Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.36K subscribers
13.3K photos
1.62K videos
59 files
11.4K links
SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#Soliq_imtiyozlari #Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, tadbirkorlik subyektlariga miqdori 10 million so'mdan yuqori bo'lgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun, agar tadbirkorlik subyekti huquqbuzarlikni inkor etsa, moliyaviy sanksiyalarni faqatgina sud tartibida qo'llash belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍1
#Soliq_imtiyozlari #Bilasizmi

⚡️ Qonunchilikka ko‘ra, xalqaro sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yo‘la beriladigan pul mukofotiga daromad solig‘i solinmaydi.

Shuningdek, xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olingan buyum tarzidagi sovrinlarning qiymatidan daromad solig‘i olinmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍1
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Soliq_imtiyozlari #Bilasizmi

⚡️ Fuqarolarning O'zbekistondagi professional va oliy ta'lim muassasalari kontrakti uchun to'lagan pulidan daromad solig'i undirilmaydi.

Ushbu imtiyozdan quyidagi hollarda foydalaniladi:

fuqaro o'zining kontraktini to'laganida;
ota-onalar farzandlari kontraktini to'laganida;
er-xotinlar 26 yoshga to'lmagan turmush o'rtog'i kontraktini to'laganida.

⚠️ Shuningdek, ushbu soliq imtiyozidan ta'lim krediti uchun to'langan pul uchun ham foydalanish mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Soliq_imtiyozlari

✳️ Qonunchilikka ko'ra, umumiy quvvati 100 kVtgacha bo'lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o'rnatgan va ulardan foydalanuvchi shaxslar, ular foydalanishga topshirilgan kundan e'tiboran 3 yil muddatga, quyidagi soliqlarni to'lashdan ozod etilishi belgilangan:

🔹ushbu qurilmalar bo'yicha — yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni, alohida turuvchi qurilmalar bilan band bo'lgan yer uchastkalari bo'yicha — yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ini, elektr energiyasini umumiy tarmoqqa sotishdan olingan foyda bo'yicha — foyda solig'ini;

🔹uy-joy fondining ko'chmas mulk obyektlari bo'yicha jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig'i va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig'ini.

⚠️ Agar quyosh panellari quvvatining 25 foizidan kam bo'lmagan elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o'rnatilgan bo'lsa, yuqoridagi soliq imtiyozlari 10 yil muddatga qo'llaniladi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Soliq_imtiyozlari

Soliq kodeksiga
muvofiq, soliq to'lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga soliq solinmaydi.

📝 Shuningdek, belgilangan shaklda tuzilgan ko'chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlari portali orqali (ijara.soliq.uz) hisobga qo'yishda to'lov undirilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Soliq_imtiyozlari

Qonunchilikka ko'ra, bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar bo'yicha soliq solishdan qisman ozod etiladi.

❗️ Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma'lumotnomasi asosida beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#2025_yil_1_apreldan #Soliq_imtiyozlari

⚠️Qonunchilikka ko‘ra, 2028-yil 1-yanvarga qadar yangi tashkil etiladigan qishloq xo‘jaligi va dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash kooperativlari uchun ijtimoiy soliq hamda ularga ishga qabul qilingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 1 foiz etib belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Soliq_imtiyozlari

🔖Soliq davri mobaynida mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 2,11 baravarigacha bo‘lgan qiymatda ish beruvchi tomonidan xodimga berilgan natura shaklidagi sovg‘alar daromad solig‘iga tortilmaydi.

✔️Shuningdek, ilgari mazkur ish beruvchining xodimlari bo‘lgan ishlamayotgan pensionerlar va mehnat qobiliyatini yo‘qotgan shaxslar, vafot etgan xodimning oila aʼzolari tomonidan olingan ushbu qiymatdagi sovg‘alar hamda boshqa turlardagi yordamlardan ham daromad solig‘i ushlab qolinmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Soliq_imtiyozlari #Bilasizmi

✔️ Qonunchilikka ko'ra, tadbirkorlik subyektlariga miqdori 10 million so'mdan yuqori bo'lgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun, agar tadbirkorlik subyekti huquqbuzarlikni inkor etsa, moliyaviy sanksiyalarni faqatgina sud tartibida qo'llash belgilangan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin