Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.8K subscribers
31.8K photos
3.12K videos
96 files
10.3K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#STEM #Mahorat_darslari
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

⚡️Mahorat darslari davom etmoqda.

📌Termiz shahridagi Prezident maktabi STEM fanlari o‘qituvchilari tomonidan Surxondaryo viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari, shuningdek, umumta’lim maktablarining matematika, fizika, kimyo va biologiya fani o‘qituvchilari uchun mahorat dasrlari tashki etildi.

Mahorat darslaridan ko‘zlangan maqsad, lokamativ hisoblangan Prezident maktabi o‘qituvchilari o‘z bilim va ko‘nikmalarini viloyatdagi barcha maktablar o‘qituvchilari bilan bo‘lishib, ta’limning eng so‘ngi metodlarini o‘qitish, amaliy mashg‘ulotlar o‘tish, zamonaviy ta’limning yangi usullari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazish hisoblanadi.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
#STEM_fanlari_olimpiadasi
#Termiz_shahri

⚡️Ayni vaqtda Termiz shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning o‘quvchilari o‘rtasida STEM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, science hamda informatika va axborot texnologiyalari) fanlari bo‘yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

📝Olimpiadada Termiz shahridagi Prezident maktabi hamda Surxondaryo viloyatidagi barcha ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 5-11-sinf o‘quvchilari matematika, tabiiy fan, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan yozma ish, informatika fanidan esa amaliy mashg‘ulot jarayonlarida ishtirok etishmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, olimpiadaning test hamda laboratoriya mashg‘ulotlari 11-may kuni o‘tkaziladi.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🥰3👍21🕊1
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

⚡️⚡️Aziz yurtdoshlar! Sizlarni
Termiz shahridagi Prezident maktabi bo‘lib o‘tadigan "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etamiz.

Ochiq eshiklar kunida siz:
Maktab hayoti;
Dars jarayonlari;
Loyihalar taqdimoti;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

🗓 18
-may
10:00 dan 16:00 gacha
Manzil:
Termiz shahar, Hakim at-Termiziy ko‘chasi, 34b-uy
🏢
Mo'ljal: Termiz arxeologiya muzeyi ro'parasi

📌 Ro'yxatdan o'tish uchun
:
Telegram bot
Ro‘yxatdan o‘tish: 17-may, 22:00 gacha

4-sinfni bitiruvchi o‘quvchilarni maktabimizda kutib qolamiz!


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔔🔔🔔

Surxondaryolik 33 089 nafar oʻquvchilar 11-sinfni tamomlashdi

#Termiz_shahri

Расмий саҳифаларимиз:👇👇👇
Telegram | Zamin-online | Facebook | Instagram | Tiktok | Youtube
👍6
#Eco_schools_Uzbekistan
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

Bo‘lsa hamki qo‘riq yer,
Hosil berar, to‘ksang ter.


📌Termiz shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilarning ona tabiatga bo‘lgan muhabbatini oshirish hamda ularda ekologik madaniyatni shakllantirish maqsadida issiqxona barpo etilgan.

🌱Ayni kunlarda, issiqxonada ekilgan poliz ekinlarining birinchi hosili yig‘ib olinmoqda. Ayniqsa, bodring va qulupnay kabi tabiiy mahsulotlar o‘quvchilar oshxonasida sog‘lom ovqatlanish ratsionini yanada foydali vitaminlar boyitishga xizmat qiladi.

♻️Olib borilayotgan bu ishlar “Eco schools Uzbekistan” loyihasining 3-qadamini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍23👌1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
21.05.2024 20:40

ʼʼYashil chiroq 2024ʼʼ tanlovi tashkil etildi

#Termiz_shahri

Расмий саҳифаларимиз:👇👇👇
Telegram | Zamin-online | Facebook | Instagram | Tiktok | Youtube
👍2🔥1
#bitiruvchi_2024
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

🔔Termiz shahridagi Prezident maktabida 2023-2024-oʻquv yili yakuniga bag‘ishlangan “Ilm — saodat kaliti!” shiori ostida bitiruv oqshomi boʻlib oʻtdi.

〽️Tadbirni maktab ijrochi direktori E. Isaqova hamda akademik direktor S. Safari ochib berib, o‘quv yili davomida erishilgan yutuqlar, ta’lim-tarbiya jarayonlarida amalga oshirilgan islohatlar haqida to‘xtalib o‘tdilar hamda katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan bitiruvchilarni samimiy qutlab, ularga ulkan zafarlar tiladilar.

Tadbir o‘quvchilar ijrosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, orkestr jamoasining kuy-qo‘shiqlari bilan barchada unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Badiiy qismdan so‘ng, o‘quv yili davomida yuqori natijalarga erishgan, turli xalqaro hamda respublika tanlovlarida sovrinli o‘rinlarni egallagan xodimlar va o‘quvchilar tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍18🔥1👏1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
26.06.2024 20:40

Medallar o’z egalariga topshirildi

#Termiz_shahri

Расмий саҳифаларимиз:👇👇👇
Telegram | Zamin-online | Facebook | Instagram | Tiktok | Youtube
👍6🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
28.06.2024 20:40

"Xayr, bog‘cha - salom, maktab"

#Termiz_tumani

Расмий саҳифаларимиз:👇👇👇
Telegram | Zamin-online | Facebook | Instagram | Tiktok | Youtube
👍3🥰1
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari
#Termiz_shahri

⚡️ Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichiga start berildi.

Surxondaryo viloyatida saralash imtihonlari quyidagi manzillarda tashkil etilmoqda:
📍
“Surxon” sport majumasi — 1-32-guruhlar
📍
Termiz olimpia va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi — 33-58-guruhlar
📍
Termiz shahridagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi sport zali — 59-66-guruhlar
📍Toshkent tibbiyot akademiyasi
Termiz filiali sport zali — 67-75-guruhlar

Imtihon jarayonlarini
test2024.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

📝 Ma’lumot uchun, Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichida matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) beriladi.


✍🏻 Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
👍16👏1🕊1
#Termiz

🔴 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Surxondaryo viloyatidagi ta'lim muassasalari faoliyatini o‘rganmoqda.


Uchrashuvlar doirasida Hilola Umarova Termiz shahridagi 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo'lib, muassasa jamoasi va bolajonlar bilan suhbatlashdi.

Unda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim muassasasi faoliyatini yanada yaxshilash kabi mavzularda so‘z bordi.

Shuningdek, Hilola Umarova maktabda tashkil etilgan badiiy gimnastika to‘garagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi va to‘garakka a’zo qizlar bilan muloqot qildi.

Vazir Surxondaryo viloyatida bog‘cha yoshidagi bolalarni gimnastika to‘garaklariga jalb etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar taqdimoti bilan ham tanishdi hamda o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

Ma’lumot o‘rnida: ayni vaqtda Termiz shahrida 32 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lib, ularning barchasida badiiy gimnastika to‘garaklari faoliyat yuritmoqda.

Mazkur to‘garaklar “Sog‘lom zurriyod” shiori ostida tashkil etilgan, darslar malakali ustozlar tomonidan olib borilmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍202👏1🤩1
#Termiz

Vazir surxondaryolik faxriy ustozlar bilan uchrashdi


Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Surxondaryo viloyatidagi ta'lim muassasalari rahbarlari, o‘qituvchilar, faxriy ustozlar bilan muloqot o‘tkazdi.

Tadbir doirasida yangi o‘quv yilidagi muhim vazifalar belgilab olindi, ustozlarning fikr va mulohazalari tinglandi.

Uchrashuvda samarali faoliyat yuritayotgan 6 nafar o‘qituvchiga “Xalq ta'limi a'lochisi” ko‘krak nishoni hamda faol o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

Shuningdek, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov “Ta'lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ma'lumot o‘rnida: bugungi kunda viloyatda 978 ta maktab mavjud bo‘lib, ularda qariyb 57 ming nafar pedagog-o‘qituvchi yosh avlodga ta'lim-tarbiya berib kelmoqda.


Vazir Hilola Umarova xizmat safari davomida Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari bilan ham uchrashib, ularning taqdimotlari bilan tanishdi.

Yig‘ilishda ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilash, yangi ta'lim muassasalarining qurilishi, shuningdek yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍151🔥1🤩1🕊1
⚡️Maktab formasi - tenglik ifodasi

📈Termiz shahridagi 16-umumta'lim maktabida ota-onalar majlisi o‘tkazildi. Unda asosan, yangi o‘quv yiliga munosib tayyorgarlik ko‘rish, o‘quvchilarning maktab formalari, odob-axloq qoidalari yuzasidan so‘z yuritildi.

✔️Majlis davomida ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari o‘quvchilar uchun yagona maktab formasini joriy etish taklifini bildirib, maktab formasining bir turda bo‘lishi o‘quvchilar orasida o‘zaro tabaqalanish holatlarining oldini olishda muhim ekanligini ta'kidlashdi.

➡️Maktab ma'muriyati tomonidan mazkur taklif inobatga olindi. Bu borada kelib tushgan takliflarga muvofiq ushbu masala maktabning pedagogik kengashida ko'rib chiqilishi va tegishli qaror qabul qilinishi ko‘zda tutildi. Shuningdek, yangi o‘quv yilida ota-onalar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar belgilandi.

#Termiz #yangioquvyili
#maktabformasi #otaonalar

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍262🔥2🥰1👏1🎉1👌1🕊1
📈Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Muhriddin Normurodov ta'lim tashkilotlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishish maqsadida Termiz va Jarqo‘rgon tumanlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.

🔼Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida umumxalq xayriya hashari doirasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas'ullarga ko‘rsatmalar berildi.

🔔Shuningdek, ta'lim muassasalarida yangi o‘quv yili uchun tayyorgarlik jarayonlari, bino va moddiy-texnik bazaning holati ham ko‘zdan kechirilib, yangi o‘quv yiliga puxta hozirlik ko‘rish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

#Termiz #Jarqorgon #obodonlashtirish

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏2😍1
#Termiz_shahri

🗂Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xusniddin Mamadiyev hududlarga tashrifi davomida bugun Termiz shahridagi 16-umumta'lim maktabi faoliyati bilan ham tanishdi.

📌Ta'lim muassasasida ma'naviy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan ishlar, sport to'garaklari, shaxmat burchagi va boshqalar ko'zdan kechirildi.

📊O'rganish davomida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va istiqboldagi vazifalar yuzasidan mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

🚪Ma'lumot uchun, 16-umumta'lim maktabi 2023-yilda qariyb
4 milliard mablag' evaziga
mukammal ta'mirlangan bo'lib, 1 ming 176 o'quvchi o'rniga ega.


Telegram   Facebook
Instagram  You tube
Twitter       Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥2
📚 Termiz shahridagi maktablarda sifatli ta'limga e'tibor!

Termiz shahridagi barcha maktablarda hamma fanlar, jumladan matematika darslari, zamonaviy va ko'rgazmali qurollardan foydalangan holda o‘tilmoqda. Bu esa ta’lim jarayonini qiziqarli va samarali qilishga xizmat qilmoqda.

Matematika darslarida turli ko‘rgazmali materiallar, multimedia texnologiyalari va interaktiv metodlardan foydalanish o‘quvchilarning mavzuni chuqurroq tushunishiga yordam bermoqda. O‘quvchilar nafaqat nazariy bilim olishmoqda, balki amaliy mashg‘ulotlar orqali matematik tafakkurini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

🎯 "Bizning maqsadimiz: har bir o‘quvchini fanga qiziqtirish va uning bilim darajasini yangi bosqichga olib chiqishdir!", - deydi Termiz shahar 18-umumta'lim matematika fani o‘qituvchisi D.Qosimova


#Termiz_maktablari #Zamonaviy_talim #18_maktab

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
👍7
#SAT
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

📣Termiz shahridagi Prezident maktabida boʻlib oʻtadigan SAT imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda.

📆Imtihon sanasi: 2025-yil 3-may
📃Imtihon turi: Digital
🔗Roʻyxatdan oʻtish: 🌐 Bu yerda
📌Manzil: Termiz shahridagi Prezident maktabi

📌Ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi muddati 18-aprel bo‘lgani uchun nomzodlarga imkon qadar tezroq ro‘yxatdan o‘tishlarini maslahat beramiz.

📎Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.Bundan tashqari, xalqaro SAT sertifikatiga ega bo‘lgan matematika fani o‘qituvchilariga oylik ustama to‘lanishi belgilangan.

Ma'lumot o‘rnida, xalqaro SAT imtihoni Termiz shahridagi Prezident maktabida 2023-yil avgust oyidan beri o‘tkazilib kelinmoqda.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Termiz_7_maktab
#Ichki_ichlar_vazirligi_tadbiri

📝Surxondaryo viloyati Temiz shahar 7-sonli umumta'lim maktabi Ichki ishlar vazirligi tomonidan otaliqqa olingan bo‘lib, bugungi kunda o‘quvchi-yoshlar uchun turli tadbirlar va sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

🫥Ushbu maktabda o‘quvchilar qiziqishlari asosida haftalik tadbirlar rejasi tasdilqangan bo‘lib, joriy yilning 15-aprel kunidan boshlab sport, madaniyat va san'at, harbiy-sport musobaqalari tashkil etiladi.

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2025
#Prezident_maktablari
#Termiz_shahri

⚡️NO COMMENT

Prezident maktabiga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Imtihon jarayonlarini
www.test2025.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

👍Telegram   👍Facebook
👍Instagram 👍You tube
👍Twitter       👍Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1💯1
#SAT
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi

📣Termiz shahridagi Prezident maktabida boʻlib oʻtadigan SAT imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda.

📆Imtihon sanasi: 2025-yil 23-avgust
📃Imtihon turi: Digital
🔗Roʻyxatdan oʻtish: 🌐 Bu yerda
📌Manzil: Termiz shahridagi Prezident maktabi

📌Ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi muddati 8-avgust bo‘lgani uchun nomzodlarga imkon qadar tezroq ro‘yxatdan o‘tishlarini maslahat beramiz.

📎Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.Bundan tashqari, xalqaro SAT sertifikatiga ega bo‘lgan matematika fani o‘qituvchilariga oylik ustama to‘lanishi belgilangan.

Ma'lumot o‘rnida, xalqaro SAT imtihoni Termiz shahridagi Prezident maktabida 2023-yil avgust oyidan beri o‘tkazilib kelinmoqda.


Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3🥰1🎉1💯1