Qarshi davlat universiteti
10.3K subscribers
23.4K photos
1.66K videos
371 files
7.73K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#yangi_nashr
#taqdimot

⚡️Turkiyada nashr etilgan "ALİ ŞİR NEVÂYÎ'NİN BEDİİ TEFEKKÜRÜ" nomli monografiyaninng taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Bugun 23-noyabr kuni Qarshi davlat universitetida professor, filologiya fanlari doktori Nafas Shodmonovning Turkiyada nashr etilgan "ALİ ŞİR NEVÂYÎ'NİN BEDİİ TEFEKKÜRÜ" nomli monografiyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qarshi davlat universiteti rahbariyati va professorlari, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zolari, shuningdek, Turkiya OTMlarining navoiyshunos olimlari, shuningdek, bir guruh ijodkorlar hamda talaba-yoshlar qatnashdilar.

Taqdimotda Qarshi davlat universiteti professorlari G.Ernazarova, G.Imomova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari Jumaqul Qurbonov va shoir O‘roz Haydar so‘zga shiqib, kitobning navoiyshunoslik va ijtimoiy hayotimizdagi ahamiyatini ta'kidladilar. Xususan, Turkiyaning Karabuk davlat universiteti dotsenti, mazkur monografiyaning tarjimoni Saidbek Boltaboyev bevosita tadbirda ishtirok etib, monografiyaning Turkiyalik olimlar tomonidan ijobiy baholangani haqida mulohazalarini bildirdi.

Qolaversa, Saidbek Boltaboyev tadbirda onlayn ishtirok etgan turk navoiyshunoslari - professor Tanju Seyhan (Mimar Sinan universiteti), professor Funda Toprak (Anqara Yildirim Boyazid universiteti), professor Akartürk Karahan (Anqara Yildirim Boyazid universiteti), doktorant tadqiqotchi Meryem Cemile Aslan (Anqara universiteti) kabi olimlarning ma'ruzalarini o‘zbek tiliga tarjima qilib berdi. Turk olimlarining ma'ruzalarida Nafas Shodmonovning mazkur monografiyasi Turkiyadagi navoiyshunoslik fani, sohasidagi katta bo‘shliqni to‘ldirishda jiddiy qadam bo‘lganini e'tirof qildilar.

Ular O‘zbekistonga tashrif buyurishganda, albatta, Nafas Shodmonov bilan uchrashib, istiqbolda ham bu borada aloqalarni davom ettirish niyatida ekanliklarini bildirdilar. Tadbir davomida Navoiy g‘azallari bilan kuylangan mumtoz qo‘shiqlar barchani xushnud etdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👏1