TUPROQSIFATTAHLIL DUK
804 subscribers
10.7K photos
1.69K videos
103 files
8.32K links
“ТУПРОҚ ТАРКИБИ ВА РЕПОЗИТОРИЙСИ, СИФАТИ ТАҲЛИЛ МАРКАЗИ” давлат унитар корхонасининг расмий телеграм канали.
Download Telegram
YANGI NAV – YANADA KO‘PROQ DAROMAD DEMAK

🔰Agrar sohadagi ilg‘or tashabbuslar bilan tanishish, ularni amaliyotga joriy etish maqsadida ikki kun avval Sirdaryo viloyatida bo‘lgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ayni damda ishchi tashrif bilan Qashqadaryoda.

Joylarda agrar sohadagi islohotlarning ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganib ularning yechimlarini ishlab chiqishni maqsad qilgan vazirning ilk tashrifi “Koson elita urug‘chiligi laboratoriyasi” MCHJ bo‘ldi. Bu yerda Aziz Voitov urug‘chilik fermer xo‘jaliklari uchun tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminarda ishtirok etdi.

Qashqadaryo viloyatida 11 ming gektar yer urug‘ qadashga tayyorlab qo‘yilgan. Viloyatda ushbu hudud sharoitiga moslashtirilgan 37 navdagi urug‘ sinovdan o‘tkazilib, ekilayotgani tadbirda ta’kidlandi.

Seminar o‘tkazilayotgan hududga tutash maydonda 40 gektar yerga paxtaning Buxoro-10 elita navi urug‘chilik uchun ekilgan bo‘lib ishtirokchilar ushbu maydondagi g‘o‘zalarning holatini ham ko‘zdan kechirishdi.

Tadbir doirasida yangi texnikalar taqdimoti ham o‘tkazildi. Fermerlar e’tirofiga ko‘ra, bugungi kunda “Agrotex klaster”da ishlab chiqarilgan texnikalar ish jarayonida o‘zini yaxshi tomondan namoyon etgan.

#tashrif #urugchilik #seminar #agrotex_klaster #Qashqadaryo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MUVAFFAQIYAT SIRI ISHNI TO‘G‘RI YO‘LGA QO‘YISHDA

🌾Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Qashqadaryo viloyatida urug‘chilik qanday yo‘lga qo‘yilgani bilan yaqindan tanishishda davom etdi. Uning navbatdagi tashrif manzili Nishon tumanidagi “Nishon New Don Bestseeds” MCHJ bo‘ldi.

Ushbu korxona g‘alla urug‘ligini saralash va dorilash bilan shug‘ullanib keladi. Bu yerda ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani bois, korxonaning kunlik ishlab chiqarish quvvati 150 tonna donni saralash va dorilashga teng. Bu esa oyiga 4 ming tonnadan ziyod sara va kasalliklardan xoli urug‘lik don yetkazib berish imkoniyati, demakdir.

Vazir Aziz Voitov boshchiligidagi ishchi guruh viloyatning Nishon tumanidagi “Uz Engineering Construction Ndh” MCHJga qarashli chorvachilik kompleksida ham bo‘ldi. Vazir bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi.

Chorvachilikda Gollandiyaning “Golshtin” zotli sigirlari sut yo‘nalishidagi qoramollar ichida birinchi o‘rinda turadi. “Uz Engineering Construction Ndh” ga qarashli chorvachilik kompleksiga ham Gollandiyadan 500 bosh “Golshtin” zotli qoramollar keltirilgan. Chorva fermasi Germaniyaning “GEA” firmasi sut sog‘ish apparatlari bilan jihozlangan bo‘lib, sog‘ish zalida bir vaqtning o‘zida 20 bosh sigir sog‘iladi. Majmua to‘liq kompyuter texnologiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, bunda sigirlar salomatligi, urug‘lantirish vaqti, ozuqa iste’moli kam-ko‘pligi inson aralashuvisiz nazorat qilib boriladi.

#tashrif #don_mahsulotlari #galla #uruglik #chorvachilik #Golshtin #sut #qoramol #Qashqadaryo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🔰#ilmiy_tadqiqot
#qashqadaryo_viloyati

🔰O'zbekiston Respublikasi sug'oriladigan qishloq xo'jaligi yerlarining sho'rlanish darajasi to'g'risida ma'lumot.

🔹Qashqadaryo viloyati.
Tadqiqot olib borilgan yil 2015-2016.
Tadqiqot olib borilgan tuman va shaharlar soni 7.
Sug'oriladigan yer maydoni 325877,7 gektar.
Sho'rlangan yerlar 205757,2 gektar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt