Qarshi davlat universiteti
10.3K subscribers
23.4K photos
1.66K videos
370 files
7.73K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#ansambl #taqdimot

⚡️Qarshi davlat universitetida talabalar maqom ansambli tashkil etildi

Milliy maqom san’ati betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an’analari bilan ma’naviy hayotimizda muhim o‘rin tutadi. Maqom musiqa, she’riyat hamda raqs san’atlarini mujassamlashtiruvchi mushtarak badiiy durdonadir. Shu bois necha asrdirki, maqom bebaho madaniy meros sifatida ardoqlanib kelinmoqda.

Qarshi davlat universitetida "Mumtoz navolar" talabalar maqom ansambli tashkil qilindi. Ansambl tarkibi 25 nafar iqtidorli talabalardan iborat bo‘lib, jamoaga badiiy rahbar sifatida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Oygul Xalilova taklif qilindi. Yosh maqomchilarning ilk taqdimot marosimida “Savti kalon”, “Qashqarchai savti kalon”, “Soqinomai savti kalon” rost maqomlari, Navoiy, Bobur, Ogahiy, Muqimiy g‘azallari bilan aytiladigan qo‘shiqlar ijrosi muxlisu mutaxassislar e’tirofiga sabab bo‘ldi.

O‘zbek milliy maqom san’atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish maqsadida faoliyat boshlagan "Mumtoz navolar" talabalar maqom ansambli kelgusida yosh avlod qalbida san’atga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini kamol toptirishda o‘zining munosib hissasini qo‘shadi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15