Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#asalri #asalarichilik
ASALARI – YETTI XAZINANING BIRI
🐝Asalari bebaho neʼmat — asal haqidagi ushbu filmimiz sizda unutilmas taassurotlar qoldiradi.
🍯Bu dunyoning betakror moʻjizalari, xazinalari bisyor. Garchi azaldan tanish bo‘lsa-da, hanuzgacha insoniyat tomonidan bironta yangi zoti yaratilmagan va faqatgina Yaratganning tuhfasi deya qaralayotgan asalari tabiatning yetti xazinasidan biridir. Xazinalar esa doimo odamzodga foydali va bardavom bo‘lishi bilan ahamiyatlidir. Zahmatkash asalarilarning mehnati hosili bo‘lgan asal, inson salomatligi uchun koni foyda bo‘lsa, tabiatdagi daraxtlarning gullashi va kutilgan hosilni berishi uchun beminnat dastyor vazifasini o‘taydi. Balki, shuning uchun ham asal va asalarichilikka bo‘lgan mehr, ehtiyoj insonlarda ortsa ortmoqdaki, aslo susaygani yo‘q.
👉 Batafsil
WWW • TELEGRAM • FACEBOOK • YOUTUBE • INSTAGRAM

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
AGRAR SOHADAGI ISLOHOTLAR JOYIDA O‘RGANILMOQDA
🔰Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va vazirlik ishchi guruhining Buxoro viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni ham ko‘plab fermer xo‘jaliklari faoliyati tanishuvi bilan kechdi.
Buxoro tumanidagi “Rabotiqalmoq” MFY hududida joylashgan “Madaniyat Muhammad Ismat” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Fermer xo‘jaligining umumiy yer maydoni 236 gektar, shundan 105 gektarda paxta, 85 gektar maydonda esa g‘alla yetishtirilmoqda. 2 gektar maydonga poliz mahsulotlari ekilib, 2 gektarda bog‘ barpo etilgan. 12 gektar maydon esa chorva mollarining ozuqasi uchun ekin yetishtirishga mo‘ljallangan. O‘zbekiston Qahramoni Muhammad Ahmedov shu yoshga kirishiga qaramasdan g'ayrati jo'shib, yoshlarga nafaqat o'rnak bo'lmoqda, balki haqiqiy hayot maktabini ham o'tamoqda.
Qishloq xo‘jaligi vazirigining eʼtiboridagi keyingi manzil Jondor tumanidagi “Yakkatut g‘allachilik, urug‘chilik va sholichilik” MChJ klasteri bo‘ldi. Ushbu klasterda 2023-yil hosili uchun soya yetishtirilayotgani va undan kutilayotgan hosil eʼtibordan chetda qolmadi. Yana bir eʼtiborli jihat shundaki, bu klasterda bir kunda 240 tonna bug‘doy saralanib, ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.
Buxoro viloyatiga tashrifning keyingi manzili Qorako‘l tumanidagi “Merganteks” MChJ paxta-to‘qimachilik klasteri va unga tegishli Darg‘ali hududidagi “Yangiboy Ochil” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Dastlab, bu yerda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishga mo‘ljallangan polietilen plyonkasi va shlang ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi. Shuningdek, ushbu klaster bilan shartnoma tuzgan fermer xo‘jaliklarining paxta va g‘alla maydonlari ko‘zdan kechirildi. Eʼtiborlisi, 3 ming gektar maydonga ekilgan paxta plyonka ostida tomchilatib sug‘orish asosida yetishtirilmoqda.
#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #fermer_xojaligi #klaster #galla #paxta #chorva_ozuqasi #chizel #asalarichilik #urugchilik #tomchilatib_sugorish
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram