TUPROQSIFATTAHLIL DUK
805 subscribers
10.7K photos
1.69K videos
103 files
8.31K links
“ТУПРОҚ ТАРКИБИ ВА РЕПОЗИТОРИЙСИ, СИФАТИ ТАҲЛИЛ МАРКАЗИ” давлат унитар корхонасининг расмий телеграм канали.
Download Telegram
Ғалла_тавсия_тахрирлангани_27_02_2023_йил_5.pdf
773.3 KB
#Buğdoy #Don #Galla #Tavsiya

🌾 Bugʻdoyni zararkunanda, kasallik va begona oʻtlarga qarshi uygʻunlashgan himoya qilish boʻyicha tavsiyanoma.

TOSHKENT - 2023

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
👇
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MAMLAKATIMIZDA G‘ALLA O‘RIMI AVJ PALLASIGA KIRDI

🌾O‘zbekistonning qaysi hududiga bormang, g‘alla maydonlarida ishlarning qizg‘in kechayotganligini ko‘rasiz: o‘rim-terim ishlari yakunlanmoqda, somon yig‘ish, bo‘shagan yer maydonlarini takroriy ekinlar ekishga hozirlash ishlari jadal kechmoqda.

Joylardan kelayotgan ma’lumotlar bu fikrimizni yana bir bor tasdiqlaydi. Chunonchi, joriy yilning 21-iyun holatiga mamlakatimizning uchta viloyati – Surxondaryo (237 900 tonna, rejaga nisbatan 104,8%), Sirdaryo (190 000 tonna, 100,3%) va Xorazm (84 519 tonna, 99,4%) yetakchi uchtalikni tashkil qilmoqda.

Marraga yaqinlashib qolganlar orasida Buxoro (85,9%), Qashqadaryo (85,5%), Farg‘ona (83,6%), Toshkent (82,4%) va Jizzax (81,8%) viloyatlarini alohida tilga olish mumkin. Namangan, Samarqand va Andijon viloyatlarida ham xirmonga uyilgan g‘alla hajmi ko‘zni quvontiradi.
*****
ЗЕРНОВАЯ СТРАДА В УЗБЕКИСТАНЕ ВЫХОДИТ НА ФИНИШНУЮ ПРЯМУЮ

🌾Повсюду в Узбекистане на зерновых полях кипит работа: завершается уборка урожая, идет сбор соломы, осуществляется подготовка свободных земельных участков под посев повторных культур. Информация, поступающая из регионов, свидетельствует о скором завершении страды.

Скажем, по состоянию на 21 июня этого года три области — Сурхандарьинская (237,9 тысяч тонн или 104,8 процентов), Сырдарьинская (190,0 тысяч тонн или 100,3 процентов) и Хорезмская (84,519 тысяч тонн или 99,4 процентов) лидируют по объемам сбора зерновых и уже, можно сказать, выполнили свои договорные обязательства. Среди тех, кто близок к финишу – это Бухарская (85,9 процентов), Кашкадарьинская (85,5 процентов), Ферганская (83,6 процентов), Ташкентская (82,4 процентов) и Джизакская (81,8 процентов) области. Радует глаз количество намолоченного зерна в Наманганской, Самаркандской и Андижанской областях.

#orim_terim #boshoqli_don #galla #somon #урожай #зерно

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHADAGI ISLOHOTLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA

🔰Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va vazirlik ishchi guruhining Buxoro viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni ham ko‘plab fermer xo‘jaliklari faoliyati tanishuvi bilan kechdi.

Buxoro tumanidagi “Rabotiqalmoq” MFY hududida joylashgan “Madaniyat Muhammad Ismat” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Fermer xo‘jaligining umumiy yer maydoni 236 gektar, shundan 105 gektarda paxta, 85 gektar maydonda esa g‘alla yetishtirilmoqda. 2 gektar maydonga poliz mahsulotlari ekilib, 2 gektarda bog‘ barpo etilgan. 12 gektar maydon esa chorva mollarining ozuqasi uchun ekin yetishtirishga mo‘ljallangan. O‘zbekiston Qahramoni Muhammad Ahmedov shu yoshga kirishiga qaramasdan g'ayrati jo'shib, yoshlarga nafaqat o'rnak bo'lmoqda, balki haqiqiy hayot maktabini ham o'tamoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirigining eʼtiboridagi keyingi manzil Jondor tumanidagi “Yakkatut g‘allachilik, urug‘chilik va sholichilik” MChJ klasteri bo‘ldi. Ushbu klasterda 2023-yil hosili uchun soya yetishtirilayotgani va undan kutilayotgan hosil eʼtibordan chetda qolmadi. Yana bir eʼtiborli jihat shundaki, bu klasterda bir kunda 240 tonna bug‘doy saralanib, ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.

Buxoro viloyatiga tashrifning keyingi manzili Qorako‘l tumanidagi “Merganteks” MChJ paxta-to‘qimachilik klasteri va unga tegishli Darg‘ali hududidagi “Yangiboy Ochil” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Dastlab, bu yerda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishga mo‘ljallangan polietilen plyonkasi va shlang ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi. Shuningdek, ushbu klaster bilan shartnoma tuzgan fermer xo‘jaliklarining paxta va g‘alla maydonlari ko‘zdan kechirildi. Eʼtiborlisi, 3 ming gektar maydonga ekilgan paxta plyonka ostida tomchilatib sug‘orish asosida yetishtirilmoqda.

#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #fermer_xojaligi #klaster #galla #paxta #chorva_ozuqasi #chizel #asalarichilik #urugchilik #tomchilatib_sugorish

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SURXONDARYODA G‘ALLA XIRMONLARI TO‘LMOQDA

🌾Surxondaryo viloyati janubiy mintaqada joylashgani bois, dehqonchilik mahsulotlari boshqa hududlarga nisbatan erta pishib yetiladi. Iqlim sharoitining issiqroq bo‘lishi mirishkor aholiga bu yil ham qo‘l keldi.

Surxondaryo viloyati Angor tumani g‘allakorlari joriy yilda 6 ming 500 gektar maydonda boshoqli don parvarishladi. Tumandagi “Ikki do‘st” fermer xo‘jaligi mirishkorlari o‘rim-yig‘im boshlangan ilk kundayoq ko'zlangan natijalarga erishdi.

Hasan Muqimov, “Ikki do‘st” fermer xo‘jaligi rahbari:

54 gektar yerning 35 gektariga g‘alla, 19 gektariga paxta ekkanman. Surxondaryo iqlimiga mos bo‘lgan “Alekseyevich” navini Rossiyadan olib kelib ekkan edik va bugungi kunda ko‘zlagan maqsadimizga erishdik. G‘alla maydonlarimizning har gektaridan 100 sentnerdan bug‘doy olishga erishdik. Bundan tashqari, pillachilikda ham katta natijalarga erishdik. Paxtaga keladigan bo‘lsak, yuqori darajadagi agrotexnik tadbirlarni amalga oshirib kelmoqdamiz. Buning natijasida har gektaridan 45 sentnerdan paxta olishga umid qilmoqdamiz”.

#dehqonchilik #fermer_xojaligi #galla #bugdoy #pillachilik #paxta #tomchilatib_sugorish #Surxondaryo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MUVAFFAQIYAT SIRI ISHNI TO‘G‘RI YO‘LGA QO‘YISHDA

🌾Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Qashqadaryo viloyatida urug‘chilik qanday yo‘lga qo‘yilgani bilan yaqindan tanishishda davom etdi. Uning navbatdagi tashrif manzili Nishon tumanidagi “Nishon New Don Bestseeds” MCHJ bo‘ldi.

Ushbu korxona g‘alla urug‘ligini saralash va dorilash bilan shug‘ullanib keladi. Bu yerda ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani bois, korxonaning kunlik ishlab chiqarish quvvati 150 tonna donni saralash va dorilashga teng. Bu esa oyiga 4 ming tonnadan ziyod sara va kasalliklardan xoli urug‘lik don yetkazib berish imkoniyati, demakdir.

Vazir Aziz Voitov boshchiligidagi ishchi guruh viloyatning Nishon tumanidagi “Uz Engineering Construction Ndh” MCHJga qarashli chorvachilik kompleksida ham bo‘ldi. Vazir bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi.

Chorvachilikda Gollandiyaning “Golshtin” zotli sigirlari sut yo‘nalishidagi qoramollar ichida birinchi o‘rinda turadi. “Uz Engineering Construction Ndh” ga qarashli chorvachilik kompleksiga ham Gollandiyadan 500 bosh “Golshtin” zotli qoramollar keltirilgan. Chorva fermasi Germaniyaning “GEA” firmasi sut sog‘ish apparatlari bilan jihozlangan bo‘lib, sog‘ish zalida bir vaqtning o‘zida 20 bosh sigir sog‘iladi. Majmua to‘liq kompyuter texnologiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, bunda sigirlar salomatligi, urug‘lantirish vaqti, ozuqa iste’moli kam-ko‘pligi inson aralashuvisiz nazorat qilib boriladi.

#tashrif #don_mahsulotlari #galla #uruglik #chorvachilik #Golshtin #sut #qoramol #Qashqadaryo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1