Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.36K subscribers
13.4K photos
1.62K videos
59 files
11.5K links
SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish qo'llab-quvvatlanadi


Manba: PQ–207-son, 26.06.2025-yil

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Pensiya va g'aznachilik faoliyatida zamonaviy xizmatlar joriy etiladi


Manba: PF–105-son, 26.06.2025-yil

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

‼️ Kambag‘al oila a’zolariga o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni xarid qilishga ssuda ajratiladi.


Talabgor o ‘zining doimiy yashash manzilidagi hokim yordamchisiga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali murojaat qiladi.

💰Zarur bo‘lgan asbob-uskunalarni xarid qilishga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda ssuda beriladi.

⏱️ Ssuda 6 oydan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga foizsiz ajratiladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 158-son qarori.

🌟 Foydali ma’lumotlarni yaqinlaringizga ulashishni unutmang!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Nogironlik pensiyasini proaktiv shaklda tayinlash tartibi belgilandi


Manba: VMQ-398-son, 30.06.2025-yil.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Yer qa'ridan foydalanishga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganlar rag'batlantiriladi


Hukumat qarori (457-son, 22.07.2025-y.) bilan “Yer qa'ridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog'liq huquqbuzarliklar haqida xabar bergan jismoniy shaxslarni pul mukofoti bilan rag'batlantirish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizomga ko'ra, shaxslar huquqbuzarlikni videotexnika vositalari orqali qayd etishi hamda “Geomonitoring” tizimi orqali Tog'-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasiga yuborishi lozim.

📝 Foto va video materiallarda quyidagilar aks ettirilishi kerak:

🔹 sodir etilgan huquqbuzarlik;

🔹 huquqbuzarlik sodir etgan shaxs to'g'risidagi ma'lumotlar (agar mavjud bo'lsa);

🔹 huquqbuzarlik sodir etilgan manzil, sana va vaqt.

Foto va video materiallar 15 ish kunida ko'rib chiqiladi.

💰 Foto va video materiallarni yuborgan shaxslar quyidagi miqdorlarda pul mukofoti bilan rag'batlantiriladi:

🔸 keng tarqalgan noruda foydali qazilmalarni qonunga xilof ravishda qazib olish yoki boshqa joyga tashish bo'yicha – huquqbuzardan undirilgan mablag'lar hisobidan BHMning 1 baravari;

🔸 foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xomashyoni qayta ishlash sohasidagi boshqa huquqbuzarlik bo'yicha – huquqbuzardan undirilgan jarima miqdorining 5 foizi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Nogironligi bo'lgan shaxslar bandligini ta'minlagan tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi


Manba: VMQ-405-son, 01.07.2025-yil.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ta'lim tizimi samaradorligi oshiriladi


Manba: PQ-209-son, 01.07.2025-yil.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosining nazorati yanada kuchaytiriladi


“Davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomini yanada mustahkamlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF–117-son, 25.07.2025-y.) qabul qilindi.

🔰 Farmonga ko'ra, davlat organlari va tashkilotlari, hamda boshqa tashkilotlarda ijro intizomini tashkil etishning asosiy yo'nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

🔹 Qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini nazorat qilishning samarali mexanizmlarini joriy qilish;

🔹 hududlarda islohotlar natijadorligini o'rganish va ijro intizomini mustahkamlash ishlarini sifatli tashkil etish;

🔹 davlat organlari va tashkilotlarda ijroni tashkil etishda birinchi rahbarlarning mas'uliyatini oshirish;

🔹ijro intizomini nazorat qilish jarayonlariga sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish.

🏛 Farmon bilan, Hisob palatasiga qo'shimcha vazifalar yuklatildi, jumladan:

🔸Qonunlar, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari doirasida ajratilgan mablag'larning maqsadli sarflanishini o'rganish bilan birga ularning aholi hamda tadbirkorlar uchun samaradorligini tahlil qilish;

🔸 ijro intizomini mustahkamlashga, mansabdor shaxslarning shaxsiy mas'uliyatini oshirishga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan olib borilayotgan islohotlar natijalariga erishishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

🔸 qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijro etilishi yuzasidan davlat organlari va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish.

