Qarshi davlat universiteti
10.3K subscribers
23.4K photos
1.66K videos
370 files
7.73K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#premyera
#LIVE

Ayni damda viloyat musiqali drama teatrida “Qaqnus” talabalar teatr studiyasi tomonidan navbatdagi ijodiy tuhfa - yangi spektakl tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinmoqda.

Premyeraga oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar va ularning yaqinlari tashrif buyurdi. Batafsil keyinroq...

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🤩1
#premyera #batafsil

⚡️Qaqnusdan yangi spektakl premyerasi

Bugun viloyat musiqali drama teatrida “Qaqnus” talabalar teatr studiyasi tomonidan navbatdagi ijodiy tuhfa - yangi spektakl tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi. Yangi asar premyerasiga Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar va ularning yaqinlari tashrif buyurdi. Taniqli ijodkor Nasrullo Qobilning “To‘da” dramasi asosida oliy toifali aktyor, rejissor Parda Nomdorov tomonidan sahnalashtirilgan spektakl zamonaviy yoshlar hayotida uchraydigan ayrim muammolarga bag‘ishlangan.

Xususan, Vatanga sodiqlik va uning taqdiri uchun daxldorlik hissini oshirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirish, ularni har xil zararli ta’sirlardan, “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi tahdid va xatarlardan asrash, bugungi kunda “Asr vabosi” hisoblangan giyohvandlik va uning oqibatlari bosh g‘oya sifatida ko‘rsatilgan.

Rejissor va yosh aktyorlar jamoasining mehnati tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Muvaffaqiyatli premyeradan so‘ng “Qaqnus” talabalar teatr studiyasi ijodiy rahbari, rejissor Parda Nomdorov va jamoa a'zolariga tashakkurnoma, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥2
Forwarded from Dilmurod Nabiyev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#premyera

Qarshi davlat universiteti “Qaqnus” talabalar teatr studiyasidan yangi spektakl namoyishi

“Qaqnus” talabalar teatr studiyasi tomonidan navbatdagi ijodiy tuhfa - yangi spektakl tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi. Taniqli ijodkor Nasrullo Qobilning “To‘da” dramasi asosida oliy toifali aktyor, rejissor Parda Nomdorov tomonidan sahnalashtirilgan spektakl zamonaviy yoshlar hayotida uchraydigan ayrim muammolarga bag‘ishlangan.

Rejissor va yosh aktyorlar jamoasining mehnati tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Muvaffaqiyatli premyeradan so‘ng jamoa a'zolariga tashakkurnoma, esdalik sovg‘alari topshirildi.

👉@rektor_qarshidu
👏16👍6🔥3🎉1
#yangi_spektakl #premyera

🎭“Qaqnus”dan navbatdagi benazir ijro!

Bugun viloyat musiqali drama teatrida Qarshi davlat universitetining “Qaqnus” talabalar teatr-studiyasi tomonidan namoyish etilgan “Manqurt” spektakli o‘zgacha voqea bo‘ldi. Atoqli adib Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romanidagi manqurt haqidagi afsona asosida rejissor Muzaffar Fayziyev tomonidan sahnalashtirilgan “Manqurt” spektaklining falsafiy yechimi, ramziy topilmalari bilan muxlisu mutaxassislarda ijobiy taassurot qoldirdi.

Sahna o‘rtasida moyjuvoz, yoshlik sururidan sarmast Jo‘lomon (Filologiya fakulteti talabasi Sardor Umarov) uni aylantirib, bor quvonchu shodligini to‘kib soladi. Onasi keltirgan taomni huzur bilan tanovul qilarkan, butun vujudida yigitlik shavqi, ehtirosi jo‘sh uradi. Daf’atan sahnadagi sokin muhit o‘rnini shovqin-suron, qiy-chuv egallaydi, qo‘lida arqon o‘ynatgan bir gala manqurtlar Jo‘lomonni ona bag‘ridan yulqib olib, o‘z saflariga tortadi. Nayman onaning ko‘zlariga dunyoi dun qorong‘i bo‘ladi, u har qancha faryod chekmasin, farzandini qutqarib qololmaydi.

Jafokash Nayman ona rolini Kimyo-biologiya fakulteti talabasi Barno To‘ymurodova ijro etdi. Ta'kidlash joiz, ushbu sahna asari orqali insonning xotirasi, o‘zligidan mahrum bo‘lishi naqadar dahshatli ekani, bu fojianing umuminsoniyatga daxldorligi ochib berildi. Spektakl yakunida “Qaqnus” talabalar teatr-studiyasi ijodiy rahbari P.Nomdorov, viloyat musiqali drama teatri aktyori O‘.Boyqobilov, ota-onalar, universitet o‘qituvchilari, talabalar so‘z olib, rejissor va yosh aktyorlarning ijro mahoratini alohida e’tirof etishdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥1👏1🎉1
#premyera

Bugun Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida “Abu Muin Nasafiy” spektakli premyerasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tarixiy asar Qarshi davlat universiteti professori, dramaturg Nafas Shodmonov qalamiga mansub boʻlib, rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Valixon Umarov tomonidan sahnalashtirildi.

Spektakl premyerasida Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar, viloyatning ziyoli vakillari, harbiylar va keng jamoatchilik ishtirok etdi. Spektakl tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish va olqishlar bilan qarshi olindi.

Aytish joiz, yoshlarni turli diniy-siyosiy oqimlarning buzg‘unchi g‘oyalaridan asrash, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda “Abu Muin Nasafiy” spektakli muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10👏8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#no_comment
#premyera

⚡️Abu Muin Nasafiy haqida ilk sahna asari

Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida Qarshi davlat universiteti professori Nafas Shodmonov dramasi asosida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, rejissyor Valixon Umarov tomonidan sahnalashtirilgan “Abu Muin Nasafiy” spektakli premyerasi bo‘lib o‘tdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
#premyera

📌Qaqnusdan yangi spektakl premyerasi

Bugun viloyat musiqali drama teatrida “Qaqnus” talabalar teatr studiyasi tomonidan navbatdagi ijodiy tuhfa tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi. Misrlik yozuvchi Mustafo al-Manfalutiyning "Jazo" asari asosida rejissor Muzaffar Fayziyev tomonidan "Hammayoq tinch" deb nomlangan yangi spektakl sahnalashtirildi. Premyeraga Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar va ularning yaqinlari tashrif buyurdi.

Loqayd va beg‘am insonlar uchun dunyo hamisha tinch va osudadek ko‘rinadi. Aslidachi? Aslida ham shundaymi? Yangi sahna asarining bosh g‘oyasi – o‘ziga xos ijro asnosida tomoshabinlarga to‘laqonli yetkazib berildi. Yakunda rejissor mahorati va yosh aktyorlar jamoasining mehnati tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

👉@qarduuz 👈
👍22🔥2👏2
#premyera #taqdimot

Xabar berilganidek, bugun universitetda "Mutolaa" loyihasi taqdimoti hamda "Qoʻrqma" hujjatli filmi premyerasi oʻtkazildi.

Joriy yilning 27-aprel kuni “Mutolaa” loyihasining keng ko‘lamli taqdimoti va “Qo‘rqma” filmi premyerasi bo’lib o’tdi.

Onlayn shaklda oʻtgan taqdimotda Qarshi davlat universiteti professor-oʻqituvchilari hamda talabalari ishtirok etdilar.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏1