Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.36K subscribers
13.3K photos
1.61K videos
59 files
11.4K links
SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Xalqaro shartnomalarga qo'shilish to'g'risida” Prezident qarori (PQ-362-son, 16.10.2024 y.) qabul qilindi


Qarorga ko'ra, quyidagi bayonnoma, konvensiyasi va bitimlarga qo'shilindi:

🔹Umumjahon pochta ittifoqining umumiy reglamentiga ikkinchi qo'shimcha bayonnomaga (Addis-Abeba, 2018-yil 7-sentabr);

🔹Umumjahon pochta ittifoqining umumiy reglamentiga uchinchi qo'shimcha bayonnomaga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust);

🔹Umumjahon pochta konvensiyasiga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust);

🔹Umumjahon pochta konvensiyasiga yakuniy bayonnomaga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust);

🔹Pochta to'lov xizmatlari to'g'risidagi bitimga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust);

🔹Pochta to'lov xizmatlari to'g'risidagi bitimga yakuniy bayonnomaga (Abidjan, 2021-yil 26-avgust).

🏢 Raqamli texnologiyalar vazirligi mazkur xalqaro shartnomalarning amalga oshirilishi uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organ etib belgilandi.

✔️ Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin ularning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi


“O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida”gi Prezident Farmoyishi qabul qilindi

⚡️ Unga ko'ra, Konstitutsiyaning 32 yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash uchun “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh g'oyani o'zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy hamda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar samarali tashkil etiladi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag'ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko'rish va ularni o'tkazish dasturi hamda tashkiliy qo'mita tasdiqlandi.

🗂 Bayramni bugungi davr ruhiga hamohang tarzda nishonlash maqsadida quyidagi masalalarga alohida e'tibor qaratiladi:

yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va “O'zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy ustuvor yo'nalishlari doirasida belgilangan tub islohotlar haqida mahallalar, ta'lim va mehnat jamoalarida ma'rifiy uchrashuv va suhbatlar o'tkazish;

so'nggi yillarda iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma'naviy hayotning turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar va bu borada erishilayotgan natijalarni mustahkamlashda yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning o'rni va rolini yoritish;

“Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi!” degan hayotiy shiorning mohiyati va ahamiyatini, yangi tahrirdagi Konstitutsiya asosida inson huquq va erkinliklari sohasida mutlaqo yangi bosqichga o'tilganligini ochib berish;

mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini ta'minlash, sog'liqni saqlash, ilm-fan, madaniyat, san'at va sport sohalarini rivojlantirish, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlarga doimiy e'tibor va g'amxo'rlik ko'rsatish, oila, onalik, bolalik va otalikni himoya qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyatini keng targ'ib qilish;

“Konstitutsiya oyligi” doirasida umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional va oliy ta'lim tashkilotlarida barcha o'quvchi va talabalarni qamrab olgan holda Konstitutsiya darslarini o'tkazish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Davlat_xizmatlari

🔰 Qonunchilikka ko'ra,Davlat xizmatlari markazlari va YAgona interaktiv davlat xizmatlari portal (my.gov.uz) orqali "doimiy yashash joyida ro'yxatdan o'tib yashovchilar to'g'risida ma'lumotnoma olish va uni to'g'rilash" kabi davlat xizmatini ko'rsatish yo'lga qo'yilgan.

🚫 Uyingizda kimlar ro'yxatda turganini bilish uchun tegishli tashkilotga vaqt yo'qotib va ovora bo'lib borish shart emas.

Buning uchun, my.gov.uz saytiga kirib, "SHaxsiy kabinet"ga o'tish va "Fuqarolik" bo'limini tanlash, so'ng “Doimiy yashash joyida yashovchilar ro'yxatini to'g'rilatish uchun so'rov yuborish” tugmasini bosish kerak.

🌐Agar xonadoningizda notanish shaxslar ro'yxatga olinganini aniqlasangiz, shu joyning o'zidayoq o'chirishga elektron murojaat yuborishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Yoʻl_qoidalariga_amal_qiling

Qonunchilikka ko'ra, turar joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga yo'l berishlari kerak.

🚫 Shuningdek, turar joy dahalarida quyidagilar taqiqlanadi:

mexanik transport vositalarini boshqarishni o'rgatish;
dvigateli ishlab turgan holda to'xtab turish;
ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillarining maxsus ajratilgan, yo'l belgilari va (yoki) yo'l chiziqlari bilan belgilangan joylardan tashqarida to'xtab turishi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Soliq_imtiyozlari

Soliq kodeksiga
muvofiq, soliq to'lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi.

📝 Shuningdek, belgilangan shaklda tuzilgan ko'chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlari portali orqali (ijara.soliq.uz) hisobga qo'yishda to'lov undirilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtiriladi


Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-976-son, 17.10.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

🔰Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga hokimlarning hamda xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlarini aniqlashtirishga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda.

📝 Jumladan, “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi Qonunidan viloyat, tuman, shahar hokimi bir vaqtning o'zida tegishli hududdagi vakillik hokimiyatiga boshchilik qilishi haqidagi norma chiqarib tashlanmoqda.

✉️ Hokimlarga tegishli xalq deputatlari Kengashlari sessiyasiga masalalar kiritish, zarurat bo'lganda Kengash sessiyasi chaqirilishini talab qilish va tegishli xalq deputatlari Kengashining qonunchilikka zid bo'lgan qarorlarini bekor qilish uchun Senatga yoki sudga murojaat qilish kabi qator yangi vakolatlar berilmoqda.

✔️ Shuningdek, xalq deputatlari Kengashlariga deputatlar orasidan saylanadigan rais boshchilik qilishi, u o'z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshirishi belgilanmoqda, uni vakolatlari muddati tugaguniga qadar lavozimidan ozod qilish tartibi nazarda tutilmoqda.

🖥 Bundan tashqari, xalq deputatlari Kengashlari va hokimlar tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarni Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro'yxatdan o'tkazishning yagona elektron tizimida ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi talab mustahkamlanmoqda.

Bunda ushbu tizimda ro'yxatdan o'tkazilmagan hujjatlar haqiqiy emas deb hisoblanadi hamda huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi.

“Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida”gi Qonunga Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini ishlab chiqish, kelishish va ro'yxatdan o'tkazishning yagona elektron tizimiga mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari e'lon qilinadigan rasmiy manba maqomi berilishini nazarda tutuvchi o'zgartirish kiritilmoqda.

📆 Kengashlarga saylanadigan rais boshchilik qilishiga oid o'zgartirishlar viloyatlardagi, Toshkent shahridagi kengashlarga nisbatan - navbatdagi saylovi yakunlari bo'yicha, tuman, shahar davlat hokimiyatining vakillik va ijro etuvchi organlariga nisbatan – 2026-yil 1-yanvardan e'tiboran amalga kiritiladi.

📜 Qonun loyihasi Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, Oliy Majlisga bir guruh deputatlar tashabbusi bilan kiritilgan.


Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining manzilli va samarali ijtimoiy himoya qilinishi kuchaytiriladi


Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-977-son, 18.10.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi

🔰 Qonun bilan ayrim qonunlarga Ijtimoiy himoya milliy agentligining zimmasiga dafn etish uchun nafaqani berish vazifasini yuklatishga, uning xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlarini belgilashga, shuningdek fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarga va ma'muriy sudlarga murojaat qilishda davlat bojini to'lashdan ozod etishga taalluqli o'zgartirishlar kiritilmoqda.

🔍 Bundan tashqari, o'zgalarning parvarishiga muhtoj bo'lgan 80 yoshga to'lgan keksalarga qarab turilgan vaqt ish stajiga qo'shib hisoblanishi uchun davolash muassasasining xulosasi talab etilmasligi, shuningdek o'zgalar parvarishiga muhtoj bo'lgan yolg'iz keksalarga, yolg'iz yashovchi keksalarga va nogironligi bo'lgan shaxslarga shahar yo'lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqi berilishi nazarda tutilmoqda.

☑️ Shu bilan birga, umrbod ta'minlash sharti bilan uyni (kvartirani) boshqa shaxsga berishga doir bitimlar va umrbod renta shartnomasi to'g'risidagi, shuningdek vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini taqsimlashga doir bitimlar hamda uning taqdirini hal qilishga qaratilgan boshqa bitimlar haqidagi ma'lumotlar "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlariga taqdim etilishi belgilanmoqda.

📌Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Ijtimoiy xizmatlar va yordam ko'rsatish tizim takomillashtiriladi hamda ularning sifati oshiriladi


⚡️ Qonunga ko'ra, “Davlat boji to'g'risida”gi Qonunga o'zgalar parvarishiga muhtoj bo'lgan yolg'iz keksalar, yolg'iz yashovchi keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslar yo'qolgan yoxud yaroqsiz holga kelgan ID-kartasini yoki biometrik pasportini almashtirishda davlat bojini to'lashdan ozod qilinishini nazarda tutuvchi o'zgartirishlar kiritilmoqda.

📜 Shuningdek, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarni vaqtincha ro'yxatga olishda ham davlat boji undirilmaydi.

📁 Bundan tashqari, yetim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olingan uy-joyni ularning nomiga rasmiylashtirish uchun notarial harakatlarni amalga oshirishda davlat bojini to'lashdan ozod qilinishi belgilanmoqda.

⚠️ Shu bilan birga, o'zgalar parvarishiga muhtoj bo'lgan yolg'iz keksalarga, yolg'iz yashovchi keksalarga va nogironligi bo'lgan shaxslarga homiylik qilish uchun yo'naltirilgan mablag'lar soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritilishi nazarda tutilmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Amal_qiling

📦 Bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni koʻp miqdorda bojxona chegarasidan oʻtkazish, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanilishiga sabab boʻladi:

BHMning 300 baravarigacha miqdorda jarima;

480 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

2 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Imkon_loyihasi

“Matonat” filmi
real voqealarga asoslangan boʻlib, Adliya vazirligi tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyilgan “Imkon” ijtimoiy-huquqiy loyihasi doirasida suratga olingan.

Toshkentda boʻlib oʻtgan film premyerasi haqida batafsil 👉 videoda.

“Matonat” filmini endi YouTube’da ham tomosha qilishingiz mumkin:
https://youtu.be/oTCyEmyI1jo

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Imkon_loyihasi

Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Imkon” ijtimoiy-huquqiy loyihasi yoʻlga qoʻyildi.

Surxondaryo viloyati Denov tumanidan Dilorom Yuldasheva ushbu loyihaning ilk ishtirokchilaridan. U real voqealarga asoslangan “Matonat” filmining bosh qahramoni ham boʻldi.

18-oktabr kuni Toshkentda “Imkon” loyihasining taqdimoti hamda “Matonat” filmining premyerasi boʻlib oʻtdi.

Filmning to‘lig‘ini Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining rasmiy YouTube kanalida ham tomosha qilishingiz mumkin.

Kanalga ulanish
👏3👍2
#Adliya_tabrigi

🇺🇿 Adliya vazirligi barcha yurtdoshlarimizni 21-oktabr O'zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#audio_fayl

#soragan_edingiz

#qatnasha_olmagan_tinglovchilar_uchun!

@Huquqiy_gap loyihasi dosirasida "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish masalalari” mavzusida o'tkazilgan suhbatning to'liq audio-fayli.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari #sayyor_qabul

Aholi va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.


Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliev tomonidan Angor tumani hokimi hamda tumandagi mavjud barcha davlat organlari va tashkilotlarining rahbar xodimlari, mahalla yettiliklari ishtirokida joriy yilning 11-oktabr kuni tumanning “Sharq guli” mahallasida joylashgan “Istirohat bog‘i”da sayyor qabul o‘tkazildi.

Batafsil videolavha orqali tanishishingiz mumkin!

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
1
#Bilasizmi

Ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizim takomillashtiriladi hamda ularning sifati oshiriladi

👉batafsil📋

✍️ Muallif: Boysun tuman adliya bo'limi bosh maslahatchisi – Z.Xaydarov

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Hafta davomida qabul qilingan qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishing:


🔹Iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik texnologiyalar joriy etiladi Manba: (PF-155-son, 14.10.2024 y.);

🔹Tashqi savdo operatsiyalari bo'yicha valyuta nazorati yanada takomillashtiriladi Manba: (PF-156-son, 14.10.2024 y);

🔹Startap loyihalar ekotizimi yanada rivojlantiriladi Manba: (PQ-357-son, 14.10.2024 y.);

🔹Raqamlashtirish sohasidagi eksportchi korxonalar qo'llab-quvvatlanadi Manba: (PF-157-son, 14.10.2024 y.);

🔹Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi yanada oshiriladi Manba: (PF-159-son, 16.10.2024 y);

🔹Sun'iy intellekt texnologiyalari rivojlantiriladi Manba: (PQ-358-son, 14.10.2024 y.);

🔹“Xalqaro shartnomalarga qo'shilish to'g'risida” Prezident qarori qabul qilindi Manba: (PQ-362-son, 16.10.2024 y.);

🔹Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi Manba: (F-53-son, 17.10.2024 y.);

🔹Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati takomillashtiriladi Manba: (O'RQ-976-son, 17.10.2024 y.);

🔹Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining manzilli va samarali ijtimoiy himoya qilinishi kuchaytiriladi Manba: (O'RQ-977-son, 18.10.2024 y.);

🔹Ijtimoiy xizmatlar va yordam ko'rsatish tizim takomillashtiriladi hamda ularning sifati oshiriladi Manba: (O'RQ-977-son, 18.10.2024 y.).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog'i tashkil etiladi


“Kasbiy ta'limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta'lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-158-son, 16.10.2024 y.) qabul qilindi

🔰Farmonga ko'ra, kasbiy ta'lim tashkilotlarining amaldagi turlari maqbullashtirilib, kasbiy ta'limning barcha darajalari bo'yicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog'i tashkil etiladi.

🎓 Texnikumlarda:

kadrlar tayyorlash Ta'limning xalqaro standart tasniflagichi va O'zbekiston milliy malaka tizimi talablariga mos ravishda tashkil etiladi;

boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus kasbiy ta'lim dasturlari bo'yicha kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yiladi, shuningdek, malaka va kompetensiyalar bo'yicha qisqa muddatli o'quv kurslari tashkil etiladi;

boshlang'ich kasbiy ta'lim dasturlari bo'yicha kadrlar tayyorlash umumiy o'rta ta'lim tashkilotining 9-sinfini tamomlagan o'quvchilar uchun – davlat granti asosida amalga oshiriladi;

o'rta va o'rta maxsus kasbiy ta'lim dasturlari bo'yicha kadrlar tayyorlash davlat granti va to'lov-kontrakt asosida tashkil etiladi;

o'rta maxsus kasbiy ta'lim dasturlarining bitiruvchilariga o'zlashtirgan modullari, to'plagan kreditlari va oliy ta'lim tashkiloti tomonidan belgilangan ballar o'rtacha qiymatidan (GPA) kelib chiqib, bakalavriatning tegishli bosqichidan o'qishni davom ettirishga ruxsat etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍1