TUPROQSIFATTAHLIL DUK
806 subscribers
10.7K photos
1.69K videos
103 files
8.32K links
“ТУПРОҚ ТАРКИБИ ВА РЕПОЗИТОРИЙСИ, СИФАТИ ТАҲЛИЛ МАРКАЗИ” давлат унитар корхонасининг расмий телеграм канали.
Download Telegram
Президент Шеробод тумани «Бўстон» маҳалласида ташкил этилган анор боғи билан танишди.
Тошкент давлат аграр университетининг Термиз филиали тадқиқотчилари билан мулоқотда анорчиликни илмий асосда ривожлантириш масалалари муҳокама қилинди, тегишли кўрсматалар берилди.
Давлатимиз раҳбари туманнинг «Каттабоғ» маҳалласида анорчилик билан шуғулланаётган Абдураҳмон Каримов хонадонида ҳам бўлди, маҳалла аҳли, нуронийлар билан самимий суҳбатлашди.

Президент осмотрел гранатовый сад, разбитый в махалле Бустон Шерабадского района.
В беседе с исследователями Термезского филиала Ташкентского государственного аграрного университета обсуждены вопросы развития научной базы гранатоводства, даны соответствующие указания.
Глава государства также посетил махаллю Каттабог района, где встретился с выращивающей гранаты семьей Абдурахмона Каримова, искренне побеседовал с жителями махалли, аксакалами.

#Mirziyoyev #safar #Surxondaryo #anorchilik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#lokatsiya #darband #surxondaryo

Qachonlardir karvon yo‘llari, sarkardalar qo‘shinlari o‘tgani bilan mashhur bo'lgan Darband darasi.

📍Surxondaryo, Boysun

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram |Facebook | Instagram| You Tube | websayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SHEROBODDA QOVUN PISHDI

🍈Sherobodlik dehqonlar yana ilg‘orlikni boy berishmadi. Mavsumning yangiligi bo‘lgan qovun pishiqchiligi aynan Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida boshlandi. Qishning so‘nggi kunlarida yerga urug‘i qadalgan qovunlar hozirda pishib, ko‘zni quvnatmoqda.

Plyonka ostiga ekilgan qovun urug‘lari dehqonlarning sa'y-harakatlari bilan sovuqdan, jala va do‘ldan himoya qilindi. Buni qarangki, may oyining dastlabki o‘n kunligida qovunlar pishib, fermer xo‘jaligi tomonidan mahalliy bozorlarimizga yetkazilmoqda.

Bu maydonda ekilgan “Dakara” navli qovun erta pisharligi bilan ajralib turadi. Qovun, tarvuz kabi poliz ekinlari ekilgan maydonda doimiy ravishda 11 kishi, mavsumda esa 50-70 nafargacha ishchilar mehnat qilishmoqda. Ayni kunlarda maydonning har gektaridan 30 tonnagacha hosil olinmoqda.

#qovun #hosil #Dakara #Sherobod #Surxondaryo
*****
СОЗРЕЛИ ДЫНИ В ШЕРАБАДЕ

🍈Фермеры из Шерабада как всегда в авангарде. Созревание дыни, как обычно, началось в Шерабадском районе Сурхандарьинской области. Дыни, семена которых были высажены буквально в последние дни зимы, сейчас созревают и радуют глаз.

Семенной материал, посаженный под пленку, стараниями фермеров был под защитой от холода, дождя и града. Каждый раз это впечатляет, когда в первой декаде мая созревают дыни и начинают поставляться на наши рынки.

Высаженный на этой территории сорт дыни «Дакара» отличается скороспелостью. На площадях,где выращивают арбузы и дыни, постоянно работают 11 человек, а в сезон число работников доходит до 50-70 человек. В эти дни с каждого гектара собирают до 30 тонн продукции.

#дыня #урожай #Шерабад #Сурхандарья

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
CHILLAKI CHILLADAN AVVAL PISHDI

🍇Qishloq xo‘jaligi vaziri boshchiligidagi ishchi guruhning ayni kunlarda Surxondaryo viloyatiga amalga oshirayotgan ishchi tashrifi borasida ma'lumot berib borayapmiz.

Mazkur amaliy tashrifda yana bir yangilikka duch kelindi. Termiz tumani, “Xalqobod” hududidagi aholi xonadonlarida uzumning ertapishar (chillaki) navi g‘arq pishibdi. Odatda bu hudud uchun ham uzumning bu navi bir necha kundan so‘ng hosil yig‘ishga omil bo‘lishi kerak edi. Ammo, bu yilgi ob-havoning o‘ziga hos kelganligi mazkur mevaga ijobiy ta'sir qilgan. Ayni mana shu nav bozor rastalariga va dasturxonlarga tortiq qilishga shay. Ham yetilgan, ham ayni tobida. Qishloq xo‘jaligi vaziri hududda aholi bilan muloqot qildi.

Bog‘dorchilik ko‘nikmalari borasida fikrlashdi. O‘z navbatida chillakini yetilgan boshlarini ko‘zdan kechirib, yangilik hamyurtlarimiz uchun ham o‘ziga hos xushxabar ekanligini e'tirof qildi.

#vazir #tashrif #uzum #chillaki #Surxondaryo

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“DENOV MAROQAND PARRANDA”: AHOLI EHTIYOJI UCHUN IMKONIYATLAR MASKANI

🐓Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi “Denov Maroqand parranda” MCHJ ham mana shunday imkoniyat va imtiyozlardan foydalanib rivojlanayotgan korxonalardan biri. Ushbu korxona 2009-yilda 5 ming bosh tovuq sotib olib, o‘z ish faoliyatini boshladi. U parranda tuxumlarini yetishtirishga ixtisoslashgan bo‘lib, hozirda bu yerda 200 ming bosh tovuq boqib, parvarish qilinmoqda.

🥚Korxonada to‘rtta sex mavjud, ularning har birida 50 ming boshdan tovuqlar parvarishlanadi. O‘tgan 2022-yilda korxona tomonidan 12 milliondan oshiq tuxum yetishtirildi. Bugungi kunga kelib, har oyda 1,2–1,3 million dona tuxum aholi isteʼmoliga yetkazib berilmoqda.
*****
«ДЕНОВ МАРОКАНД ПАРРАНДА»: НОВЫЕ ВОЗМОЖНОСТИ ДЛЯ УДОВЛЕТВОРЕНИЯ ПОТРЕБНОСТЕЙ НАСЕЛЕНИЯ

🐓ООО «Денов Мароканд парранда» в Денауском районе Сурхандарьинской области является одним из стабильно развивающихся предприятий, эффективно использующих все имеющиеся возможности и привилегии. Оно начало свою работу в 2009 году после закупки 5 тысяч цыплят. Специализация предприятия — яйцеводство, при этом число несушек сейчас составляет 200 тысяч.

🥚На предприятии четыре цеха, в каждом из которых по 50 тысяч кур. В 2022 году компания произвела более 12 миллионов яиц. На сегодняшний день ежемесячно населению доставляется 1,2-1,3 миллиона яиц.

#parrandachilik #tovuq #tuxum #Surxondaryo #птицеводство #яйцо #Сурхандарья

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
O‘LKAMIZDA BU MAVSUMDAGI ILK PAXTA OCHILDI

Surxondaryoda xizmat safarida bo‘lib turgan ijodiy guruhimiz mana shunday sevinchli voqeaning guvohi bo‘ldi.

Ijodiy guruh Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Abdumo‘min Jo‘raev” fermer xo‘jaligiga kelganda, fermer ularni xushxabar bilan kutib oldi – ayni shu kunlarda xo‘jalikda ilk paxta ochilibdi. Dalani aylanar ekansiz, g‘o‘zalarning qaddi tikligi, har birida 15-20 tadan ko‘sak mavjudligi yuqori hosildan darak berayotganligini anglaysiz.

“2023-yil mavsumida paxtaning “Sulton” elita navini ekkanmiz. Ekish ishlarini 19-mart kuni boshladik, o‘z vaqtida sug‘orib, agrotexnik tadbirlarini amalga oshirdik. Mana, natijasini ko‘rib turibsiz. Paxtaning barvaqt pishishi yig‘im-terim ishlarini erta boshlash va sifatli hamda mo‘l hosil olish imkonini beradi”, - deydi fermer Abdumo‘min Jo‘raev.

Ha, Surxon oftobining tafti va voha mirishkorlarining oqilona mehnati samarasi o‘laroq pishib yetilgan paxtalarni ko‘rar ekansiz, asta “yetkazganiga shukr”, deb qo‘yasiz.

#paxta #fermer_xojaligi #Surxondaryo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SURXONDARYODA G‘ALLA XIRMONLARI TO‘LMOQDA

🌾Surxondaryo viloyati janubiy mintaqada joylashgani bois, dehqonchilik mahsulotlari boshqa hududlarga nisbatan erta pishib yetiladi. Iqlim sharoitining issiqroq bo‘lishi mirishkor aholiga bu yil ham qo‘l keldi.

Surxondaryo viloyati Angor tumani g‘allakorlari joriy yilda 6 ming 500 gektar maydonda boshoqli don parvarishladi. Tumandagi “Ikki do‘st” fermer xo‘jaligi mirishkorlari o‘rim-yig‘im boshlangan ilk kundayoq ko'zlangan natijalarga erishdi.

