dasturlash bo‘yicha amaliy topshiriqlar
✍️10-sinf – Fizika — test sinovi
✍️10-sinf – Kimyo — test sinovi
✍️9-sinf – Fizika — yozma ish
✍️9-sinf – Kimyo — yozma ish

🔔Agar sinov davomida adolat tamoyillariga zid holatlar kuzatilgan bo‘lsa, quyidagi manzillar orqali murojaat qilish imkoniyati mavjud:
📩@Murojaat_FOM_bot
📞+998 71 207 05 24

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

🕊Telegram   📱Facebook
📱Instagram 📺You tube
🕊Twitter       💡Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🎉1👌1