Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.47K subscribers
11.3K photos
1.25K videos
59 files
9.78K links
👉 Ushbu kanalda sizga siyosiy, huquqiy va boshqa mavzularda yangiliklar berilib boriladi.

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
#Adliya_xabari #Adliya_yoshlar

Viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi B.Avazov hamda Termiz davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi U.Devonov ishtirokida yoshlar bilan davra suhbati tashkil etildi.

Shuningdek, tadbir davomida yoshlar o‘rtasida mafkuraviy immunitet, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik tuyg‘ularini shakllantirish, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishning oldini olishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.


Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Adliya_xabari

⚡️Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi adliya idoralarining so‘nggi 3 yil davomidagi faoliyati sarhisob qilindi.

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi adliya organlari va muassasalarining o'tgan 3 yil davomidagi faoliyati, jumladan, amalga oshirilgan ishlar ijrosi, tizimda erishilgan yutuqlar barobarida xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar  keng muhokama qilindi.

Tanqidiy ruhda o'tgan yig'ilishda yo‘l qo‘yilgan sustkashliklarga barham berish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev “Situatsion markaz” faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan “Situatsion markaz” faoliyati bilan tanishdi.

Situatsion markaz orqali Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlaridagi xizmat ko'rsatish jarayonini real vaqt rejimida kuzatish, elektron murojaatlar hamda axborot tizimlar holati bo‘yicha monitoring qilish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, Markazda aholiga tezkor va sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish ahvoli nazorat qilib boriladi. Bu esa, albatta, tizim xodimlarining mehnat samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
#Adliya_xabari #targibot_poyezdi

“Targʻibot poyezdi” loyihasi ishtirokchilari Surxondaryo viloyat yuridik texnikumida


“Targʻibot poyezdi” loyihasi ishtirokchilari tomonidan Termiz shahridagi viloyat yuridik texnikumi talabalari uchun targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirilib, qiziqarli viktorinalar o‘tkazilib, ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati aks ettirilgan flayerlar hamda Yangi tahrirdagi Konstitutsiya kitoblari tarqatildi.

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Vaqtingizni va naqdingizni tejang!

Angor tuman adliya bo'limi binosida elektromobillar uchun quvvatlash stansiyasi ishga tushirildi.

Endi Sizga davlat xizmatlari ko'rsatilishi bilan bir vaqtda siz elektromobilingizni qulay tariflarda quvvatlab olishingiz mumkin.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Adliya_xabari

Mahallalar huquqiy muammolardan holi hududga aylanmoqda


Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan "Huquqiy mahalla" loyihasi doirasida uyma-uy yurgan holda aholining huquqiy muammolari o‘rganilmoqda.

Xususan, tuman adliya bo‘limi xodimlari "Mahalla yettiligi" bilan uchrashib ularga ijtimoiy yordam va subsidiyalar aholining kambag‘allikdan chiqishini ta’minlashi kerakligi hamda qarorlar qabul qilinishida ochiqlik, haqqoniylik, ijtimoiy adolat va shaffoflik tamoyillariga rioya qilinishi lozimligini ta'kidladi.

Shuningdek, mahallada fuqarolarga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatilib, ularning muammolari joyida hal etildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasining o‘tgan 3 yil davomida olib borgan faoliyati hamda, topshiriqlar ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev rahbarligida olib borilgan o‘rganish ishlarining yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Batafsil videolavhadan o‘rin olgan.

Kanalga
ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#adliya_xabari

Ma’lumki, Adliya vazirining “Adliya organlari tomonidan aholining huquqiy muammolarini hal etish tizimini tashkil etish hamda fuqarolarning qonunlarda mustahkamlanib qo‘yilgan huquq va qonuniy manfaatlarining ta’minlanishi holatini monitoring qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, buyruq ijrosini sifatli amalga oshirishni tashkil qilish maqsadida Adliya vazirligi boshqarma boshliqlari O‘.Nazarov va D.Umarovlar tomonidan tuman (shahar) adliya bo‘limlari xodimlariga o‘quv seminari tashkil etildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Adliya_xabari

Surxondaryo viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Surxondaryo viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining Jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning qonuniy vakillari uchun Sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

Mazkur sayyor qabulda, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Abdurasulov tomonidan qabulga kelgan 30 dan ortiq fuqarolarning murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. 10 ga yaqin murojaatlar o‘rganish muddat talab etganligi sababli ish yurituvga qabul qilinib alohida nazoratga olindi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Adliya_xabari

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasiga “Burger King Company LLC” AQSh kompaniyasi ishonchli vakilining ushbu kompaniyaga tegishli bo‘lgan “BURGER KING” tovar (xizmat ko‘rsatish) belgisidan (MGU 44937, 26428, 26429-son guvohnomalar) YaTT “Ch. J. M.” (nomi qisqartirilgan) tomonidan noqonuniy tarzda foydalanayotganligi haqida murojaati kelib tushgan.

Murojaatni o‘rganish davomida, YaTT “Ch. J. M.” “BURGER KING” belgisiga iste’molchilarni chalg‘itish darajasida o‘xshash bo‘lgan “KING BURGER” tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanib oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar bilan ta’minlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan huquqbuzarga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritilib huquqbuzarlik bartaraf etildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Adliya_xabari

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda AOKA viloyat boshqarmasi o‘rtasida Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida, viloyat adliya boshqarmasi hamda AOKA viloyat hududiy boshqarmasi o‘rtasida Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolashga kelishib olindi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Adliya_xabari

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasiga “XONSAROY GROUP” MChJ rahbari I.K.Nosirovning ushbu kompaniyaga tegishli bo‘lgan “Xon Saroy” xizmat ko‘rsatish belgisidan (MGU № 000108-sonli guvohnoma) “X-Sh-S” (nomi qisqartirilgan) xususiy korxonasi tomonidan noqonuniy tarzda foydalanayotganligi yuzasidan murojaati kelib tushgan.

Murojaatni o‘rganish davomida, “X-Sh-S” xususiy korxonasi “Xon Saroy” xizmat ko‘rsatish belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanib restoran va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan huquqbuzarga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritilib huquqbuzarlik bartaraf etildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Adliya_xabari

Bugun Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida Termiz shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas'ul xodimi ishtirokida Adliya organlari va muassasalari tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yichaamaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimi tomonidan adliya organlari va muassasalari xodimlari tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar holatlarda qanday harakat qilishlari yuzasidan amaliy tushuntirishlar berildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Mukammal kompaniya nomini
Milliynom.uz platformasi orqali tanlang

Savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlariga nom berishni takomillashtirish maqsadida “Milliynom.uz” platformasi yaratilgan. Mazkur platforma fuqarolar ayniqsa, yoshlar orasida yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirish, uning ijtimoiy mavqeyini mustahkamlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Mazkur platformada foydalanish yoshi chegaralanmagan bo‘lib, unda o‘zbek tilida yozishni biladigan barcha xohlovchilar diktant yozish yo‘li orqali imlo savodxonligi bo‘yicha o‘z bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari firma, xizmat ko‘rsatish obyektlarini nomlashda mazkur platformadan foydalanishingiz mumkin.

Platformaga ulanish:👇
https://www.milliynom.uz

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining "Matonat" filmi "Oltin Humo" mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Kuni kecha boʻlib oʻtgan "Oltin xumo – 2024" kinotaqdimotida "Matonat" filmi "Hakamlar hay’atining maxsus sovrini" bilan taqdirlandi.

"Oltin xumo" milliy mukofoti O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan 2019-yildan beri har yili gʻoliblarga taqdim etib kelinadi. Mukofot kino sohasidagi eng yorqin yutuqlarni taqdirlash va oʻzbek kinematografiyasidagi zamonaviy tendensiyalarga haqqoniy baho berish maqsadida ta’sis etilgan.

Ma’lumot uchun: "Matonat" hujjatli filmida denovlik nogironligi bor ayol Dilorom Yoʻldosheva haqida hikoya qilinadi.

Film 2024-yil 18-oktyabr kuni “Kino san’ati saroyi”da premyera qilindi. Filmda Adliya vazirligining "Madad" ijtimoiy-huquqiy loyihasi doirasida Dilorom Yoʻldoshevaning oddiy hunarmanddan tadbirkorga aylanish jarayonlari aks ettirilgan.

Film taqdimotidan soʻng Dilorom Yoʻldosheva BBCning 2024-yilda dunyoning ilhomlantiruvchi va ta’sirli 100 ayoli roʻyxatiga kiritildi.

2024-yil 13-dekabr kuni Dilorom Yo‘ldosheva O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan “Mardlik” ordeni bilan mukofotlandi.

📹 Filmni tomosha qilish: https://www.youtube.com/watch?v=oTCyEmyI1jo

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Ayrim notariuslar faoliyati 3 oyga to‘xtatildi


Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi Malaka komissiyasining majlis bayoniga asosan, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan:

Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar S.Safarov, H.Qarshiyev hamda E.Malixga berilgan xususiy notarial amaliyot bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati joriy yilning 26-dekabr kunidan 15 kun muddatga;

Xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Yulbarsov, F.Rustamovning litsenziyasini amal qilishi 2024-yil 26-dekabr kunidan 3 oy muddatga to‘xtatildi.

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.iss.one/surxondaryoadliya