Hasan Muqimov, “Ikki do‘st” fermer xo‘jaligi rahbari:

54 gektar yerning 35 gektariga g‘alla, 19 gektariga paxta ekkanman. Surxondaryo iqlimiga mos bo‘lgan “Alekseyevich” navini Rossiyadan olib kelib ekkan edik va bugungi kunda ko‘zlagan maqsadimizga erishdik. G‘alla maydonlarimizning har gektaridan 100 sentnerdan bug‘doy olishga erishdik. Bundan tashqari, pillachilikda ham katta natijalarga erishdik. Paxtaga keladigan bo‘lsak, yuqori darajadagi agrotexnik tadbirlarni amalga oshirib kelmoqdamiz. Buning natijasida har gektaridan 45 sentnerdan paxta olishga umid qilmoqdamiz”.

#dehqonchilik #fermer_xojaligi #galla #bugdoy #pillachilik #paxta #tomchilatib_sugorish #Surxondaryo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TAKRORIY EKIN: YERGA KONI FOYDA, DEHQONGA DAROMAD

🌱Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi «Abdumo‘min Jo‘rayev» fermer xo‘jaligi bugun yerdan unumli foydalanib, takroriy ekin ekayotgan mirishkorlar jamoasi sanaladi.

Fermer xo‘jaligi 2006-yilda tashkil etilgan. Bu yil fermer xo‘jaligi uchun omadli keldi. Fermer xo‘jaligiga qarashli 60 gektar yer maydonida paxta-g‘alla ekinlari ekilgan bo‘lsa, shundan 27 gektari donga ajratilgan. Hosil mo‘l bo‘ldi, yer maydonining har bir gektaridan 60-70 sentnerdan, umumiy hisobda 105 tonna g‘alla hosili yig‘ishtirib olindi. G‘alladan bo‘shagan yerlarning 20 gektariga takroriy ekin sifatida yeryong‘oq ekilmoqda. Ushbu ekin gektaridan 3,5 tonnadan hosil beradi. Gektaridan 10-15 million sof daromad olinadi.
*****
ПОВТОРНЫЕ КУЛЬТУРЫ: ПОЛЕЗНО ДЛЯ ЗЕМЛИ, ВЫГОДНО ФЕРМЕРУ

🌱Фермерское хозяйство «Абдумумин Джураев» Джаркурганского района Сурхандарьинской области благодаря эффективной организации работы регулярно высаживает повторные культуры.

Этот год для хозяйства, образованного в 2006 году, стал удачным. 60 га земельных площадей отведены под хлопчатник и зерновые. Из них 27 га выделены непосредственно под колосовые. Урожай был обильный, с каждого гектара собрано по 60-70 центнеров зерна, всего 105 тонн. На 20 га освободившихся от пшеницы, в качестве повторной культуры посажен арахис. Урожайность его составляет 3,5 тонны с гектара, а это ни много ни мало 10-15 миллионов чистой прибыли.

#takroriy_ekin #paxta_galla #yeryongoq #Surxondaryo #повторные_культуры #хлопчатник #зерновые #арахис #Сурхандарья

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati paxta terimida birinchi bo‘lib marra chizig‘ini bosib o‘tdi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan Surxondaryo paxtachiligida tub islohotlar amalga oshirilmoqda.

Viloyatning fermer va dehqonlari zamonaviy va resurs tejamkor texnologiyalar bilan paxtachilikda mehnat qilayotgani yuksak hurmat va e’tirofga loyiqdir.

Joriy yil viloyatda 1 846 fermer va paxta-to‘qimachilik klasterlari 74 078 gektar maydonga chigit ekib, bir tekis undirib olingan g‘o‘zani agrotexnik tadbirlar asosida parvarish qildi. Terimchilar bu yil 234 500 tonna paxta xomashyosini yig‘ib olib, qabul punktlariga topshirishni mo‘ljallagan edilar. Terim ohiriga kelib,  268 ming tonna paxta xomashyosi yig’ib olishdi va rejani ortigʻi bilan bajardilar

O‘tgan yilga nisbatan 13 ming tonna ko‘p paxta xomashyosi yetishtirilib, hosildorlik o‘rtacha 2-3 sentnerga oshgani, yaʼni, gektariga 37,1 sentnerni tashkil etgani katta e’tiborga loyiqdir.

Viloyatning azamat dehqonlari barcha tarmoqlarda barakali hosil yetishtirib, yuqori natijalarga erishganliklari tahsinga loyiq. Surxondaryo dalalarida esa hali hosil mo‘l, yig‘im-terim ishlari davom etmoqda.

#paxta #Surxondaryo

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
👍3
🔰#ilmiy_tadqiqot
#surxondaryo_viloyati

🔰O'zbekiston Respublikasi sug'oriladigan qishloq xo'jaligi yerlarining sho'rlanish darajasi to'g'risida ma'lumot.

🔹Surxondaryo viloyati.
Tadqiqot olib borilgan yil 2017.
Tadqiqot olib borilgan tuman va shaharlar soni 7.
Sug'oriladigan yer maydoni 181092.0 gektar.
Sho'rlangan yerlar 107643,7 gektar.

@TSTM_DUK

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Facebook | Instagram| You Tube | websayt