Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
2.44K subscribers
11.5K photos
1.32K videos
59 files
10.1K links
👉 Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#DAVLAT_XIZMATLARI_MARKAZI_5_YIL

Barcha joylarda bo'lgani kabi, Jarqo‘rg‘on tuman Davlat xizmatlari markazida ham bayram shukuhi hukmron. Buni birgina markaz xodimlarining kayfiyatidan ham anglash mumkin.

🔰 Xalqimiz hayot sifati yaxshilanishiga o'zlarining munosib hissasini qo'shayotgan soha xodimlariga yana bir bora bayram muborak bo‘lsin!!!

🏢 Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi
#Davlat_xizmatlari_markazlariga_5_yil
#Psixolog_trening

Davlat xizmatlari markazlari jamoasi xalqimizga tezkor va sifatli davlat xizmatlari koʻrsatishda bir yoqadan bosh chiqarib, uyushqoqlik bilan mehnat qilmoqda.

Ayni damda “Davlat xizmatlari markazlari tashkil etilganligining 5 yilligi” munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirda, tizim xodimlarini turli vaziyatlarda jamoa a’zolarini muvaffaqiyatli oʻzaro munosabatlari koʻnikmalarini shakillantirish maqsadida psixolog-trening tashkil etildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_timbilding
#Davlat_xizmatlari_markazlariga_5_yil

Avval xabar berganimizdek, ayni damda “Davlat xizmatlari markazlari tashkil etilganligining 5 yilligi” munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirda, tizim xodimlarini yanada qoʻllab-quvvatlash, ularning kasbiy faoliyatini ragʻbatlantirish maqsadida timbilding tadbiri tashkil etildi.

Bunday tadbirlar jamoa ortasida hamjihatlik va muvaffaqiyat muhitini yaratish, ishdagi unumdorlik sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Davlat_xizmatlari

❄️Давлат хизматлари марказлари томонидан фуқароларга қишнинг совуқ кунларида ҳам сифатли давлат хизматлари кўрсатилиб келинмоқда.

Марказда фуқароларга қўшимча қулайликлар яратиш мақсадида иссиқ ичимликлар🫖☕️ ҳам тарқатилмоқда.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

❗️Yotoqxonaga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali murojaat qiling!

🖥 Davlat xizmatidan foydalanish tartibi bilan yuqoridagi video orqali tanishing!👆👆👆

👉 Ushbu qulaylik haqida talaba bo‘lgan tanishlaringizga yuborishni unutmang!

Kanalga ulanish 👉  https://t.iss.one/surxondaryoadliya

➡️
Telegram I 💬 Facebook I 📹 Youtube I 🌐 Web-site
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

⚡️Endilikda, Litsenziatlar “Litsenziya” axborot tizimida o‘z litsenziya va ruxsatnomalarini to‘xtatib turish uchun onlayn ariza berishlari mumkin

🗓
O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunining 32-moddasi o‘n ikkinchi qismiga ko‘ra: litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini olti oygacha muddatga to‘xtatib turish haqida vakolatli organga “Litsenziya” axborot tizimi orqali onlayn ariza bilan murojaat qilish imkoniyati yaratildi.

🖥Murojaatlar:
– "Litsenziya" axborot tizimidagi (https://license.gov.uz/) litsenziatning shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.

🤔Xizmatdan foydalanuvchilar: Litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan yuridik yoki jismoniy shaxs;

📌Ariza yuborilganidan so'ng, Litsenziya yoki ruxsatnomaning amal qilish muddatini olti oygacha bo‘lgan muddatga to'xtatib turish to'g'risida qaror avtomatik shakllantiriladi va arizachiga taqdim etiladi.

❗️Eslatma:
agar litsenziat olti oy ichida litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risida tizim orqali ariza bilan murojaat etmagan bo‘lsa hujjatning amal qilishi tugatiladi.

🗓 Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish va qayta tiklash to‘g‘risidagi axborot bir kun ichida maxsus elektron tizimga joylashtiriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_qulaylik #davlat_xizmatlari

Интерактив киоскалар қандай ишлайди?

Давлат хизматларидан фойдаланиш яна ҳам осонлашди.

Энди давлат хизматлари ҳар бир маҳаллага кириб бормоқда. Бугун Сизлар билан онлайн хизматлардан тез, осон ва қулай фойдаланиш имконини берувчи ана шундай интерактив киоскалардан қандай фойдаланишни ўрганамиз.

Мазкур киоскаларда ҳозирда 37 та хизмат кўрсатилади. Йил якунига қадар туман марказидан узоқда жойлашган маҳаллалар ва аҳоли гавжум бўлган жойларда 1 500 та интерактив киоскалар жойлаштирилади ҳамда интерактив киоскалар орқали кўрсатиладиган хизматлар сони 70 тага етказилади.

Батафсил роликда👆🏻
#Jarayon #davlat_xizmatlari_korsatuvchi_tashkilotlar
#seminar

Adliya vazirligi ishchi guruhi a'zosi U.Sadikov Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi bilan birgalikda Denov tumanida Davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlarning rahbar va mas’ul xodimlari ishtirokida, sohada yuzaga kelayotgan muammolar va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha seminar o‘tkazdi.

Seminarda sohada yuzaga kelayotgan muammolar tahlil qilinib davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha mas'ullarga tegishli tushuncha va ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

⚡️Litsenziatlar “Litsenziya” axborot tizimida o‘z litsenziya va ruxsatnomalarini to‘xtatib turish uchun onlayn ariza berishlari mumkin

🗓
O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunining 32-moddasi o‘n ikkinchi qismiga ko‘ra: litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini olti oygacha muddatga to‘xtatib turish haqida vakolatli organga “Litsenziya” axborot tizimi orqali onlayn ariza bilan murojaat qilish imkoniyati yaratilgan.

🖥Murojaatlar:
– "Litsenziya" axborot tizimidagi (https://license.gov.uz/) litsenziatning shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.

🤔Xizmatdan foydalanuvchilar: Litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan yuridik yoki jismoniy shaxs;

📌Ariza yuborilganidan so'ng, Litsenziya yoki ruxsatnomaning amal qilish muddatini olti oygacha bo‘lgan muddatga to'xtatib turish to'g'risida qaror avtomatik shakllantiriladi va arizachiga taqdim etiladi.

❗️Eslatma:
agar litsenziat olti oy ichida litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risida tizim orqali ariza bilan murojaat etmagan bo‘lsa hujjatning amal qilishi tugatiladi.

🗓 Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish va qayta tiklash to‘g‘risidagi axborot bir kun ichida maxsus elektron tizimga joylashtiriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

❗️ Nomingizga rasmiylashtirilgan kreditlar haqida ma'lumotlarni (o'z kredit tarixingizni) onlayn tekshirib boring va firibgarlardan ogoh bo'ling

Batafsil videorolikda👆

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Davlat_xizmatlari

✔️ Qonunchilikka ko'ra, davlat xizmatlari markazlari, "Lisenziya" axborot tizimi (license.gov.uz) hamda YIDXP (my.gov.uz) orqali ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan 3 ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to'langan davlat bojlari, yig'imlar va boshqa har qanday to'lovlarning 50 foizi ularga 1 ish kunida qaytarilishi belgilangan.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Davlat_xizmatlari

🔰 Qonunchilikka ko'ra, quyidagi yangi xizmatlar Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal (my.gov.uz) orqali ko'rsatilishi belgilangan:

doimiy faoliyat ko'rsatuvchi hakamlik sudlari hisobini ro'yxatdan o'tkazish hamda muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olish;

xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslarni hisob ro'yxatiga olish;

nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari bo'lgan xodimlarini, shuningdek, ularning oila a'zolarini akkreditatsiya qilish;

nodavlat notijorat tashkilotlarining ramziy belgilarini davlat ro'yxatidan o'tkazish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Davlat_xizmatlari

🔰 Qonunchilikka ko'ra, quyidagi yangi xizmatlar Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal (my.gov.uz) orqali ko'rsatilishi belgilangan:

doimiy faoliyat ko'rsatuvchi hakamlik sudlari hisobini ro'yxatdan o'tkazish hamda muvaqqat hakamlik sudlarini hisobga olish;

xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslarni hisob ro'yxatiga olish;

nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari bo'lgan xodimlarini, shuningdek, ularning oila a'zolarini akkreditatsiya qilish;

nodavlat notijorat tashkilotlarining ramziy belgilarini davlat ro'yxatidan o'tkazish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Davlat_xizmatlari

🔰 Qonunchilikka ko'ra,Davlat xizmatlari markazlari va YAgona interaktiv davlat xizmatlari portal (my.gov.uz) orqali "doimiy yashash joyida ro'yxatdan o'tib yashovchilar to'g'risida ma'lumotnoma olish va uni to'g'rilash" kabi davlat xizmatini ko'rsatish yo'lga qo'yilgan.

🚫 Uyingizda kimlar ro'yxatda turganini bilish uchun tegishli tashkilotga vaqt yo'qotib va ovora bo'lib borish shart emas.

Buning uchun, my.gov.uz saytiga kirib, "SHaxsiy kabinet"ga o'tish va "Fuqarolik" bo'limini tanlash, so'ng “Doimiy yashash joyida yashovchilar ro'yxatini to'g'rilatish uchun so'rov yuborish” tugmasini bosish kerak.

🌐Agar xonadoningizda notanish shaxslar ro'yxatga olinganini aniqlasangiz, shu joyning o'zidayoq o'chirishga elektron murojaat yuborishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

📎Face-ID orqali hujjatlarsiz
davlat xizmatlaridan foydalaning!

Adliya vazirligi barcha davlat xizmatlari markazlarida yuz qiyofasi orqali shaxsni avtomatik aniqlash tizimini yo‘lga qo‘ydi!

Hujjat ko‘rsatishga hojat yo‘q! Barcha kerakli ma'lumotlar avtomatik tarzda aniqlanadi!

💡Tezkor va qulay! Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada yengil va tezkor bo‘ladi!

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Davlat_xizmatlari

Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro'yxatidan o'tkazish (new.birdarcha.uz) tizimida yangi “Mening biznesim” moduli joriy etildi.

🔰Ushbu modul orqali tadbirkorlar o'z bizneslariga doir bir qator muhim ma'lumotlarni bir joyda olishlari mumkin:

tadbirkorlik subyektlarining umumiy ma'lumotlari;
soliq hisobotlari va ma'lumotlari;
lisenziya va intellektual mulk ma'lumotlari;
ko'chmas mulk ma'lumotlari;
bandlik va YHXX ma'lumotlari;
taqiqlar va IT park ma'lumotlari;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma'lumotlari;
qimmatli qog'ozlarning markaziy depozitariysi ma'lumotlari.

❗️Yangi imkoniyatlar yordamida biznesingizni rivojlantirish uchun zarur bo'lgan barcha ma'lumotlarga tezda ega bo'ling!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

Davlat xizmatlari markazi binolarida toʻlovlarni qabul qilish bank kassalari, toʻlovlarni qabul qilishga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari va pochta kassalari tomonidan hamda toʻlov kiosklari orqali amalga oshirilmoqda.

❗️Maʼlumot oʻrnida, davlat xizmatlari markazi xodimlari toʻlovlarni qabul qilish vakolatiga ega emas.

Oʻz navbatida, toʻlovlarni tez va oson amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovni amalga oshirishda invoysdagi raqamlarni bittalab terib oʻtirish yoki “kassa”da navbat kutishga hojat yoʻq.

📎Buning uchun ommabop toʻlov tizimlarida invoysdagi “QR-code”ni skaner qilib, toʻlovni osongina amalga oshiring.

🖥 Mazkur imkoniyatdan hozircha “Payme”, “Click”, “U-pay” toʻlov tizimlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya