⭕️ #Taqdimot
Joriy yilning 28-oktabr kuni Qarshi davlat universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi Ramis Karimov Қарши шаҳрида жойлашган “Америка бурчаги”да taqdimot o'tkazdi. Uchrashuvda yosh-talaba Ramis Karimov kiber xavfsizligi, uning turlari, viruslar, hamda elektron dasturlarda ma'lumotlarni, pulni, fayllarni kiber aldovlardan saqlash mumkinligi haqida so'z yuritdi. Taqdimot ingliz tilda o'tkazilib, ishtirokchilar uchun foydali bo'ldi. Tadbirda Fulbrayt dasturi bo‘yicha O‘zbekistonga kelib, bevosita Qashqadaryoda faoliyat yuritayotgan AQShlik o‘qituvchilar ham qatnashdi.
👉@qarduuz 👈

#ansambl #taqdimot
⚡️ Qarshi davlat universitetida talabalar maqom ansambli tashkil etildi
Milliy maqom san’ati betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an’analari bilan ma’naviy hayotimizda muhim o‘rin tutadi. Maqom musiqa, she’riyat hamda raqs san’atlarini mujassamlashtiruvchi mushtarak badiiy durdonadir. Shu bois necha asrdirki, maqom bebaho madaniy meros sifatida ardoqlanib kelinmoqda.
Qarshi davlat universitetida "Mumtoz navolar" talabalar maqom ansambli tashkil qilindi. Ansambl tarkibi 25 nafar iqtidorli talabalardan iborat bo‘lib, jamoaga badiiy rahbar sifatida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Oygul Xalilova taklif qilindi. Yosh maqomchilarning ilk taqdimot marosimida “Savti kalon”, “Qashqarchai savti kalon”, “Soqinomai savti kalon” rost maqomlari, Navoiy, Bobur, Ogahiy, Muqimiy g‘azallari bilan aytiladigan qo‘shiqlar ijrosi muxlisu mutaxassislar e’tirofiga sabab bo‘ldi.
O‘zbek milliy maqom san’atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish maqsadida faoliyat boshlagan "Mumtoz navolar" talabalar maqom ansambli kelgusida yosh avlod qalbida san’atga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirishda o‘zining munosib hissasini qo‘shadi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
✅ Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15
#taqdimot
Qarshi davlat universiteti Filologiya fakultetida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira “Milliy standart” jurnalining bosh muharriri Zilola Xo‘janiyozovaning “Aksioma”, “Sog‘inch shivirlari” hamda “Hulvo” nomli kitoblarining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Salim Ashur, shoir Eshqobil Shukur, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rahbari Lola Saodatova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari G‘ulom Abdiyev, shoira Farog‘at Ashurova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, universitet professori Boynazar Yo‘ldoshev, Filologiya fakulteti dekani Gulnoza Ernazarova hamda fakultetning professor-o‘qituvchilari, ijodkor talabalari ishtirok etdi.
Ijodiy tadbirda so‘z olganlar shoiraning serqirra ijodi, taqdim etilyotgan yangi kitoblarning o‘ziga xos jihatlari haqida to‘xtaldi. Ushbu kitoblar mushtariylarning ko‘ngil mulkiga aylanajakligini e’tirof etishdi. Tadbir yakunida muallif Zilola Xo‘janiyozova barchaga minnatdorchilik bildirib, yangi kitoblar jamlanmasini universitet kutubxonasiga sovg‘a qildi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

👍8🔥1👏1
#yangi_nashr
#taqdimot
⚡️ Turkiyada nashr etilgan "ALİ ŞİR NEVÂYÎ'NİN BEDİİ TEFEKKÜRÜ" nomli monografiyaninng taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Bugun 23-noyabr kuni Qarshi davlat universitetida professor, filologiya fanlari doktori Nafas Shodmonovning Turkiyada nashr etilgan "ALİ ŞİR NEVÂYÎ'NİN BEDİİ TEFEKKÜRÜ" nomli monografiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qarshi davlat universiteti rahbariyati va professorlari, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zolari, shuningdek, Turkiya OTMlarining navoiyshunos olimlari, shuningdek, bir guruh ijodkorlar hamda talaba-yoshlar qatnashdilar.
Taqdimotda Qarshi davlat universiteti professorlari G.Ernazarova, G.Imomova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari Jumaqul Qurbonov va shoir O‘roz Haydar so‘zga shiqib, kitobning navoiyshunoslik va ijtimoiy hayotimizdagi ahamiyatini ta'kidladilar. Xususan, Turkiyaning Karabuk davlat universiteti dotsenti, mazkur monografiyaning tarjimoni Saidbek Boltaboyev bevosita tadbirda ishtirok etib, monografiyaning Turkiyalik olimlar tomonidan ijobiy baholangani haqida mulohazalarini bildirdi.
Qolaversa, Saidbek Boltaboyev tadbirda onlayn ishtirok etgan turk navoiyshunoslari - professor Tanju Seyhan (Mimar Sinan universiteti), professor Funda Toprak (Anqara Yildirim Boyazid universiteti), professor Akartürk Karahan (Anqara Yildirim Boyazid universiteti), doktorant tadqiqotchi Meryem Cemile Aslan (Anqara universiteti) kabi olimlarning ma'ruzalarini o‘zbek tiliga tarjima qilib berdi. Turk olimlarining ma'ruzalarida Nafas Shodmonovning mazkur monografiyasi Turkiyadagi navoiyshunoslik fani, sohasidagi katta bo‘shliqni to‘ldirishda jiddiy qadam bo‘lganini e'tirof qildilar.
Ular O‘zbekistonga tashrif buyurishganda, albatta, Nafas Shodmonov bilan uchrashib, istiqbolda ham bu borada aloqalarni davom ettirish niyatida ekanliklarini bildirdilar. Tadbir davomida Navoiy g‘azallari bilan kuylangan mumtoz qo‘shiqlar barchani xushnud etdi.

👍10👏1
#kitobxonlik_haftaligi_2024
#taqdimot
📚 25-aprel kuni S.Nasafiy nomidagi Qashqadaryo viloyat axborot-kutubxona markazida “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkaziladigan IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida Filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi Shohruh Karimovning “Hayot daftari” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🎉5👍1🔥1
#taqdimot
📖 “Javohirot” kitobxonlar qo‘lida
26-aprel kuni viloyat musiqali drama teatrida filologiya fanlari doktori, professor Nafas Shodmonovning “Javohirot” deb nomlangan yangi kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda tarixchilar, adabiyotshunos olimlar, soha mutaxassislari, badiiy so‘z ixlosmandlari, yoshlar va OAV vakillari ishtirok etdi. Taqdimotni Respublika Manaviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rahbari Komila Karomova kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z so‘zida mazkur nashrning bugungi kundagi ahamiyati, uning yosh avlod ma’naviyati va ma’rifatiga ijobiy ta’siri haqida to‘xtaldi.
Shundan so‘ng, falsafa fanlari doktori, professor Sanjar Choriyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, tibbiyot fanlari nomzodi Qilich Nurmuxammad, filologiya fanlari doktori Shahobiddin Nuriddinov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Muyassar Tilovova “Javohirot”dan o‘rin olgan asarlar talqini, muallifning g‘oyaviy niyati xususida fikr-mulohazalarini bildirdilar.
“Javohirot” kitobidan o‘rin olgan “Abu Rayhon Beruniy” hamda “Abu Muin Nasafiy” nomli ikki drama jahonshumul ahamiyatga molik shaxslar hayotiga doir epizodlarni badiiy jilvalantirishi bilan o‘ziga xosdir. Kitob Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi tomonidan nashrga tayyorlanib, Toshkent shahridagi “Adabiyot” nashriyotida 1000 nusxada chop etildi. Tadbir doirasida kitobdan o‘rin olgan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Valixon Umarov tomonidan sahnalashtirilgan “Abu Muin Nasafiy” spektakli ham namoyish etildi.

👍5🔥2🎉1
#premyera #taqdimot
Xabar berilganidek, bugun universitetda "Mutolaa" loyihasi taqdimoti hamda "Qoʻrqma" hujjatli filmi premyerasi oʻtkazildi.
Joriy yilning 27-aprel kuni “Mutolaa” loyihasining keng ko‘lamli taqdimoti va “Qo‘rqma” filmi premyerasi bo’lib o’tdi.
Onlayn shaklda oʻtgan taqdimotda Qarshi davlat universiteti professor-oʻqituvchilari hamda talabalari ishtirok etdilar.

👍7👏1
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#taqdimot
⚡️ Qashqadaryoda ilk bor to‘liq nemis standartiga asoslangan kasbiy ta’lim tizimi joriy qilinadi
Qarshi davlat universitetida "Qashqadaryo viloyatida nemis standartiga asoslangan kasbiy ta’lim tizimni joriy etish" yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov, viloyat OTM rektorlari ishtirok etdi. Taqdimotda viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i O.Mavlonov ushbu yo‘nalishda Qashqadaryoda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha batafsil ma'lumot berdi.
Ma'lum qilinishicha, Germaniyaning Leypsik shahar Hunarmandchilik palatasi va Avestos kompaniyasi bilan hamkorlikda G‘uzor tuman va Shahrisabz shahar 1-son politexnikumlarida nemis ta’limi standartiga asoslangan kasbiy ta’lim tizimi joriy qilindi.
Loyiha doirasida 8 nafar o‘qituvchilar Metallar texnologiyasi hamda Bino va inshootlar qurilishi kasbi bo‘yicha Germaniyada malaka oshirdilar. Joriy yilning sentyabr oyida germaniyalik ekspertlar ta’lim muassasalariga tashrif buyurib, nemis ta’lim standarti asosida o‘qitishga ruxsat beruvchi guvohnomalarni topshirdilar.
Endilikda mazkur loyiha doirasida o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan politexnikum bitiruvchilariga Germaniya Hunarmandchilik palatasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplomlar beriladi.
Muloqotda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov mazkur istiqbolli loyihani yurtimizning barcha viloyatlarida joriy qilish lozimligini qayd etdi.

👍15👏3🎉1
#taqdimot
Xorijiy tillar fakulteti Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Aziza Zoirova, fransiyalik mutaxassis Lyusi Filip Rene xonim bilan birgalikda tili o‘rganilayotgan mamlakat tarixi, madaniyati va urf-odatlari bilan tanishtirish maksadida "La gastronomie française" mavzusida fransuz milliy taomlari tayyorlanishiga doir taqdimot o‘tkazish bilan bir qatorda jonli tarzda ajoyib kulinar master-klass ham namoyish etdilar. Bunda talabalar nafaqat fransuz gastronomiyasi sir-sanoatlarini nazariy jihatdan o‘rganishdi hamda tansiq taomlarni birgalikda amalda tayyorlanishini kuzatishdi.
Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt

Bizni kuzating
Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
🔥8👍5👏1
Forwarded from Edu.uz
#Mirziyoyev #taqdimot #oliytalim #ilmfan
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2025-yilda oliy ta’limda ilmiy salohiyatni 55 foizga chiqarish, xorijda 5 ming nafar pedagog malakasini oshirish rejalashtirilgan. Ilg‘or muhandislik maktablarini 25 taga yetkazib, sanoat korxonalari bilan loyihalar qiymatini 10 barobar oshirish maqsad qilingan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍7🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif #loyihalar #taqdimot
Davlatimiz rahbari imzolagan hujjatga ko‘ra, Aloqabank yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi tayanch “yoshlar banki”ga aylantirilib, yoshlarni tadbirkorlik loyihalarini qo’llab-quvvatlash maqsadida 200 million dollar ajratildi.
Ayni topshiriqlar ijrosi doirasida Aloqabank boshqaruvi raisi Irisbekova Kammuna Narinbayevna Qarshi davlat universitetida bo‘lib, viloyat hokimi o‘rinbosarlari hamda viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i bilan birga viloyatdagi yosh tadbirkorlar va startaplar loyihalarga ega yoshlarning taqdimotlari bilan tanishdi.
Shuningdek, loyihalarni tizimli amaliyotga tatbiq etish, viloyatda inkubatsiya markzalari faoliyatini tashkil qilish va yosh tadbirkorlarni qo'llab- quvvatlash bo'yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

👍13👏2