Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.6K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
⚡️Jarqo'rg'ondagi 47-maktab mukammal ta'mirlanib, zamonaviy ko'rinishga keltirildi

📍Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimov Jarqo'rg'on tumaniga tashrifi davomida hududdagi 47-umumta'lim maktabida bo'lib, ta'lim muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, maktabdagi shaxmat burchagi, mashg'ulot jarayonlari, maktabda tashkil etilgan Milliy gvardiya sinfi faoliyati ko'zdan kechirildi.

🔔Maktab jamoasi bilan bo'lgan suhbat davomida ta'lim sifatini yanada yaxshilash borasida amalga oshiriladigan istiqbolli vazifalar xususida so'z yuritildi.

➡️Tashrif davomida davlat dasturi asosida zamonaviy ko'rinishda 400 million so'm mablag' evaziga bunyod etilgan maktabning mini-futbol maydoni foydalanishga topshirildi. Tantanali tadbir davomida viloyat rahbari sportchi o'g'il-qizlarga esdalik sovg'alarini topshirdi.


✔️Ma'lumot uchun, 47-umumta'lim maktabi 1984-1989-yillarda qurilgan bo'lib, 360 o'ringa mo'ljallangan. Bugungi kunda maktabda 600 nafar o'quvchi ta'lim oladi. Ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan ushbu ta'lim muassasasi joriy yilda viloyat hokimi tashabbusi bilan 1,5 milliard so'm mablag' evaziga mukammal ta'mirlandi va zamonaviy ko'rinishga keltirildi.

#Jarqorgon #47maktab #ministadion

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71🔥1🥰1🤩1