#OtaOnalarYigʻilishi
⚡️ Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda hamkorlik muhim
Kimyo-biologiya fakultetida “Universitet–talaba–ota-ona” tamoyili asosida “Ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda uzviy hamkorlik” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Kuziyev, rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev, Registrator ofisi boshligʻi S.Rustamov, fakultet rahbariyati, professor-oʻqituvchilari, shuningdek, joriy o‘quv yilida 1-bosqichga qabul qilingan talabalarning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdilar.
Muloqot chog‘ida talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar, o'quv jarayonlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, talabalar turar joylari va ijarada yashovchi talabalar bilan uzviy aloqa, “Xavfsiz hudud – xavfsiz talaba” tamoyili doirasidagi ishlar hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, ota-onalar tomonidan ham mazkur masalalar yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.
Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt

Bizni kuzating
Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11🎉2
Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Bobokalonov Ramazon Rajabovich Qarshi davlat universiteti Filologiya fakultetida ilmiy-amaliy tashrif bilan bo‘lib, “Neyropsixolingvistika” va “Psixolingvistika” fanlari yuzasidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.
Mashg‘ulotlar talabalar, magistrantlar, doktorantlar hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi. Aytish o'rinliki, ushbu tashrif oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-akademik aloqalarni mustahkamlash va zamonaviy lingvistika yo‘nalishida kadrlar salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🎉1
Qarshi davlat universiteti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Z.Nazirov, Pedagogika fakulteti dekani I.Yuldoshev, o‘qituvchilar Z.To‘ymurodov va K.O‘roqov hamda Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yo‘nalishi talabalari “Shurtan gaz kimyo majmuasi” MChJga tanishuv sayohati bilan tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalar majmua muzeyi, neft-gaz sohasidagi ta’lim–ishlab chiqarish klasteri hamda muhim ishlab chiqarish bo‘linmalari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Jumladan, sanoat xavfsizligi, sog‘liqni saqlash, mehnat va atrof-muhit muhofazasi boshqarmasi, zamonaviy laboratoriyalar, boshqaruv markazi, polietilen ishlab chiqarish va qadoqlash sexlaridagi texnologik jarayonlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, korxonada tashkil etilgan Ilg‘or muhandislik maktabida favqulodda vaziyatlarda harakat qilish hamda zaharlanish holatlariga doir amaliy trening ham tashkil etildi.
Mazkur tanishuv sayohati talabalarning sanoat xavfsizligi, ishlab chiqarish jarayonlari va mehnat muhofazasiga oid amaliy bilimlarini boyitib, ularda katta qiziqish va ijobiy taassurot qoldirdi.
Bizni kuzating
Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🎉1🤩1
#dual_ta'lim
Qarshi davlat universiteti hamda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Qashqadaryo viloyat hududiy filiali o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga muvofiq, oliygohda dual ta’lim asosida amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.
Xususan, Sanoat muhandisligi kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Vardiyashvili tomonidan Muqobil energiya manbalari ta’lim yo‘nalishining 023-10-guruh talabalari uchun ixtisoslik fanlaridan mashg‘ulotlar dual ta’lim shaklida olib borilmoqda.
Mashg‘ulotlar jarayonida “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari” “Nimstansiya” hududiy filialining malakali mutaxassislari ishtirok etib, talabalarga elektr yuritmalar bilan ishlash, elektr energiyasidan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy bilim hamda ko‘nikmalarni shakllantirmoqda.
Mazkur hamkorlik talabalarning nazariy bilimlarini real ishlab chiqarish muhiti bilan uyg‘unlashtirish, ularning kasbiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

👍4🎉2
#TalabalikkaBagʻishlov
Qarshi davlat universiteti Tibbiyot fakultetiga qabul qilingan 1-bosqich talabalari uchun “Talabalikka bag‘ishlov” qasamyod tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Viloyat musiqali drama teatrida tashkil etilgan tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Kuziyev, Tibbiyot fakulteti dekani M.Alikulova, viloyat sog‘liqni saqlash sohasi vakillari, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar hamda talabalar ishtirok etdi.
Dastlab rektor tabrigi oʻqib eshittirildi. Tadbir davomida 1-bosqich talabalari tomonidan tibbiyot xodimlari qasamyodi qabul qilinib, iqtidorli talabalar va xorijiy talabalar ishtirokida sahna ko‘rinishlari, she’riy hamda musiqiy chiqishlar namoyish etildi. Faol talabalar va ota-onalar taqdirlandi. Tadbir yoshlarning tibbiyot kasbiga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish, kasbiy burch va axloqiy tamoyillarni mustahkamlashga xizmat qilganligi bilan ahamiyatli boʻldi.

🔥19🎉5👏4👍3🤩2