Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
53.2K subscribers
31.9K photos
3.14K videos
96 files
10.4K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
📈Ta'lim muassasalarida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishildi

⚡️Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev hududlarga tashrifi davomida ta'lim muassasalarida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

📊Xususan, Termiz tumanidagi 11-sonli, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 2-, 5-, 15-, 38-umumta'lim maktablari hamda 41-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotidagi qurilish ishlari, qurilayotgan qo‘shimcha o‘quv binolaridagi jarayonlar bilan tanishildi.


🔔Boshqarma boshlig‘i qurilish ishlarining sifatiga alohida e'tibor qaratib, mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quvchilarga munosib sharoit yaratish uchun zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

✔️Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi "2024-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 404-sonli qaroriga asosan, ayni kunlarda viloyatdagi 48 ta maktabda 141 milliard 188 million so‘m evaziga, 13 ta maktabgacha ta'lim tashkilotida 24 milliard 212 million evaziga kapital-rekonstruksiya, qo‘shimcha o‘quv binosi qurish ishlari amalga oshirilmoqda. 44 milliard 137 million so‘m sarflanib 11 ta yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti, 44 milliard 311 million so‘mga esa 3 ta yangi maktab qurilyapti. Shuningdek, 39 milliard 900 million so‘m evaziga 7 ta maktab mukammal ta'mirlanmoqda.

#Termiztumani #Jarqorgon #qurilishishlari

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72🔥1🎉1
⚡️Nuroniylar o‘giti - ta'lim-tarbiya ustuni

📈Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev tashabbusi bilan Jarqo‘rg‘on tumanidagi 47-umumta'lim maktabida ta'lim-tarbiya fidoyisi, "Xalq ta'limi a'lochisi", 80 yoshli nuroniy Jo‘ra Normurodov ishtirokida maktab jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

➡️20 yil Jarqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan, umrini ta'lim-tarbiya rivojiga baxsh etib, jami 46 yillik ish faoliyati davomida Jarqo‘rg‘on ta'limini viloyatda yetakchi o‘rinlarga olib chiqqan Jo‘ra Normurodov tumandagi minglab pedagoglarning ustozi.


🔔Maktab jamoasi bilan kechgan samimiy muloqot davomida nuroniy otaxon bugungi kunda ta'lim-tarbiya tizimida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni e'tirof etib, sohada amalga oshirilishi muhim bo‘lgan vazifalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirib o‘tdi.

✔️Boshqarma boshlig‘i esa nuroniylarning maslahatlari ta'lim tizimida muhim ekanligini ta'kidlab, sohadagi mehnatlari uchun Jo‘ra Normurodovga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

#Jarqorgon #nuroniy #uchrashuv

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥2🕊21
⚡️Jarqo'rg'ondagi 47-maktab mukammal ta'mirlanib, zamonaviy ko'rinishga keltirildi

📍Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug'bek Qosimov Jarqo'rg'on tumaniga tashrifi davomida hududdagi 47-umumta'lim maktabida bo'lib, ta'lim muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, maktabdagi shaxmat burchagi, mashg'ulot jarayonlari, maktabda tashkil etilgan Milliy gvardiya sinfi faoliyati ko'zdan kechirildi.

🔔Maktab jamoasi bilan bo'lgan suhbat davomida ta'lim sifatini yanada yaxshilash borasida amalga oshiriladigan istiqbolli vazifalar xususida so'z yuritildi.

➡️Tashrif davomida davlat dasturi asosida zamonaviy ko'rinishda 400 million so'm mablag' evaziga bunyod etilgan maktabning mini-futbol maydoni foydalanishga topshirildi. Tantanali tadbir davomida viloyat rahbari sportchi o'g'il-qizlarga esdalik sovg'alarini topshirdi.


✔️Ma'lumot uchun, 47-umumta'lim maktabi 1984-1989-yillarda qurilgan bo'lib, 360 o'ringa mo'ljallangan. Bugungi kunda maktabda 600 nafar o'quvchi ta'lim oladi. Ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan ushbu ta'lim muassasasi joriy yilda viloyat hokimi tashabbusi bilan 1,5 milliard so'm mablag' evaziga mukammal ta'mirlandi va zamonaviy ko'rinishga keltirildi.

#Jarqorgon #47maktab #ministadion

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71🔥1🥰1🤩1