Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
251 subscribers
15.4K photos
1.17K videos
6 files
8.68K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Kun_hikmati

Saxovat biror narsaga qarab yoki evaziga biror narsa talab boʻlsa, hatto talab etilgan narsa maqtov va minnatdorlik boʻlgani taqdirda ham, u saxovat emas.

Abdurahmon Jomiy


Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Kun_hikmati

Baʼzida gʻolib boʻlish uchun chekinishga, qoʻlga kiritganingdan voz kechishga toʻgʻri keladi.

Lui Aragon


Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Kun_hikmati

Muvaffaqiyatga erishish uchun emas, hayoting maʼno kasb etishi uchun intil. Odamning hayoti boshqalar hayotini qay darajada goʻzal va mazmunli etganiga qarab ahamiyatlidir.

Albert Eynshteyn


Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Kun_hikmati

Aytilgan soʻz otilgan oʻq, deydilar. Otilgan oʻqni qaytib miltiqqa joylab boʻlmaydi. Aytgan soʻzimizning orqasidan quvib tutib kelolmaymiz. Shuning uchun ham har bir soʻzimiz, har bir satrimiz uchun masʼuldirmiz.

Said Ahmad


Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Kun_hikmati

Insonning qadri u izlagan, qidirgan narsasi bilan oʻlchanadi. Inson nimani izlasa, ana oʻshanga loyiqdir.

Jaloliddin Rumiy


Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Kun_hikmati

Tilning vazifasi shuki, unda kishi bir narsani aytganda boshqasi haligining maqsadini darhol anglashi kerak.

Abu Rayhon Beruniy


Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Kun_hikmati

Bolalarning ruhiy tarbiyasi ularning jismoniy va aqliy tarbiyasiga qaraganda ancha qiyin ish… Ruhni rivojlantirish – feʼl-atvorini shakllantirish demakdir.

Moxandas Karamchand Gandi


Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Kun_hikmati

Har qanday odamning hayotida buyuk tuygʻular kam, mayda hislar koʻp boʻladi…

Alber Kamyu


Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Kun_hikmati

Kim agar doʻstlar ila yakdil boʻlur,
Barcha maqsudi aning hosil boʻlur.

Farididdin Attor



Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Kun_hikmati

Zinhor bu yolgʻonchi dunyoda oʻlikdan jon, gadoydan sadaqa, xasisdan nasiba, tovuqdan sut soʻramanglar.

Neʼmat Aminov



Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Kun_hikmati

Sizlargʻa vasiyat qilaman. Maorif yoʻlida ishlaydurgʻon muallimlarning boshini silangizlar!

Behbudiy



Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Kun_hikmati

Bekorchi odam toʻkis baxtni his qila olmaydi, uning yuzida hamisha norozilik va hafsalasizlik alomatlarini koʻrasiz.

Heynrix Heyne



Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Kun_hikmati

Inson toki oʻzini mayda gap, oʻchakish, janjal, shikoyat, norozilik, ohu vohlardan ozod qilolmas ekan, u iflos va pastlik tabiatidan xalos boʻlolmaydi.

Abu Ali ibn Sino



Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Kun_hikmati

Haqiqat yoʻlida, tabiiyki, gʻazab, xudbinlik, naf­rat kabi narsalar gʻoyib boʻladi. Aks holda unga erishishning iloji boʻ­l­maydi.

Moxandas Karamchand Gandi



Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Kun_hikmati

Yomon doʻst soyaga oʻxshaydi. Peshonangga kun tugʻsa, qochib qutula olmaysan, boshingda bulut toʻplansa, izlab topa olmaysan.
Abay


Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Kun_hikmati

Gʻurbatda gʻarib shodmon boʻlmas emish,
El anga shafiq-u mehribon boʻlmas emish.
Oltun qafas ichra gar qizil gul bitsa,
Bulbulgʻa tikandek oshiyon boʻlmas emish.
Alisher Navoiy


Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Kun_hikmati

Bilim bu – maktabda oʻrgatilgan hamma narsa esingdan chiqib ketgandan keyin oʻzingda qolgan narsalardir. Savol berishdan toʻxtamaslik juda muhim. Qiziquvchanlik odamga bejiz berilmagan. Chegaralarini bir marta kengaytirgan idrok hech qachon eski joyiga qaytmaydi.
Albert Eynshteyn


Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Kun_hikmati

Odam oʻzining gunohini boshqa birovning gunohi bilan yuvmoqchi boʻlishi chakki, chunki gunohni gunoh bilan hech qachon yuva olmaydi.
Abdulla Qahhor


Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Kun_hikmati

Har bir insonning qadr-qimmati oʻz ishini qoyil qilib bajarishida.

Abu Rayhon Beruniy


Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Kun_hikmati

🔷Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaxshi kishi ko‘rmag‘ay yomonlig‘ hargiz,
Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidur.

✍️Zahiriddin Muhammad Bobur

Кanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya