Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.46K subscribers
11.3K photos
1.27K videos
59 files
9.84K links
πŸ‘‰ Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.

πŸ“ Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Π―Π½Π³ΠΈΠ»ΠΈΠΊΠ»Π°Ρ€ ΡƒΡ‡ΡƒΠ½.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

πŸ”° Qonunchilikka ko'ra, advokatga o'z himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar ta'minlanadi.

πŸ“Œ Advokat, uning sha'ni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasida bo'ladi va qonun bilan muhofaza qilinadi.

Kanalga ulanishπŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

βœ… Qonunchilikka ko'ra, erkak va ayollar huquqlari tengligining buzilishi bilan bog'liq ishlarning sudlarda ko'rib chiqilishida ayollarga advokatlar tomonidan ko'rsatiladigan yuridik xizmat uchun haq ularning xohishiga ko'ra davlat hisobidan qoplanadi.

Kanalga ulanishπŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

🚫 Qonunchilikka ko'ra, intizomiy jazoning amal qilish muddati ichida xodimga nisbatan rag'batlantirish choralari, shu jumladan mehnatga haq to'lash tizimiga kirmaydigan va mehnat natijalariga asoslanmagan mukofotlar ham (bayramlar, shu jumladan kasb bayramlari, yubileylar munosabati bilan va hokazolar) qo'llanilmasligi belgilangan.

βœ… Ammo, davlat fuqarolik xizmatchisining intizomiy javobgarlikka tortilishi unga nisbatan rag'batlantirish choralari qo'llanilishini bekor qilmaydi.

Kanalga ulanishπŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

πŸ“• Qonunchilikka ko'ra, davlat fuqarolik xizmatchisiga belgilangan shakldagi xizmat guvohnomasi beriladi. Unda davlat fuqarolik xizmatchisi egallagan lavozimi, uning malaka darajasi, davlat organining to'liq nomi, guvohnoma berilgan sana va uning amal qilish muddati ko'rsatiladi.

πŸͺͺ Xizmat guvohnomasi identifikatsiyalovchi karta ko'rinishida ham berilishi mumkin.

🚫 Xizmat guvohnomasini boshqa shaxslarga berish mumkin emas.

πŸ” Xizmat guvohnomasining amal qilish muddati o'tgan yoki davlat fuqarolik xizmatchisi lavozimdan ozod etilgan taqdirda uni bergan davlat organiga qaytariladi.

Kanalga ulanishπŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

βœ… Qonunchilikka ko'ra, vaqtinchalik mehnat faoliyatini olib borish uchun xorijga jo'nab ketayotgan fuqarolar uchun plaskart va umumiy vagonlarga bo'lgan temir yo'l biletlarining narxlariga 20 foiz miqdorda chegirmalar berilishi belgilangan.

Kanalga ulanishπŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Nodavlat notijorat tashkilotlarning ramzlarini davlat roβ€˜yxatidan oβ€˜tkazish tartibidan xabardormisiz?

Batafsil

Muallif: Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi Nodavlat notijorat tashkilotlar shoβ€˜basi bosh maslahatchisi B.Mustafaqulov

Kanalga ulanish πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

πŸ”° Qonunchilikka ko'ra, β€œIjtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda quyidagi turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining QQS summasi qaytarib beriladi:

β–ͺ️Qo'y go'shti;
β–ͺ️Parranda go'shti;
β–ͺ️Mol go'shti;
β–ͺ️Tuxum;
β–ͺ️O'simlik yog'i;
β–ͺ️Un;
β–ͺ️Shakar;
β–ͺ️Dori vositalari va tibbiy xizmatlar.

πŸ“ Ushbu xaridni soliq mobil ilovasida, xarid chekining fiskal belgisini ro'yxatdan o'tkazganda, ularning bank kartalariga har oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi miqdoridagi to'lov o'rniga, xarid summasida to'langan QQS summasi qaytariladi.

πŸ“Œ Bunda QQS summasini qaytarish oyiga BHMning 10 baravarigacha (3 mln 750 ming so'mgacha) bo'lgan xaridlar summasi doirasida amalga oshiriladi.

Kanalga ulanishπŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

Yoshlar daftariga kiritilgan fuqarolar tadbirkorlik faoliyatini olib borishida noturar binolarning ijara puli davlat tomonidan qoplab beriladimi?

Batafsil bu yerda

✍️ Denov tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.Xatamov

Kanalga ulanish πŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

πŸ”° Qonunchilikka ko'ra, 14 yoshga to'lgan va 30 yoshdan oshmagan (31 yoshga to'lmagan) O'zbekiston fuqarosi "Yoshlar daftari"ga kirishi va "Yoshlar daftari" jamg'armasi mablag'lari hisobidan belgilangan tartibda qo'llab-quvvatlanishi mumkin.

Kanalga ulanishπŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

βœ… Dam olish kunlari yoki ishlanmaydigan bayram kunlari uchun kamida ikki hissa haq to'lanadi.

❕Ichki hujjatlarda ikki hissadan ko'proq haq to'lanishi belgilanishi mumkin.

➑️ Dam olish kunidagi yoki ishlanmaydigan bayram kunidagi ish xodimning xohishiga ko'ra boshqa dam olish kunini berish bilan kompensatsiya qilinishi mumkin.

πŸ“Œ Dam olish yoki ishlanmaydigan bayram kunidagi ish uchun xodimga o'zining xohishiga ko'ra boshqa dam olish kuni berilishi mumkin. Bunda xodimga bir hissa haq to'lanadi.

⚠️ Xodim jadvalga yoki mehnat shartnomasiga muvofiq umumiy belgilangan dam olish kunlarida (besh kunlik ish haftasida shanba yoki yakshanba kunlari yoki olti kunlik ish haftasida yakshanba kuni) ishlasa, dam olish kunlari esa unga boshqa kunda berilsa, umumiy dam olish kunlaridagi ish uchun bir hissa haq to'lanadi.

Kanalga ulanishπŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

✳️ Banklar tomonidan β€œyashil” iste'mol krediti quyosh fotoelektr stansiyasi, quyosh suv isitkichlari va shamol elektr stansiyalarini o'rnatish maqsadlari uchun ajratiladi.

βœ”οΈ BHMning 500 baravarigacha bo'lgan β€œyashil” iste'mol kreditlari bo'yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 5 foizli banddan ko'p bo'lmagan qismi uchun 3 yil kompensasiya beriladi.

❕Ya'ni bugungi kunda MB asosiy stavkasi 13,5 foiz, agar kredit foizi 18 foiz bo'lsa uning 5 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.

πŸ“ Mazkur kompensasiya uchun alohida murojaat qilish talab etilmaydi, β€œyashil” kredit ajratadigan banklar avtomat tarzda arizani o'zlari yuboradi.

Kanalga ulanishπŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

β˜‘οΈ Qonunchilikka ko'ra, yer uchastkasi olib qo'yilganligi munosabati bilan huquq egasiga noqulayliklar keltirib chiqarilganligi uchun kompensasiya sifatida yer uchastkasida joylashgan ko'chmas mulk bozor qiymatining 5 foizi miqdorida bir martalik to'lov amalga oshiriladi.

Kanalga ulanishπŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

πŸ“œ Qonunchilikka ko'ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar to'g'risidagi ma'lumotlar quyidagi shaxslar va tashkilotlar tomonidan 24 soat ichida asoslantiruvchi hujjatlar bilan birga (shu jumladan, elektron shaklda) bola aniqlangan hududdagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman (shahar)lardagi β€œInson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yo'naltiriladi:

β–ͺ️ijtimoiy xodim, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi ;
β–ͺ️ichki ishlar organlari;
β–ͺ️notariuslar;
β–ͺ️sog'liqni saqlash organlari;
β–ͺ️sudlar;
β–ͺ️ta'lim muassasalari;
β–ͺ️fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari.

βœ… Vakolatli organga taqdim etiladigan ma'lumotlarning asoslanganligi, ishonchliligi va belgilangan muddatda taqdim etilishi uchun ma'lumotni kiritayotgan idoralarning rahbarlariga shaxsiy javobgarlik yuklanadi.

Kanalga ulanishπŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

βœ… Qonunchilikka ko'ra, muomalaga layoqatli O'zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni muqobil joylashtirish shakllariga olish bo'yicha nomzod bo'lishi mumkin.

πŸ” Nomzodlarni tanlash, kuzatib borish hamda monitoring qilish Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman (shahar)lardagi β€œInson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan amalga oshiriladi.

πŸ“’ Vakolatli organ nomzodlardan ariza qabul qilguniga qadar ularga bolani tarbiyaga olish uchun talab etiladigan hujjatlar, shuningdek, ularga muqobil joylashtirish shakllari, ularning huquq va majburiyatlari, bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlari, bolani oilaga olishning huquqiy oqibatlari to'g'risida axborot beradi.

Kanalga ulanishπŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

πŸ”°Qonunchilikka ko'ra, vasiylik yoki homiylik yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga quyidagi hollarda belgilanadi:

πŸ”Ήota-onasi vafot etganda yoki sud tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganda;

πŸ”Ήota-onasi sud qarori bilan ota-onalik huquqidan mahrum etilganda yoki ularning ota-onalik huquqi cheklanganda;

πŸ”Ήota-onasi ikki oydan ortiq kasal bo'lishi oqibatida o'zlarining ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaganda;

πŸ”Ήota-onasi sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

πŸ”Ήota-onasi bedarak yo'qolganda;

πŸ”Ήota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo'yin tovlaganda, shu jumladan, ota-ona tarbiya, davolash muassasalari, tibbiy-ijtimoiy muassasalar va shunga o'xshash muassasalardan bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek, boshqa zarur hollarda.

Kanalga ulanishπŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

πŸ”°Qonunchilikka ko'ra, quyidagilar Bolalar uyiga qabul qilinadi:

πŸ”Ή yetim bolalar;

πŸ”Ή ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan quyidagi bolalar:

▫️ota-onalari vafot etgan, ota-onalar ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan yoxud ota-onalik huquqlari cheklangan, ota-onalar muomalaga layoqatsiz deb topilgan, ota-onalarda og'ir kasalliklar aniqlangan, ota-onalar uzoq vaqt (6 oydan ortiq) bo'lmagan, shu jumladan ota-onalar o'z bolalarini tibbiyot muassasalaridan olishni rad etgan hollarda, shuningdek, ota-ona qarovi mavjud bo'lmagan boshqa hollarda;

▫️topib olingan bolalar;

▫️qoldirib ketilgan bolalar;

πŸ”Ήota-onalar roziligi bilan va ota-onalari bor yoki yo'qligidan qat'i nazar o'ziga o'zi xizmat ko'rsatish imkoni yo'qligi tufayli doimiy ravishda yakka tartibda parvarish qilishga muhtoj psixofizik rivojlanishi buzilgan bolalar.

Kanalga ulanishπŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Bilasizmi

VASIYLIK VA HOMIYLIK ORGANLARI QANDAY ISHLAYDI
?

Batafsil

✍️ Muallif: Bandixon tuman Adliya bo'limi davlat xizmatlar markazi direktori Sh.Hamroyev

βœ…Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
πŸ‘‡

➑️ Telegram I πŸ’¬ Facebook I πŸ“ΉYoutube I 🌍 Web-site
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

πŸ” Qonunchilikka ko'ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni aniqlash, muqobil joylashtirishning shakllariga yo'naltirish va ularning hisobini yuritish tartibiga muvofiq hisobga olingan quyidagilar farzandlikka olinadi:

πŸ”Ήota-onasi vafot etgan;

πŸ”Ήota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan;

πŸ”Ήota-onasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan;

πŸ”Ήota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo'yin tovlagan;

πŸ”Ήota-onasi bir yildan ortiq muddat davomida bolalar muassasalari yoki tibbiy muassasalardagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan;

πŸ”Ήota-onasi tarbiyalash, davolash muassasalaridan, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasidan va boshqa muassasalardan bolasini olishdan bosh tortgan;

πŸ”Ήota-onasi bedarak yo'qolgan yoki vafot etgan deb e'lon qilingan bolalar.

Kanalga ulanishπŸ‘‡πŸ‘‡πŸ‘‡
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin