Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
286 subscribers
14K photos
1K videos
6 files
7.92K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

💰 Олис ва чекка ҳудудларда жойлашган давлат-хусусий шериклик асосидаги боғчаларга ҳар бир тарбияланувчи бола учун давлат боғчаларининг бир нафар тарбияланувчиси учун сарфланадиган харажатлар суммасининг 75 фоизи миқдорида субсидия тўланади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

Корхонада штатлар қисқарганда ишда қолишда кимлар имтиёзли ҳуқуққа эга?

Корхонада ходимлар сони (штати) қисқариши муносабати билан меҳнат шартномаси бекор қилинганда ишда қолдириш учун имтиёзли ҳуқуқ малакаси ва меҳнат унумдорлиги юқорироқ бўлган ходимларга берилади.

🔰Малакаси ва меҳнат унумдорлиги бир хил бўлган тақдирда қуйидагиларга афзаллик берилади:

🔹қарамоғида икки ёки ундан ортиқ киши бўлган ходимларга;

🔹 оиласида ундан бўлак мустақил иш ҳақи олувчи бўлмаган шахсларга;

🔹 мазкур корхонада кўп йиллик иш стажига эга бўлган ходимларга;

🔹 ишлаб чиқаришдан ажралмаган ҳолда олий ва ўрта махсус, касб-ҳунар ўқув юртларида тегишли мутахассислик бўйича малакасини ошираётган ходимларга ва ишлаб чиқаришдан ажралган ҳолда олий ва ўрта махсус, касб-ҳунар ўқув юртларини тамомлаган шахсларга ўқишни тугатгандан сўнг мутахассислиги бўйича ишлаётган тақдирда икки йил мобайнида;

🔹 мазкур корхонада меҳнатда майиб бўлиб қолган ёки касб касаллигини орттирган шахсларга;

🔹 уруш ногиронлари, уруш қатнашчилари ва уларга тенглаштирилган шахсларга;

🔹 атом объектларидаги фалокатлар оқибатида келиб чиққан оширилган радиация нурланиши билан боғлиқ нурланиш касаллиги ва бошқа касалликларга йўлиққан ёки шундай касалликларни бошидан кечирган шахсларга.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Kun_hikmati

Kimning qo‘lida quyidagi besh narsa jilovi bo‘lsa, yaxshi hayotining garovi bo‘lur: birinchisi – tansihatlik, ikkinchisi – omonlik, uchinchisi – rizqining mo‘lligi, to‘rtinchisi – sodiq do‘st va beshinchisi – farog‘at. Kimki shu besh narsadan mahrum etilgan – xush hayot eshigi uning oldida bekilgan.

Abdurahmon Jomiy

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_bizi_haqimizda

Parkent tumanida mahalliy va xorijiy jurnalistlar ishtirokida o‘tkazilgan media tur jarayoni "Mening yurtim" telekanalining "Markaziy studiya" ko‘rsatuvida.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Jarayon

Parkent tumanida xalqaro media-tur o‘tkazildi

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Parkent tumanda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun media-tur tashkil etiladi. Unda 20dan ortiq mahalliy va xorijiy OAVlari xodimlari ishtirok etdi.

Batafsil:👉https://telegra.ph/Parkent-tumanida-hal%D2%9Baro-media-tur-%D1%9Etkazildi-06-24

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Bilasizmi

Kirish imtihonlari topshirishga ruxsat etilgan xodimlarga oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun kamida 15 kalendar kun, muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda taʼtil beriladi (https://lex.uz/docs/142859#1566995), o‘quv yurtlari joylashgan yerga borish va qaytib kelish vaqti bu hisobga kirmaydi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

Педагогика йўналишида 10 та ОТМ ташкил этилади

“Педагогик таълим сифатини ошириш ва педагог кадрлар тайёрловчи олий таълим муассасалари фаолиятини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–289-сон, 21.06.2022 й.) қабул қилинди

Қарор билан тегишли ОТМ ҳамда уларнинг бакалавриат таълим йўналишлари ва магистратура мутахассисликлари негизида қуйидагилар ташкил этилади:

🔹Урганч давлат педагогика институти;
🔹Наманган давлат педагогика институти;
🔹Гулистон давлат педагогика институти;
🔹Ўзбекистон-Финляндия педагогика институти;
🔹Андижон давлат педагогика институти;
🔹Бухоро давлат педагогика институти;
🔹Термиз давлат педагогика институти;
🔹Шаҳрисабз давлат педагогика институти;
🔹Чирчиқ давлат педагогика университети;
🔹Жиззах давлат педагогика университети.

🔰 2022/2023 ўқув йилидан:

▫️мактабгача, умумий ўрта, ўрта махсус ва профессионал таълимда фойдаланиладиган дарсликлар ҳамда методик қўлланмаларни педагог кадрлар тайёрловчи ОТМга уларнинг талабномасига мувофиқ пуллик асосда тақдим этиш тартиби жорий қилинади;

▫️педагог кадрлар тайёрловчи ОТМ кундузги таълим шаклида ўқиётган 2–4-босқич талабалари учун ҳафталик ўқув машғулотлари “4+2” тартибида (дарсларнинг 4 куни ОТМда, 2 куни мактабгача ва умумий ўрта таълим муассасаларида амалиёт ўташ тартибида) олиб борилади.

❗️Ҳар йили педагог кадрлар тайёрловчи ОТМ ихтисослик кафедраларининг камида 5 фоиз профессор-ўқитувчиларини хорижга танлов асосида малака ошириш ва стажировкага юбориш чоралари кўрилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Adliya_xabari #Bu_qiziq #DX_qulaylik

📢NFC –reader qurilmasi haqida ma'lumotga egamisiz?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-sonli Farmoniga muvofiq, aholiga qulaylik yaratish va vaqtni tejash maqsadida barcha Davlat xizmatlari markazlariga identifikasiya ID-kartalarni o'qish imkoniyatiga ega “NFC-reader” qurilmalari o'rnatilgan.

📌Ushbu qurilmalarda ID-kartadagi hamda chet el fuqarosi pasportidagi chipdan ma'lumotlarni o'qish va ushbu ma'lumotlarni axborot tizimlarida qo'llash imkoniyati mavjud.

💠Hozirgi kunda, Davlat xizmatlari markazlarida “NFC-reader” qurilmalarini qo'llash orqali Respublika bo’yicha kuniga 1 000 dan ziyod aholi uchun davlat xizmatlari ko’rsatilib, ularning qimmatli vaqtlari tejalmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari #Bu_qiziq #DX_qulaylik

📢NFC –reader qurilmasi haqida ma'lumotga egamisiz?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-sentabrdagi PF-6065-sonli Farmoniga muvofiq, aholiga qulaylik yaratish va vaqtni tejash maqsadida barcha Davlat xizmatlari markazlariga identifikasiya ID-kartalarni o'qish imkoniyatiga ega “NFC-reader” qurilmalari o'rnatilgan.

📌Ushbu qurilmalarda ID-kartadagi hamda chet el fuqarosi pasportidagi chipdan ma'lumotlarni o'qish va ushbu ma'lumotlarni axborot tizimlarida qo'llash imkoniyati mavjud.

💠Hozirgi kunda, Davlat xizmatlari markazlarida “NFC-reader” qurilmalarini qo'llash orqali Respublika bo’yicha kuniga 1 000 dan ziyod aholi uchun davlat xizmatlari ko’rsatilib, ularning qimmatli vaqtlari tejalmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Хайрулло Рўзметов, Олий Мажлис ҳузуридаги Қонунчилик муаммолари ва парламент тадқиқотлари институти бўлим бошлиғи:

Қонунчилик нормалари ўртасида қарама-қаршиликлар юзага келадиган ҳолатда фуқаро амалдаги қонунчиликка асосланиб эмас, балки Конституцияда мурожаат қилиши мумкин бўлган моддани киритиш лозим деб ҳисоблайман. Шундай ҳолатда мансабдор шахслар ҳам ўз манфаатларига қарорлар чиқаришдан тийилиб туришлари мумкин.

TelegramFacebookInstagramYouTube
#Jarayon

Angrenda qo‘shma korxonalar soni yana bittaga ko‘paydi

Angren shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazida O‘zbekiston va xitoylik ishbilarmonlar taʼsischiligida “SHUYU PAN” masʼuliyati cheklangan jamiyati davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Markaz mutaxasissislari xorijlik investorlarga yashil yo‘lak tamoyili asosida xizmat ko‘rsatdi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda joriy qilingan yangilik va qulayliklardan mamnun bo‘lgan mahalliy va xorijlik investorlar, markaz xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Xitoyda ishlab chiqarilgan maxsus uskunalarni olib kelish va mamlaktimizda sotishga ixtisoslashtiriladigan mazkur korxona to‘la quvvat bilan ishga tushgach 40 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Jarayon

Yuqori Chirchiq tumanning olis hududlaridan biri “Jaloltepa” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazildi

Uchrashuvda Toshkent viloyati adliya boshqarmasi, tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi va FHDY bo‘lmilaridan vakillar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida aholining qiynayotgan muammolariga huquqiy yechim topish, ijtimoiy yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish, davlat xizmatlari bilan bog‘liq ehtiyojlari o‘rganish, xizmatlardan onlayn foydalanish borasida so‘z yuritildi. Shu yerning o‘zida nogironligi bor fuqarolarga maxsus aravacha, eshitish moslamalari topshirildi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube