YANGI LOYIHA – SIRDARYOGA BO‘LGAN KATTA QIZIQISH SAMARASI
🔰O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Sirdaryoga tashrifi davomida Sayxunobod tumanidagi ishlar bilan ham tanishdi.
Bu yerda “Sayxunobod naslchilik chorvasi” MChJ va Xitoyning “Tyang Jing Kayting” xorijiy kompaniyasi hammuassisligida tashkil etiladigan qo‘shma korxona tomonidan “10 ming bosh chorva klasteri, sut, go‘sht, ichak va terini qayta ishlash hamda yuqori sifatli o‘g‘it ishlab chiqarish” loyihasi taqdimoti o‘tkazildi.
Sayxunobodda quriladigan korxona natijasida beshta loyiha ishga tushiriladi. Ularning umumiy qiymati 30 million dollarni tashkil etadi. Loyiha quvvati 36 ming tonna mahsulot ishlab chiqarishga teng bo‘lib, uning doirasida ikki yuzta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #chorva_klasteri #sut #Sirdaryo
Vebsayt • Telegram • Facebook • YouTube • Instagram

Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
MUVAFFAQIYAT SIRI ISHNI TO‘G‘RI YO‘LGA QO‘YISHDA
🌾Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Qashqadaryo viloyatida urug‘chilik qanday yo‘lga qo‘yilgani bilan yaqindan tanishishda davom etdi. Uning navbatdagi tashrif manzili Nishon tumanidagi “Nishon New Don Bestseeds” MCHJ bo‘ldi.
Ushbu korxona g‘alla urug‘ligini saralash va dorilash bilan shug‘ullanib keladi. Bu yerda ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani bois, korxonaning kunlik ishlab chiqarish quvvati 150 tonna donni saralash va dorilashga teng. Bu esa oyiga 4 ming tonnadan ziyod sara va kasalliklardan xoli urug‘lik don yetkazib berish imkoniyati, demakdir.
Vazir Aziz Voitov boshchiligidagi ishchi guruh viloyatning Nishon tumanidagi “Uz Engineering Construction Ndh” MCHJga qarashli chorvachilik kompleksida ham bo‘ldi. Vazir bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi.
Chorvachilikda Gollandiyaning “Golshtin” zotli sigirlari sut yo‘nalishidagi qoramollar ichida birinchi o‘rinda turadi. “Uz Engineering Construction Ndh” ga qarashli chorvachilik kompleksiga ham Gollandiyadan 500 bosh “Golshtin” zotli qoramollar keltirilgan. Chorva fermasi Germaniyaning “GEA” firmasi sut sog‘ish apparatlari bilan jihozlangan bo‘lib, sog‘ish zalida bir vaqtning o‘zida 20 bosh sigir sog‘iladi. Majmua to‘liq kompyuter texnologiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, bunda sigirlar salomatligi, urug‘lantirish vaqti, ozuqa iste’moli kam-ko‘pligi inson aralashuvisiz nazorat qilib boriladi.
#tashrif #don_mahsulotlari #galla #uruglik #chorvachilik #Golshtin #sut #qoramol #Qashqadaryo
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1