📅 2025-yil 1-sentabrdan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasining qisqartiriladigan shtat birliklari hisobidan Hisob palatasiga qo'shimcha 10 ta boshqaruv shtat birligi ajratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ijro intizomini samarali tashkil etishda davlat organlari rahbarlarining ma'suliyati yanada oshiriladi


🔰Farmon bilan 2025-yil 1-sentabrdan boshlab:

✔️ davlat organlari va tashkilotlarda ijro intizomiga mas'ul tarkibiy bo'linmalar alohida tuzilma sifatida bevosita birinchi rahbarlar bo'ysunuviga o'tkaziladi;

✔️ davlat organlari va tashkilotlarning ijro intizomiga mas'ul tuzilmasi xodimlarining Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Adliya vazirligida reja-jadval asosida har uch yilda bir marotaba malakasini oshirish amaliyoti yo'lga qo'yiladi.

📝 Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini nazorat qilish bo'yicha yangi tartib joriy etilishi munosabati bilan;

🔹 Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi negizida 20 ta shtat birligidan iborat O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumat hujjatlari ijrosini nazorat qilish boshqarmasi tashkil etiladi.

🔹Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligi tomonidan qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarning ijro holatini baholash amaliyoti joriy etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Yer qa'rini geologik jihatdan o'rganish bo'yicha ishlarni davlat hisobiga olish tartibi belgilandi


Hukumat qarori (467-son, 26.07.2025-y.) bilan “Yer qa'rini geologik jihatdan o'rganish bo'yicha ishlarni davlat hisobiga olish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizom yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O'zbekiston hududida amalga oshirilayotgan yer qa'ri uchastkalarini geologik jihatdan o'rganish ishlari bilan bog'liq jarayonlarni davlat hisobiga olish tartibini belgilaydi.

📝 Yer qa'rini davlat tomonidan geologik jihatdan o'rganish ishlari tizim tashkilotlarining tegishli ma'lumotlarni Yer qa'ridan foydalanish markaziga “Geomonitoring” axborot tizimi orqali buyurtma asosida tegishli ma'lumotlarni kiritish orqali davlat hisobiga olinadi.

✔️ Yer qa'ridan foydalanish markazi buyurtma kelib tushgan kundan boshlab 5 ish kunida buyurtmani va unga ilova qilingan ma'lumotlar taqdim etilganligini tekshiradi.

📜 Hujjatlar to'liq taqdim etilgan taqdirda, buyurtmani “Geomonitoring” axborot tizimida tegishli tartib raqam bilan hisobga oladi va tizim tashkilotlarini xabardor qiladi.

Yer qa'ridan foydalanuvchilar yer qa'rini geologik jihatdan o'rganish ishlarini davlat hisobiga olingani to'g'risidagi xabar olingan kundan boshlab yer qa'rini geologik jihatdan o'rganish ishlarini amalga oshirishga asos bo'ladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Ayrim imtiyozli kreditlar bo'yicha to'langan foiz to'lovlarining bir qismi subsidiya sifatida qaytariladi


Hukumat qarori (466-son, 24.07.2025-yil) bilan “Paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlarni hosil yili yakuniga qadar qaytargan qishloq xo'jaligi subyektlariga ushbu kredit bo'yicha to'langan foiz to'lovlarining bir qismini subsidiya sifatida qaytarish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizom paxta xomashyosini yetishtirish uchun Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash jamg'armasining kredit resurslari hisobidan ajratilgan imtiyozli kreditlar bo'yicha to'langan foiz to'lovlarining 4 foiz punktini subsidiya sifatida qaytarish tartibini belgilaydi.

📝 Nizomga ko'ra, subsidiya oluvchi paxta xomashyosini yetishtirish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar va hisoblangan foiz to'lovlarini hosil yilining 31-dekabriga qadar to'liq qaytargan bo'lishi kerak.

🔗 Arizalar tijorat bankining Bosh ofisi Subsidiya.mf.uz" portali orqali yuboriladi.

Tijorat banki tomonidan barcha ma'lumotlar "Subsidiya.mf.uz" portaliga to'liq kiritilib, ariza shakllantirilgandan so'ng ajratiladigan subsidiya miqdori avtomatik ravishda hisoblab chiqiladi.

📚 Subsidiya oluvchining soliqlar va majburiy to'lovlardan qarzdorligi bo'lmaganda, subsidiya mablag'laridan erkin foydalanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

⁉️ O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elda ta’lim olgan farzandlarini davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibidan xabardormisiz?


Arizalar Davlat xizmatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining elektron xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

📑 Arizaga o‘quvchining chet elda ta’lim olganini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

🏛 Xizmat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari tomonidan ko‘rsatiladi.

⏱️ Arizalar 3 ish kunida ko'rib chiqiladi.

Eslatma: murojaatlar har yili 1-avgustdan 25-mayga qadar qabul qilinadi.


Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-son qarori.

Bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#qonunchilikdagi_yangiliklar

📢 Import qilingan qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotish bilan shug‘ullanuvchi rasmiy dilerlar reyestri yuritiladi!


👨‍💻 Reyestrga kirish uchun murojaatlar Uzagroin.uzaxborot tizimi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

O‘zbekiston hududida import qilingan qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotish bo‘yicha xorijiy ishlab chiqaruvchi bilan tegishli dilerlik kelishuviga ega bo‘lgan yuridik shaxslar xizmatdan foydalanishlari mumkin.

🏛 Vakolatli organ: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi.

Arizalar 5 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

📆 Rasmiy diler reyestrga 1 yil muddatga kiritiladi.

💰Rasmiy dilerlar reyestriga kiritish ixtiyoriy ravishda bepul amalga oshiriladi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-iyuldagi 421-son qarori.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi rasmiy davlat hujjatlari dublikatini olish yanada oson!


Endilikda dublikat olish uchun arizalar nafaqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz), balki Davlat xizmatlari markazlari orqali ham qabul qilinadi.

🏛 Vakolatli organ: tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari.

⏱️ Arizalar 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

💰 Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.

📑 Xizmat natijasi bo‘yicha QR-kod (matrik shtrixli kod) qo‘yilgan dublikat taqdim etiladi.

🌟 Foydali ma'lumotlarni yaqinlaringiz bilan ulashing va bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ “Yashil belgi” mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibi belgilandi


“Yashil belgi” mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy ekologik markirovkalash tartibi to'g'risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi (ro'yxat raqami: 3652-son, 25.07.2025-y.)

🔰 Ushbu Nizom sertifikatlashtirishni o'tkazish, talabgorni avtorizasiyadan o'tkazish, xorijiy ekologik markirovkalash tizimlarini tan olish va ekologik markirovka belgisini qo'llashni o'z ichiga oladi.

📝 Ariza beruvchi ekologik markirovkalash organiga belgilangan shakllardagi maxsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish bo'yicha ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.

📜 Ekologik markirovkalash organi tomonidan sertifikatlashtirish bo'yicha ariza kelib tushgan kundan e'tiboran 5 ish kuni mobaynida unda ko'rsatilgan ma'lumotlar ko'rib chiqiladi.

Sertifikatlashtirishni o'tkazish 3 oydan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.

📋 Ekspertlar guruhi tomonidan sertifikatlashtirish jarayoni natijalari bo'yicha xulosa rasmiylashtiriladi.

Sertifikatlashtirish natijalaridan norozi bo'lganlar 1 oy ichida Apellyatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellyatsiya shikoyati berishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni yuritishda xususiy ayblov instituti joriy etiladi


Manba: O'RQ-1075-son, 10.07.2025-yil.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Ayrim payvandtagli ko'chatlarni xarid qilish xarajatlarining bir qismi qoplanadi


Hukumat qarori (468-son, 28.07.2025-y.) bilan “In-vitro” sharoitida ko'paytirilgan payvandtagli meva va tok ko'chatlarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizom tadbirkorlarga muvofiqlik sertifikati mavjud bo'lgan “in-vitro” sharoitida ko'paytirilgan payvandtagli meva va tok ko'chatlarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.

💸 Subsidiyalar quyidagi miqdorlarda ajratiladi:

🔹 yangi intensiv bog' barpo etgan talabgorga hamda dala chetlari, kanallar, sug'orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarga ekilgan muvofiqlik sertifikati mavjud bo'lgan “in-vitro” sharotida ko'paytirilgan payvandtagli meva ko'chatlarini xarid qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq har bir meva ko'chatiga 25 ming so'mdan oshmagan miqdorda;

🔹 muvofiqlik sertifikati mavjud bo'lgan uzumning danaksiz va yangi nav ko'chatlariga 7,5 ming so'mdan, mahalliy tok ko'chatlariga 2 ming so'mdan oshmagan miqdorda.

📝 Talabgor subsidiyani olish uchun “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali quyidagilarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:

🔸 sog'lom, viruslardan holi bo'lgan "in-vitro" laboratoriyasida ko'paytirilgan payvandtagli ko'chatlarning muvofiqlik sertifikati nusxasi;

🔸 talabgor bilan “in-vitro” sharoitida ko'chat yetishtiruvchi ko'chatchilik xo'jaligi o'rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi nusxasi;

🔸 ko'chatlar sotib olingani bo'yicha hisob-faktura, “in-vitro” sharoitida ko'chat yetishtiruvchi ko'chatchilik xo'jaligining tavsiyasi va muvofiqlik sertifikati bo'yicha 3 yillik kafolat xati.

Ishchi guruh hujjatlarni 3 ish kunida joyiga chiqqan holda o'rganadi va subsidiya ajratish maqsadga muvofiqligi yoki rad etish to'g'risidagi xulosani tasdiqlaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Bolalarga nisbatan zo'ravonlik holatlarini aniqlash va ularni himoya qilish tartibi belgilandi


Hukumat qarori (440-son, 14.07.2025-y.) bilan “Bolalarga nisbatan zo'ravonlik holatlarini aniqlash, zo'ravonlik xavfi darajasini baholash, himoya qilish rejasini ishlab chiqish hamda uni amalga oshirish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

🔰 Nizomga ko'ra, zo'ravonlikdan jabrlangan yoxud o'ziga nisbatan zo'ravonlik sodir etilishi xavfi ostida bo'lgan bolalar bevosita o'zlari yoxud qonuniy vakillari “Inson” markazlari, ichki ishlar organlari va boshqa mas'ul organlarga murojaat qiladi.

📝 “Inson” markazlari ichki ishlar organlari ishtirokida bolaning hayotiy vaziyatini 1 kun muddatda o'rganadi.

📜 Bunda “Inson” markazi bolaning hayoti yoki sog'lig'iga tahdid soluvchi omillarni dastlabki baholashdan o'tkazadi hamda xavf darajasini “past” yoki “yuqori” deb topishi mumkin.

☑️ Xavf darajasi “yuqori” deb baholanganida, ichki ishlar organi quyidagi choralardan birini ko'radi:

🔹 zo'ravonlik sodir etgan shaxsni ma'muriy yo'l bilan ushlab turish hamda prosessual majburlov choralarini qo'llash;

🔹 bolaga yoxud uning qonuniy vakiliga himoya orderini berish;

🔹 bolani ota-onasidan (ularning biridan) yoxud uni o'z qaramog'iga olgan boshqa shaxslardan olib qo'yish va uning xavfsizligini ta'minlash.

Tahdid soluvchi omillar bartaraf etilgach, “Inson” markazi bolaning hayotiy vaziyatini 14 kalendar kun ichida kompleks baholashdan o'tkazadi.

📙 Kompleks baholash natijalariga ko'ra 3 ish kuni ichida bolani himoya qilish rejasi ishlab chiqiladi.

❗️ Bolalarga nisbatan zo'ravonlik sodir yoki sodir etishga moyil bo'lgan shaxslarga quyidagi ta'sir choralari qo'llanilishi mumkin:

▪️ tuzatish dasturidan o'tish;
▪️ bolalarini olib qo'yish;
▪️ ota-onalik huquqini cheklash yoki ota-onalik huquqidan mahrum qilish.
▪️ narkologiya muassasalarida majburiy davolanish;
▪️ majburiy tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini tayinlash.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ta'sis etiladi


“O'zbekiston xalq artisti Botir Zokirov xotirasini abadiylashtirish, uning ijodiy merosini chuqur o'rganish va jahon miqyosida targ'ib qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–230-son, 28.07.2025-y.) qabul qilindi.

🏛 Qarorga ko'ra, Toshkent shahrida Botir Zokirov memorial muzeyi tashkil etiladi.

💰 Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ta'sis etiladi

❇️ 2026-yildan har 2 yilda 1 marta estrada san'ati bo'yicha Botir Zokirov nomidagi xalqaro ko'rik-tanlovi o'tkazib boriladi.

📹 Shuningdek, Botir Zokirovning hayoti va ijodiga bag'ishlangan badiiy film yaratiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Milliy va jahon musiqasining sara asarlari yanada ommalashtiriladi


“Milliy va jahon musiqa san'ati yutuqlarini xalqimiz orasida keng targ'ib qilishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–231-son, 28.07.2025-y.) qabul qilindi.

🏛 Qarorga ko'ra, O'zbekiston davlat filarmoniyasi Farg'ona viloyati bo'linmasi tarkibida quyidagilar tashkil etiladi:

🔹 Farg'ona milliy cholg'ular orkestri;

🔹 Farg'ona simfonik orkestri.

❇️ Shuningdek, reja bo'yicha Farg'ona shahridagi “Eco City” majmuasi hududidagi amfiteatrda hamda mahalliy aholi va sayyohlar ko'p tashrif buyuradigan boshqa joylarda Simfonik orkestr va Milliy cholg'ular orkestrining konsert dasturlari tashkil etib boriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM