Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
253 subscribers
15.5K photos
1.18K videos
6 files
8.72K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ “Yashil belgi” mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibi belgilandi


“Yashil belgi” mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibi to'g'risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi (ro'yxat raqami: 3652-son, 25.07.2025-y.)

🔰 Ushbu Nizom sertifikatlashtirishni o'tkazish, talabgorni avtorizasiyadan o'tkazish, xorijiy ekologik markirovkalash tizimlarini tan olish va ekologik markirovka belgisini qo'llashni o'z ichiga oladi.

📝 Ariza beruvchi ekologik markirovkalash organiga belgilangan shakllardagi maxsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish bo'yicha ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.

📜 Ekologik markirovkalash organi tomonidan sertifikatlashtirish bo'yicha ariza kelib tushgan kundan e'tiboran 5 ish kuni mobaynida unda ko'rsatilgan ma'lumotlar ko'rib chiqiladi.

Sertifikatlashtirishni o'tkazish 3 oydan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.

📋 Ekspertlar guruhi tomonidan sertifikatlashtirish jarayoni natijalari bo'yicha xulosa rasmiylashtiriladi.

Sertifikatlashtirish natijalaridan norozi bo'lganlar 1 oy ichida Apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DARDI HOL

Hujjat bor xotirjamsiz! Uyingizni qonuniylashtirishni kechiktirmang!

Bir martalik to’lov va soliqlarni to’lab, uyingizni qonuniylashtiring!

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
#OAV_biz_haqimizda

29 iyul kuni "Inson va qonun" gazetasida Nurafshon shahar adliya bo‘limi xodimlarining maqolalari chop etildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Ayrim payvandtagli ko'chatlarni xarid qilish xarajatlarining bir qismi qoplanadi


Hukumat qarori (468-son, 28.07.2025-y.) bilan “In-vitro” sharoitida ko'paytirilgan payvandtagli meva va tok ko'chatlarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizom tadbirkorlarga muvofiqlik sertifikati mavjud bo'lgan “in-vitro” sharoitida ko'paytirilgan payvandtagli meva va tok ko'chatlarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.

💸 Subsidiyalar quyidagi miqdorlarda ajratiladi:

🔹 yangi intensiv bog' barpo etgan talabgorga hamda dala chetlari, kanallar, sug'orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarga ekilgan muvofiqlik sertifikati mavjud bo'lgan “in-vitro” sharotida ko'paytirilgan payvandtagli meva ko'chatlarini xarid qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq har bir meva ko'chatiga 25 ming so'mdan oshmagan miqdorda;

🔹 muvofiqlik sertifikati mavjud bo'lgan uzumning danaksiz va yangi nav ko'chatlariga 7,5 ming so'mdan, mahalliy tok ko'chatlariga 2 ming so'mdan oshmagan miqdorda.

📝 Talabgor subsidiyani olish uchun “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali quyidagilarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:

🔸 sog'lom, viruslardan holi bo'lgan "in-vitro" laboratoriyasida ko'paytirilgan payvandtagli ko'chatlarning muvofiqlik sertifikati nusxasi;

🔸 talabgor bilan “in-vitro” sharoitida ko'chat yetishtiruvchi ko'chatchilik xo'jaligi o'rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi nusxasi;

🔸 ko'chatlar sotib olingani bo'yicha hisob-faktura, “in-vitro” sharoitida ko'chat yetishtiruvchi ko'chatchilik xo'jaligining tavsiyasi va muvofiqlik sertifikati bo'yicha 3 yillik kafolat xati.

Ishchi guruh hujjatlarni 3 ish kunida joyiga chiqqan holda o'rganadi va subsidiya ajratish maqsadga muvofiqligi yoki rad etish to'g'risidagi xulosani tasdiqlaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🪙 Qonunchilikka ko'ra, quyidagi shaxslardan avtotransport vositalarining to'xtab turish joylaridan foydalanganlik uchun haq olinmaydi:

🔹 "Nogiron haydovchi boshqarayotgan avtomobil" taniqlik belgisi o'rnatilgan avtotransport vositasini boshqarayotgan I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar;

🔹 16 yoshgacha nogironligi bor bolasi bo'lgan ota-onalar (yoki uning o'rnini bosuvchi shaxslar).

📜 Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun tasdiqlovchi hujjatlar, ya'ni nogironlikni tasdiqlovchi tibbiy ma'lumotnoma hamda tegishli pensiya guvohnomasi bo'lishi lozim.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
#Bilasizmi

📝 Hokimliklar favqulodda vaziyatlar organlari bilan hamkorlikda har yili 1-maydan 15-sentabrgacha suvda baxtsiz hodisalar (odamlar o'limi) tez-tez ro'y berib turadigan joylarni aniqlashi kerak.

⚠️ Mazkur hududlar bo'yicha mahalliy aholi va dam oluvchilar o'rtasida tushuntirish ishlari olib borish sharti bilan qirg'oq bo'ylab cho'milishni taqiqlovchi belgilar o'rnatishi shart.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
📢 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi
PF–80-sonli farmoni ijrosi yuzasidan Chirchiq shahrida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda:

👥 Aholi soni: 173,000+
🏠 Xonadonlar: 51,144 ta

⚖️ Huquqiy mahalla loyihasi doirasida:
5,296 ta uyma-uy yurib o‘rganish o‘tkazilib, 4,481 ta huquqiy muammo aniqlandi. Ulardan 3,951 tasi hal etildi.

Online platformalar orqali jami 497 ta huquqiy muammo kelib tushdi.

Aholining 1,035 nafariga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatildi.

📚 Mahalla yettiligi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun:

693 ta metodik qo‘llanma tarqatildi

88 ta huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Har bir mahallada “Adliya burchagi” va kutubxona tashkil etildi

🚸 Minimal standartlarni yaxshilash doirasida:

Maktablar atrofida yo‘l belgilar chizildi

Ichimlik suvi sifati o‘rganildi

Maishiy chiqindilarni tashish yo‘lga qo‘yildi

Piyodalar uchun oq va sariq rangli yo‘l chiziqlari chizildi.


Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Parlamentdagi muxolifatning kafolatlangan huquqlari kengaytiriladi


Qonun (O'RQ–1077-son, 30.07.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.

🔰 Qonun bilan ayrim qonunlarga o'zini parlamentdagi muxolifat deb e'lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasiga bir qancha qo'shimcha huquqlar berishni nazarda tutuvchi o'zgartirishlar kiritildi.

Qonun hujjatlariga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, o'zini parlamentdagi muxolifat deb e'lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasi quyidagi huquqlarga ega bo'lishi ko'zda tutildi:

🔹 o'z vakillari Qonunchilik palatasining 1 nafar qo'mita raisi va 2 nafar qo'mita raisi o'rinbosari lavozimlarini kafolatli egallashi;

🔹 qonun loyihasi ikkinchi o'qishda ko'rib chiqilguniga qadar ham o'sha masalaga doir qonun loyihasi yoki uning tarkibiy qismining muqobil tahririni kiritish;

🔹 har chorakda "hukumat soati" va parlament so'rovi doirasida masala kiritish.

📍 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Suv kodeksi qabul qilindi


Qonun (O'RQ–1076-son, 30.07.2025-y.) bilan O'zbekiston Respublikasining Suv kodeksi tasdiqlandi.

🔰 Kodeks suv, suv obyektlari, suv xo'jaligi obyektlari va suv fondi yerlaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

✔️ Kodeksga ko'ra, suv umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

🔗 Suvdan foydalanish umumiy va maxsus foydalanishga bo'linadi.

📋 Suv obyektlarining toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:

🔹 O'zbekistonning yer usti va yer osti suv obyektlari;

🔹 O'zbekistonda joylashgan va uning hududini kesib o'tadigan transchegaraviy yer usti va yer osti suv obyektlari.

Suv obyektlari tanho yoki birgalikda foydalanishda bo'lishi mumkin.

🏛 Suv resurslarini boshqarishda qarorlar qabul qilish maqsadida respublika va havzalar, zarur hollarda hududlar darajasida kollegial-maslahat organi shaklida suv kengashlari tashkil etiladi.

🖼 Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika suv kengashi tashkil etiladi.

📍 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan 3 oy o'tgach kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Davlat fuqarolik xizmati yangi yondashuvlar asosida tashkil etiladi


Manba: PF-95-son, 23.06.2025-yil.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati yanada rivojlantiriladi


Manba: PF-98-son, 23.06.2025-yil.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon

Odam savdosi insonlarni aldash, majburlash, shantaj yoki kuch bilan nazoratga olib, ularni ekspluatatsiya qilish maqsadida sotish, sotib olish, tashish, yashirish yoki qabul qilish jarayonidir. Har yili 30 iyulda Butunjahon odam savdosiga qarshi kurashish kuni dunyo bo‘ylab nishonlanadi.  

Bekobod shahar adliya bo‘limi tomonidan shahardagi umum taʼlim maktabi va Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari ishtirokida mazkur sanaga bag‘ishlab  keng targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish har bir insonning burch va vazifasi bo‘lishi, korrupsiya jamiyat taraqqiyoti uchun to‘siqlardan biri ekanligi haqida fikr yuritildi.  

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan tushuntirishlar berildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Iste'molchilarning huquq va manfaatlari ishonchli himoya qilinadi


Qonun (O'RQ–1078-son, 31.07.2025-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.

🔰 Qonun hujjatlariga kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, sotuvchilarni oldi-sotdi shartnomasida ko'rsatilgan majburiyatlarni o'z vaqtida bajarishga undaydigan normalar belgilandi.

💸 Xususan, sotuvchi oldi-sotdi shartnomasida ko'rsatilgan muddatda tovarni topshirish bo'yicha majburiyatini bajarmaganda, kechiktirilgan har bir vaqt birligi uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida iste'molchiga penya to'lashi ko'zda tutildi.

❗️ Biroq bunda penyaning umumiy summasi topshirilmagan tovar bahosidan oshib ketmasligi kerak.

Shuningdek, qonun bilan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksga ichki ishlar organlari xodimi va Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining qonuniy talablarini bajarmaslik bilan bog'liq huquqbuzarliklar uchun jazo choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi.

❇️ Bundan tashqari, qonun hujjatlariga kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, barcha oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda faqat yodlangan tuzdan foydalanilishi belgilandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Siz tug‘ilishni onlayn rasmiylashtirishni bilasizmi?

Bu — yangi tug‘ilgan chaqaloqning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasini my.gov.uz portali orqali uyingizdan chiqmasdan rasmiylashtirish imkonini beruvchi qulay elektron xizmatdir.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling 👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb sayt | 🌐Instagram|📹Youtube