Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SURXONDARYODA G‘ALLA XIRMONLARI TO‘LMOQDA
🌾Surxondaryo viloyati janubiy mintaqada joylashgani bois, dehqonchilik mahsulotlari boshqa hududlarga nisbatan erta pishib yetiladi. Iqlim sharoitining issiqroq bo‘lishi mirishkor aholiga bu yil ham qo‘l keldi.
Surxondaryo viloyati Angor tumani g‘allakorlari joriy yilda 6 ming 500 gektar maydonda boshoqli don parvarishladi. Tumandagi “Ikki do‘st” fermer xo‘jaligi mirishkorlari o‘rim-yig‘im boshlangan ilk kundayoq ko'zlangan natijalarga erishdi.
Hasan Muqimov, “Ikki do‘st” fermer xo‘jaligi rahbari:
“54 gektar yerning 35 gektariga g‘alla, 19 gektariga paxta ekkanman. Surxondaryo iqlimiga mos bo‘lgan “Alekseyevich” navini Rossiyadan olib kelib ekkan edik va bugungi kunda ko‘zlagan maqsadimizga erishdik. G‘alla maydonlarimizning har gektaridan 100 sentnerdan bug‘doy olishga erishdik. Bundan tashqari, pillachilikda ham katta natijalarga erishdik. Paxtaga keladigan bo‘lsak, yuqori darajadagi agrotexnik tadbirlarni amalga oshirib kelmoqdamiz. Buning natijasida har gektaridan 45 sentnerdan paxta olishga umid qilmoqdamiz”.
#dehqonchilik #fermer_xojaligi #galla #bugdoy #pillachilik #paxta #tomchilatib_sugorish #Surxondaryo
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM