Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
288 subscribers
14K photos
998 videos
6 files
7.91K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
#Bilasizmi

🔰 Ko‘chmas mulk sotish yoki sotib olishda "Ko‘chmas mulk tarixi haqida ma’lumot" olish xizmatidan foydalanib, mulkka nisbatan amaldagi va avvalgi huquqlar, mulk davlat ro‘yxatiga qachon kiritilgani, huquqni tasdiqlovchi hujjatlar turi, kim tomonidan berilgani, sanasi va raqami haqidagi ma’lumotlarni bilib olish mumkin.

📄Ma’lumotnomani olish uchun davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etish, yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) yoki O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining davreestr.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak.

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
BHMning 50 foizi. Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 380-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

❗️Topilmalar va yo‘qolgan ashyolarning elektron reyestri yuritiladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yo‘qotilib, topib olingan ashyolarni Davlat xizmatlari markazlariga topshirish, saqlash, egalariga qaytarish yoki ularni davlat arxiv idoralariga topshirish, shuningdek topilmalar va yo‘qolgan ashyolar reyestrini yuritish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan davlat xizmatini sifati yaxshilandi.

🧑🏻‍💻Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yo‘qolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash, egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

📝O‘zining yoki yaqin qarindoshlarining (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari) yo‘qolgan ashyolarini topish bo‘yicha jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxslarning vakillari Markazga shaxsan kelib yoki YIDXP orqali murojaat qilishlari mumkin.

🗓️Topilmalar markazda 6 oy davomida saqlanadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi 28-son qarori

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

⚡️ Qonunchilikka ko'ra, iste'molchining huquqlari buzilishi tufayli unga yetkazilgan ma'naviy zarar uchun uni yetkazgan shaxs, basharti u aybdor bo'lsa, haq to'lashi lozim.

✔️ Ma'naviy zarar uchun haq to'lash mulkiy ziyon va iste'molchi ko'rgan zararning o'rni qoplanishidan qat'i nazar, amalga oshiriladi.

⚖️ Ma'naviy zarar uchun to'lanadigan haq miqdorini sud belgilaydi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Bilasizmi

🔰 O'zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o'z davlat ramzlari – bayrog'i, gerbi va madhiyasiga ega. Davlat ramzlari davlat himoyasidadir.

🇺🇿 Davlat bayrog'i O'zbekiston davlat suverenitetining ramzidir.

❗️ O'zbekiston fuqarolari, shuningdek O'zbekistonda turgan boshqa shaxslar Davlat bayrog'ini hurmat qilishlari shart.

⚠️ Davlat ramzlarining himoyasini ta'minlash maqsadida ularga nisbatan hurmatsizlik qilganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko‘ra, yakka tartibdagi tadbirkorlarga oldindan to‘lov, ochilgan akkreditiv, rasmiylashtirilgan bank kafolati va eksport shartnomasini siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish bo‘yicha polis mavjud bo‘lmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish huquqi berilishi belgilangan.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Davxizmat_Ps
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, erkak va ayollar huquqlari tengligining buzilishi bilan bog'liq ishlarning sudlarda ko'rib chiqilishida ayollarga advokatlar tomonidan ko'rsatiladigan yuridik xizmat uchun haq ularning xohishiga ko'ra davlat hisobidan qoplanadi.

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshkentviladliya
#Bilasizmi

Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma

Talabgor yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega bo‘lgan shaxslar elektron raqamli imzosidan foydalangan holda (jismoniy shaxslar uchun ERI o‘rniga Mobil-ID tizimidan ham foydalanish mumkin) ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun “Litsenziya” AT yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali ariza yuboradi.

👫Ariza beruvchilar toifasi:
Yuridik va jismoniy shaxslar.

🏢Ruxsat etish tartib-taomillari sohasidagi vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.

💳Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori
: BHMning 30 foizi miqdorida.

💰Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: daraxt va butalarning alohida xususiyatlaridan kelib chiqib belgilanadi.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 5 ish kuni.

Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilish muddati: Ruxsatnoma berilgan yilning 31-dekabriga qadar.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Angren shahrida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda


O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Angren shahri hududi uchun reja-jadval.

🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.

#OʼRQ_937 #grafik

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Bilasizmi

Chirchiq shahrida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda


O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Chirchiq shahri hududi uchun reja-jadval.

🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.

#OʼRQ_937 #grafik

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Bilasizmi

Nurafshon shahrida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda


O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Nurafshon shahri hududi uchun reja-jadval.

🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.

#OʼRQ_937 #grafik

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Bilasizmi

Ohangaron shahrida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Ohangaron shahri hududi uchun reja-jadval.

🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.

#OʼRQ_937 #grafik

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya
#Bilasizmi

Olmaliq shahrida o‘tkaziladigan xatlov ishlari reja-jadvali taqdim etilmoqda


O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Olmaliq shahri hududi uchun reja-jadval.

🔖Eslatma, mazkur reja-jadval 2024-2025 yillar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xatlov ishlari belgilangan sanalarda boshlanadi.

#OʼRQ_937 #grafik

Кanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/toshviladliya