This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uruglik #don
🌾 O‘ZBEKISTONGA YUQORI HOSILLI BUG‘DOY NAVLARINING 20 MING TONNA URUG‘LIGI KELTIRILDI
▶️ Uzoq yillardan buyon ekib kelinayotgan g‘alla navlarini serhosil va turli stress omillarga chidamli navlar bilan yangilash hamda g‘alla navdorligi, don va un mahsulotlarining sifatini yaxshilash maqsadida respublika hududlarining iqlim sharoiti va ob-havoning turli stress faktorlariga bardoshli Rossiya seleksiyasiga mansub ertapishar, yuqori hosilli bug‘doy navlarining 20 ming tonna urug‘ligi Jizzax viloyatidagi “Kenteks” MCHJ agroklasteri tomonidan o‘z mablag‘lari hisobiga olib kelindi.
▶️ Urug‘lik donni respublika bo‘ylab kuzgi muddatlarda ekish uchun g‘alla yetishtiruvchi agroklaster va fermer xo‘jaliklariga to‘g‘ri taqsimlash hamda yetkazib berish ishlari O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tomonidan tashkillashtirilmoqda.
👉 Batafsil
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM

Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
MUVAFFAQIYAT SIRI ISHNI TO‘G‘RI YO‘LGA QO‘YISHDA
🌾Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Qashqadaryo viloyatida urug‘chilik qanday yo‘lga qo‘yilgani bilan yaqindan tanishishda davom etdi. Uning navbatdagi tashrif manzili Nishon tumanidagi “Nishon New Don Bestseeds” MCHJ bo‘ldi.
Ushbu korxona g‘alla urug‘ligini saralash va dorilash bilan shug‘ullanib keladi. Bu yerda ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani bois, korxonaning kunlik ishlab chiqarish quvvati 150 tonna donni saralash va dorilashga teng. Bu esa oyiga 4 ming tonnadan ziyod sara va kasalliklardan xoli urug‘lik don yetkazib berish imkoniyati, demakdir.
Vazir Aziz Voitov boshchiligidagi ishchi guruh viloyatning Nishon tumanidagi “Uz Engineering Construction Ndh” MCHJga qarashli chorvachilik kompleksida ham bo‘ldi. Vazir bu yerda amalga oshirilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi.
Chorvachilikda Gollandiyaning “Golshtin” zotli sigirlari sut yo‘nalishidagi qoramollar ichida birinchi o‘rinda turadi. “Uz Engineering Construction Ndh” ga qarashli chorvachilik kompleksiga ham Gollandiyadan 500 bosh “Golshtin” zotli qoramollar keltirilgan. Chorva fermasi Germaniyaning “GEA” firmasi sut sog‘ish apparatlari bilan jihozlangan bo‘lib, sog‘ish zalida bir vaqtning o‘zida 20 bosh sigir sog‘iladi. Majmua to‘liq kompyuter texnologiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, bunda sigirlar salomatligi, urug‘lantirish vaqti, ozuqa iste’moli kam-ko‘pligi inson aralashuvisiz nazorat qilib boriladi.
#tashrif #don_mahsulotlari #galla #uruglik #chorvachilik #Golshtin #sut #qoramol #Qashqadaryo
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1