Qarshi davlat universiteti
10.3K subscribers
23.4K photos
1.66K videos
370 files
7.73K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#premyera #batafsil

⚡️Qaqnusdan yangi spektakl premyerasi

Bugun viloyat musiqali drama teatrida “Qaqnus” talabalar teatr studiyasi tomonidan navbatdagi ijodiy tuhfa - yangi spektakl tomoshabinlar e’tiboriga havola qilindi. Yangi asar premyerasiga Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar va ularning yaqinlari tashrif buyurdi. Taniqli ijodkor Nasrullo Qobilning “To‘da” dramasi asosida oliy toifali aktyor, rejissor Parda Nomdorov tomonidan sahnalashtirilgan spektakl zamonaviy yoshlar hayotida uchraydigan ayrim muammolarga bag‘ishlangan.

Xususan, Vatanga sodiqlik va uning taqdiri uchun daxldorlik hissini oshirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirish, ularni har xil zararli ta’sirlardan, “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi tahdid va xatarlardan asrash, bugungi kunda “Asr vabosi” hisoblangan giyohvandlik va uning oqibatlari bosh g‘oya sifatida ko‘rsatilgan.

Rejissor va yosh aktyorlar jamoasining mehnati tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi. Muvaffaqiyatli premyeradan so‘ng “Qaqnus” talabalar teatr studiyasi ijodiy rahbari, rejissor Parda Nomdorov va jamoa a'zolariga tashakkurnoma, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥2
#seminar #batafsil

Joriy yilning 31-may — 1-iyun kunlari Qarshi davlat universitetida “Talabalar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning dolzarb masalalari” mavzusida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O‘.Abdullayev kirish so‘zi bilan boshlab berdi. Yalpi majlisda Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, professor S.Choriyevning “Zamonaviy yoshlarning ijtimoiy xususiyatlari”, Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari kafedrasi o‘qituvchisi, Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Z.Boymurodovning “Shaxs ma’naviy qiyofasi tushunchasi”, Ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi, dotsent G.Bekmurodovaning “Zamonaviy global tendensiyalar va ularning oqibatlari” va universitet profilaktika inspektori, kapitan M.Jabborovning “Ta’lim muassasasida jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlik profilaktikasini amalga oshirishda tyutorlarning vazifalari” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.

Seminarning ikkinchi kuni psixologik treninglar bilan davom etdi. Xususan, Psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan L.Beknazarova, A.Husanov va Sh.Tursunqulova tomonidan guruhlarga bo‘lingan holda olib borilgan treninglarda tyutorlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yuksaltirish, ijtimoiy moslashuv darajasini, notiqlik, o‘z fikrini o‘zgalarga o‘tkaza bilish qobiliyatini va munozara yuritish madaniyatini shakllantirishga asosiy e’tibor qaratildi. Yakunda ijobiy xulosalar shakllantirildi. Seminar qiziqarli, bahs-munozaralar va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Shuningdek, tyutorlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish hamda ularni psixologik bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirishga qaratilganligi bilan ham ahamiyatli bo'ldi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram 🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook 📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
Qarshi davlat universiteti
Photo
#anjuman #batafsil

Qarshi davlat universitetida Matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasi tomonidan joriy 2023-yilning 2-3 iyun kunlari "Analizning zamonaviy muammolari" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Unda xorijdan yetakchi olimlar, yurtimiz oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlarining professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari, yosh tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar ishtirok etdi.

Anjumanni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor N.Xolmirzaev hamda O‘zRFA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori, O‘zbekiston FA akademigi Sh.Ayupov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Yalpi majlisda Novosibirsk davlat universitetidan professor A.Tersenov, RFA Sibir bo‘limi MGITIdan professor X.Imomnazarov, O‘zbekiston Milliy universitetidan professor B.Omirov hamda B.Islomov, O‘zbekiston RFA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti professorlari U.Roziqov hamda U.Jamilov o‘zlarining ma'ruzalari bilan qatnashishdi. So‘ngra konferensiya sho‘balarga bo‘lingan holda olib borildi. Yakunda tajribalar o‘rtoqlashilib, mavzu doirasida zarur xulosalar shakllantirildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
#yoshlar_oyligi                               
#discoshou #batafsil

Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab "Yoshlar oyligi" munosabati bilan qator ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, bugun Qarshi davlat universitetida ham "Talabalar oqshomi" nomi ostida ko‘ngilochar dam olish dasturi o‘tkazildi.

Yuzlab talabalar va universitetga yondosh mahallalar ahli yoqimli qo‘shiqlar, pozitiv lahzalar hukmron musiqiy dasturga guvoh bo‘lishdi. Tadbirga tashrif buyurgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisi T.Poyonov mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlar haqida gapirib, yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat tiladi. Tadbir barchaga shodlik va quvonch bag‘ishladi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18
#Sizga_ta'zim_ustozlar
#batafsil

⚡️QarDUda “1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni”ga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Xabar berilganidek, “1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Qarshi davlat universitetining yangidan qad rostlagan Yoshlar markazida "Sizga ta'zim ustozlar" mavzusida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirga professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar taklif etildi. Bayramona tabriklarda oliy ta’lim muassasasida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni yuksaltirishdagi yuksak islohotlar haqida so‘z yuritilib, bayram bilan qizgʻin muborakbod etildi.

Tadbir davomida yoshlarga ilm-fan sirlarini o‘rgatib kelayotgan professor-oʻqituvchilar universitet rektori D.Nabiyevning tashakkurnomasi hamda qimmatbaho esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar. Bayram tadbiri kuy-qo‘shiqlar va unutilmas raqslar hamohangligida davom etdi. Xususan, viloyat milliy san’atining taniqli vakillaridan U.Quvvatov, O.Xalilova, yosh xonandalar O‘.Avliyoqulov, R.Serobovning dilbar qo‘shiqlari tadbir qatnashchilari dilini xushnud qilib, bayram shukuhini bagʻishladi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥1
#motivatsion_uchrashuv
#batafsil

⚡️Muvaffaqiyatli biznes bu – vaqt va resurslardan oqilona foydalanish demakdir

Xabar berilganidek, bugun Qarshi davlat universitetida M-Faktor loyihasi asoschisi, taniqli tadbirkor Hasan Mamasaidov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda oliygoh professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Biznesda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlardan tavsiya va maslahatlar olish tadbirkorlikka qadam qo‘yishni reja qilayotgan yoshlar uchun o‘ziga xos rag‘bat hamda maktab vazifasini o‘taydi.

Muloqot avvalida ma’ruzachi har qanday sohada yutuqqa erishish uchun avvalo, kuchli bilimga ega bo‘lish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, liderlik, tavakkal qilishni bilish, mustaqil, ishontira oluvchi, muzokara olib borish qobiliyati, kreativ, qo‘llab-quvvatlash kabi xislat va ko‘nikmalar tadbirkorlikning eng muhim omili ekanligini amaliy misollar orqali ifoda etdi.

O‘zining boy hayotiy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Samimiy suhbat davomida H.Mamasaidov M-Faktor loyihasi va uning maqsadi haqida batafsil ma'lumot berdi. Tadbir yakunida yoshlar biznes sohasi bilan bog‘liq savollar bilan ma'ruzachiga yuzlanishdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥1👏1🎉1🤩1
Qarshi davlat universiteti
#xalqaro_anjuman 📺📺 Ayni paytda Qarshi davlat universitetida Fizika fakulteti tomonidan “Mikro va nanotexnologiya, yangi materiallar olishning zamonaviy holati va istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Anjumanni universitetning Ilmiy…
#xalqaro_anjuman #batafsil

Qarshi davlat universitetida “Mikro va nanotexnologiya, yangi materiallar olishning zamonaviy holati va istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjumanning oldida turgan eng muhim vazifa mikro va nanotexnologiya, elektronika va energetika sohasida qo‘llanilanidigan materiallar va ularni olish, turli metodlar yordamida fizikaviy xossa va xususiyatlarini o‘rganish hamda hukumatimizning ilm-fanni rivojlantirish sohasidagi qarorlari va buyruqlarii hayotga tatbiq etish, fizika fanining rivojlanishi to‘g‘risida taniqli fizik olimlarning fikrlarini umumlashtirish, ilm-fanga layoqatli yoshlarni kashf etish, ularda ilm-fan va texnologiyalarga rag‘batni kuchaytirishdan iboratdir.

Anjumanda Pyotr Velikiy nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti professori Vadim Vasilevich Korablev hozirgi kunda eng dolzarb energetika muammosi haqida ma’ruza qildi. Vodoroddan energiya ajratib olish, energiyani saqlashning texnologik jarayonlari va yechimi haqidagi fikrlari konferensiya ishtirokchilarida katta qiziqish uyg’otdi. Pyotr Velikiy nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti Elektronika va telekommunikatsiyalar instituti professori Jurixina Valentina Vladimirovna “Plazmonli nanozarralar asosidagi sensorlar”, Rossiya texnologiya universiteti “Almaznaya SVCH-elektronika” laboratoriyasi mudiri Andrey Aleksandrovich Altuxov (Moskva) “Almaz monokristallarining elektronikada qo’llanilishi haqida”, Ozarbayjon Radiatsiya muammolari instituti professori Gunel Imanova “NanoZrO2 Gamma-nurlanish ta'sirida Nano-ZrO2 sirtidan suvni ajratish jarayonlarining mexanizmi va kinetikasi” mavzularida qilgan ma’ruzalari konferensiya qatnashchilari tomonidan yuqori baholandi. O’z RFA akademigi, O’zbekiston milliy universiteti Fizika fakulteti professori A.Mamadalimov “Tabiiy yarimo’tkazgichlar”, Andijon davlat univeristeti professori, akademik S.Zaynobiddinov “Si, Ge va GaAs asosida kvant o‘lchamli nanobektlarga ega bo‘lgan tuzilmalarning shakllanish mexanizmlari” mavzularida ma’ruza qilib, respublikamizda fizika sohasida olib borilayotgan eng yaxshi tadqiqotlar, yangiliklar haqida ma’lumotlar berishdi.

Toshkent davlat texnika universiteti professori B.Umirzakov, Samarqand davlat universiteti professori A.Jumaboyev, Jizzax politexnika instituti professori A.Sattorov hozirgi zamonaviy fizikaning dolzarb muammolari haqida o’zlarining eng so’ngi ilmiy tadqiqot ishlari, yutuqlari haqida ma’ruza qilishdi. Anjumanda, shuningdek, U.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Samarqand davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti va boshqa bir qator oliy ta’lim muassasalarining yetuk olimlari hamda tadqiqotchilari ishtirok etishdi. Konferensiya yakunida olimlar tomonidan hozirgi kunda eng dolzarb, rivojlanish istiqboliga ega yo’nalishlar belgilab olindi. Kelajakda bu sohalarda hamkorlikni kuchaytirish, OTMlar orasida integratsiyani kuchaytirish orqali mavjud moddiy-texnik bazadan birgalikda foydalanish, fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yo’lga qo’yish, Ilmiy tadqiqotlardan olingan natijalarni tijoratlashtirishni yo’lga qo’yish kabi vazifalar belgilab olindi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
#kurash #musobaqa
#batafsil

⚡️Kurash bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Xabar berilganidek, bugun Qarshi davlat universiteti talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlab milliy kurash sport turi bo‘yicha universitet birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada fakultetlardan saralangan yuzdan oshiq yosh kurashchilar 6 ta vazn ( 60 kg, 66 kg, 73 kg, 81 kg, 90 kg, +90 kg) toifasida g‘oliblik uchun gilamga chiqdi.

Musobaqa avvalida so‘z o‘lgan rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev davlatimiz rahbari tomonidan sportga berilayotgan e'tibor haqida gapirib, barcha kurashchilarga omad tiladi.

Yig‘ilganlar olqishi va qo‘llab-quvvatlashi ostida o‘tgan musobaqada quyidagi natijalar qayd etildi:

(60 kg)
1⃣ - o'rin Sport fakulteti talabasi Omadjon Boyqulov;
2⃣ - Sport fakulteti talabasi Quvonchbek Ro'zimurodov;
3⃣ - Sport fakulteti talabasi Firdavs Xoliqov;
3⃣ - Fizika fakulteti talabasi Abror Abdullayev.

(66 kg)
1⃣ - o'rin Sport fakulteti talabasi Bobur Tuxliyev;
2⃣ - o‘rin Sport fakulteti talabasi Ahror Himmatov;
3⃣ - o'rin Sport fakulteti talabasi Ziyomiddin To‘rayev;
3⃣ - o'rin Sport fakulteti talabasi Azizbek Eshmatov.

(73 kg)
1⃣ - o'rin Sport fakulteti talabasi Shohruh Raupov;
2⃣ - o'rin Sport fakulteti talabasi Mehroj Homidov;
3⃣ - o'rin Sport fakulteti talabasi Rufat Rahmatullayev;
3⃣ - o'rin Sport fakulteti talabasi Akobir Ochilov.

(81 kg)
1⃣ - o'rin Sport fakulteti talabasi Abror Qulmahmatov;
2⃣ - Sport fakulteti talabasi O‘tkir Omonov;
3⃣ - o'rin San'atshunoslik fakulteti talabasi Nasimjon To'raqulov;
3⃣ - o‘rin Sport fakulteti talabasi Nuriddin G'ulomov.

(90 kg)
1⃣ - o‘rin Sport fakulteti talabasi Boburjon Normurodov;
2⃣ - o‘rin Sport fakulteti talabasi Otajon Jalilov;
3⃣ - o‘rin Xalqaro qo‘shma ta'lim dasturlari fakulteti talabasi Azizbek Omonjonov;
3⃣ - o‘rin Sport fakulteti talabasi Feruz Norqulov.

(+90 kg)
1⃣ - o'rin Sport fakulteti talabasi Olimjon Uralov;
2⃣ - o'rin Sport fakulteti talabasi Komronbek Hamidov;
3⃣ - o'rin Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti talabasi Og‘abek Hamidullayev;
3⃣ - o'rin Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti talabasi Farrux Omonov.

Musobaqa yakunida har bir vazn toifasida muvaffaqiyat qozongan g‘olib va sovrindorlar medal, darajali diplom, qimmatbaho esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

👉@qarduuz 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
#o'quv_seminar #batafsil

⚡️“Guruh murabbiylari uchun ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishning ustuvor vazifalari” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 24-26-yanvar kunlari universitetning barcha fakultetlarida “Guruh murabbiylari uchun ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishning ustuvor vazifalari” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi. Xabar berilganidek, seminarlarda Falsafa va sotsiologiya kafedrasi mudiri, professor S.Choriyev, kafedra dotsenti A.Shaymanova, Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari kafedrasi dotsenti Z.Boymurodovning “Davlatimiz rahbarining 2023-yil 22-dekabrda Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida so‘zlagan nutqining mazmun-mohiyati” va “Ta’lim muassasalaridagi ma’naviy tarbiyani optimallashtirish vazifalari” mavzularida ma’ruzalari tinglandi.

Bugungi kunda universitetda tahsil olayotgan talaba-yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish, xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, professor-o‘qituvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish, universitetni jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish maqsadida rahbariyat tashabbusi bilan kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan akademik guruhlarga guruh murabbiylari biriktirish amaliyoti joriy etildi.

Ayni maqsadda universitet rektorining joriy yil 16-yanvardagi tegishli buyrug‘i bilan barcha fakultetlarda mavjud 460 ta akademik guruhlarga tegishli malaka talablariga javob beradigan, yoshlar bilan ishlash tajribasiga va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar guruh murabbiyi sifatida biriktirildi. Tadbirlarda guruh murabbiylarining asosiy vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Yakunda mavzuga oid bir qator fikr-mulohazalar almashilib, o‘zaro savol-javoblar o‘tkazildi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥1👏1
#harbiy_sport_o‘yinlari
#batafsil


⚡️“Qalqon” jamoalarini bir manzilda jamlagan musobaqa

Bugun Qarshi davlat universitetida viloyat oliy ta’lim muassasalarining "Qalqon" jamoatchilik guruhlari o‘rtasida ilk bora "Vatan himoyasi-muqaddas burch" shiori ostida harbiy sport o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida so‘z olganlar musobaqaning ahamiyati haqida gapirib, jamoalarga omad tilashdi. Universitet tashabbusi bilan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, do‘stona muhit yaratish va o‘zaro tajriba almashish maqsadida tashkil qilingan musobaqada ishtirokchi jamoalar to‘ldirma to‘p uloqtirish, turnikka tortilish, arqon tortish va tosh ko‘tarish kabi shartlari bo‘yicha bellashishdi. Har bir shart bo‘yicha bahslar qizg‘in tusda o‘tib, qatnashchilar jamoaviy va yakka tartibda o‘z jismoniy imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Arqon tortish
🥇Qarshi davlat universiteti
🥈Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
🥉Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalari instituti

Turnikka tortilish
🥇Abbos Mamatmo'mimov - Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti Shahrisabz filiali
🥈Dilbek Rahmatullayev - Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti Shahrisabz filiali
🥈Muhriddin To'rayev – Shahrisabz davlat pedagogika instituti
🥉Malik Rizoqulov - Shahrisabz davlat pedagogika instituti

To'ldirma to'p uloqtirish
🥇Doniyor Ahmedov - Qarshi davlat universiteti
🥈Bunyod Ilhomov - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
🥉Akbar Ravshanov - Qarshi davlat universiteti

Tosh ko'tarish
🥇Muhammadi Sattorov - Shahrisabz davlat pedagogika instituti
🥈Olim Uralov - Qarshi davlat universiteti
🥉Jasur Tursunov - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

G‘olib va sovrindorlar darajali diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ma’lumot o‘rnida, 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va qator vazirliklarning qo‘shma qaroriga ko‘ra, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha turdagi oliy ta’lim muassasalarida “Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

👉@qarduuz 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
#musobaqa #batafsil

🥋Kurash bo‘yicha oliygoh birinchiligi o‘tkazildi

Xabar berilganidek, bugun Qarshi davlat universitetida Navro'z umumxalq bayramiga bag‘ishlab, o'g'il bolalar o'rtasida 6 ta vazn (60 kg, 66 kg, 73 kg, 81 kg, 90 kg, +90 kg), qizlar o'rtasida esa mutloq vazn toifalarida milliy kurash sport turi bo‘yicha oliygoh birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab so‘z olganlar mazkur musobaqaning ahamiyati haqida gapirib, ishtirokchilarga omad tilashdi. Universitet birinchiligida barcha vazn toifalari bo‘yicha yuz nafarga yaqin yoshlar g‘oliblik uchun gilamga chiqdi. Keskin kurashlarga boy o‘tgan musobaqa yakunida shohsupaning yuqori pog‘onasini zabt etgan g‘olib va sovrindorlar medal, darajali diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥2👏1
#batafsil

⚡️Festival: qadriyat, urf-odat, an’ana – millat ko‘zgusi

Bugun Qarshi shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bog‘ida Qarshi davlat universiteti tomonidan “Milliy qadriyatlar festivali” o‘tkazildi. Bunda yoshlarda milliy an’analarimiz, qadriyat va urf-odatlarimizga nisbatan hurmat, Vatanga sadoqat kabi olijanob tuyg‘ularni shakllantirish, ularni ”ommaviy madaniyat” xurujlaridan asrash, ularning ma’naviy barkamol shaxs sifatida jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlari uchun ko‘maklashish maqsadlari ko‘zlandi.

-Yoshlar faolligini ta’minlashning yana bir muhim yo‘nalishi ular ongida milliy urf-odat va an’analarni shakllantirishdir, - deydi Ma’naviy va ma’rifiy ishlarni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sherzod Akramov. – Mazkur festival yoshlarda milliy tariximiz ko‘zgusi bo‘lgan qadriyat va ana’nalarga hurmat ruhini uyg‘otishga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Festivalda universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari tomonidan milliy an’analar, qadriyat va urf-odatlar ko‘rgazma va madaniy dastur shaklida namoyish etildi. Jumladan, kelin salom, alla, milliy liboslar ko‘rgazmasi, o‘lan va laparlar, gilam to‘qish, urchuq yigirish, baxshichilik, tosh ko‘tarish, arqon tortish, zargarlik, chillak, qarab tep o‘yini (lanka), kurash, kulolchilik, maqom ansambli, orkestr jamoalari chiqishlari va rasmlar tanlovi milliy qadriyatlar sayliga tashrif buyurganlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15
#anjuman #batafsil

⚡️Amaliy matematikaning zamonaviy muammolari va istiqbollari

Xabar berilganidek, Qarshi davlat universitetida Amaliy matematika kafedrasi tomonidan joriy yilning 24-25-may kunlari “Amaliy matematikaning zamonaviy muammolari va istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Unda xorijdan yetakchi olimlar, yurtimiz oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlarining professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari, yosh tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar ishtirok etdi.

Konferensiyani Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor I.Bekpulatov hamda O’zbekiston Milliy universiteti professorlari M.Aripov, B.Shoimqulov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Yalpi majlisda Rossiya fanlar akademiyasi Sibir bo‘limi Hisoblash matematikasi va matematik geofizika instituti laboratoriyasi mudiri, professor X.Imomnazarov, O‘zbekiston Milliy universiteti professorlari R.Aloyev, N.Ignatev, Toshkent davlat transport universiteti professori X.Shadimetov o‘z ma'ruzalari bilan qatnashishdi. So‘ngra konferensiya sho‘balarga bo‘lingan holda olib borildi.

Konferensiyaning ikkinchi kunida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi professori A.Yuldashev, O’zbekiston Milliy universiteti professori M.Xakimov, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti professori U.Jamilovning ma’ruzalari tinglandi. Yakunda tajribalar o‘rtoqlashilib, mavzu doirasida zarur xulosalar shakllantirildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2024

⚡️Qarshi davlat universiteti kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazishga shay!


#batafsil videolavhada👆

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
#anjuman #batafsil

⚡️Muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish muammolari va yechimlari

Xabar berilganidek, Fizika fakulteti Sanoat muhandisligi kafedrasi tomonidan “Muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish muammolari va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik anjumani tashkil etildi. Anjumanda qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ikkilamchi energiya resurslarini mamlakat energetika balansiga jalb etish va undan unumli foydalanishning fundamental va amaliy dolzarb masalalariga qaratilgan bir qator muammolar muhokama qilindi. Konferensiyani Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori I.Bekpulatov kirish soʻzi bilan ochdi. U oʻz soʻzida anjumanning maqsadi, vazifalari va muqobil energetikaning mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan oʻrni toʻgʻrisida fikr bildirdi. Anjumanning plenar yig‘ilishda “Oʻzbekenergo” AJ “Ilmiy-texnika markazi” laboratoriya mudiri, akademik R.Zoxidov “Muqobil energiya manbalaridan foydalanishning hozirgi holati va istiqbollari” toʻgʻrisida ma'ruza qildi.

Shuningdek, Qarshi davlat universiteti professori M.Normurodov, OʻzR FA Fizika Texnika instituti professori M.Tursunov va OʻzR FA Fizika Texnika instituti professori, akademik. R.Mo‘minov anjuman dasturida belgilangan mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar. Anjumanda, shuningdek, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti professori B.Umirzaqovning “Ion implantasiyasining SdTe plyonkalari elektron strukturalari, emission va optik xususiyatlariga ta'siri” mavzusida, OOO “Solar designs” korxonasi direktori, professor N.Avezovaning “Qayta tiklanuvchi energetika: salohiyat, yutuqlar va oʻzaro manfaatli hamkorlik” mavzusida, Ozarbayjon Respublikasi Boku muhandislik instituti Sanoat muhandisligi kafedrasi professori Etibar Gaxramanovning “Ozarbayjonda muqobil energiya manbalari integrasiyasi muammolarini bartaraf etish va optimallashtirish” mavzusida, Fargʻona politexnika instituti professori A.Kasimaxunovaning “Fototermalar uchun yupqa plenkali termoelektrik va fotoelektrik oʻzgartgichlarning ayrim xususiyatlarining dastlabki tahlili” mavzusida, Qarshi muhadislik-iqtisodiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, professor G’.Uzoqovning “Oʻzbekistonda Biomassa va uglerod chiqindilari energiyasidan foydalanish istiqbollari” mavzularida ma'ruzalari tinglandi.

Konferensiya sho‘balarga bo‘lingan holda davom ettirildi. Anjuman mehmonlari universitetning geliopoligon maydoni va u yerda bunyod etilgan Muqobil energiya manbalaridan foydalanish laboratoriyasi bilan ham tanishdilar.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥1
#musobaqa #batafsil

Bugun Qarshi davlat universiteti Kurash sport zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan talaba yigit-qizlar o‘rtasida milliy kurash sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Unda o‘g‘il bolalar 6 ta, qizlar esa 3 ta vazn toifalarida g‘oliblik uchun gilamga chiqdilar. Har bir vazn toifasidagi kurashlar yig‘ilganlar olqishi ostida g‘oyatda qizg‘in va shiddatli kechdi.


Musobaqa yakunida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘z olganlar yurtimizda sportga qaratilayotgan e'tibor haqida gapirib, g‘oliblarni tabriklashdi. Shundan so‘ng shohsupaning yuqori pog‘onasini band etgan qatnashchilarga darajali diplom, milliy kurash liboslari topshirildi.

Musobaqa nizomiga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar tegishli ravishda 1 000 000 (bir million), 700 000 (yetti yuz ming) va 500 000 (besh yuz ming) so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#besh_tashabbus_olimpiadasi #batafsil

⚡️Qarshi shahri talabalar o‘rtasidagi ommaviy sport musobaqalariga mezbonlik qildi

10-13-dekabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Sport vazirliklari tashabbusi bilan Qarshi davlat universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Joriy yildagi musobaqalar Qarshi davlat universiteti va viloyatning boshqa oliy ta’lim muassasalari mezbonligida o‘tkazildi. To‘rt kun davom etgan musobaqalar ko‘plab iqtidor egalarini kashf etgani, jamoalarni yanada jipslashtirgani, yoshlar o‘rtasida hamjihatlik tuyg‘ularini, do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlagani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Bellashuvlar mini futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika, stritbol kabi sport turlari bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. Final bosqichida umumiy hisobda 574 nafar sportsevar talaba ishtirok etdi. Qarshi davlat universitetida tashkil etilgan taqdirlash marosimida barcha g‘olib va sovrindorlarga kubok, diplom va medallar tantanali topshirildi. Taqdirlash marosimida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Sport vazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi, viloyat hokimligi rahbar va mas’ul xodimlari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olganlar ushbu olimpiada jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlashdi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, yengil atletika bo‘yicha 1-o‘rin Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasiga nasib etdi. Yigitlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha 1-o‘rinni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Shahzod Toshtemirov qo‘lga kiritgan bo‘lsa, qizlar o‘rtasida Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi Shahrizoda Sharipovaga teng keladigan raqib topilmadi. Stritbol musobaqalari ham keskin bahs va munozaralarga boy tarzda o‘tib, yigitlar o‘rtasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi 1-o‘rinni, qizlar o‘rtasida esa Farg‘ona davlat universiteti jamoasi yuqori o‘rinni egalladi. Futbol bo‘yicha o‘tkazilgan o‘yinlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi o‘yinchilarining qo‘li baland keldi. Yigitlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan voleybol o‘yinlarida O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti jamoasi g‘olib bo‘ldi. Qizlar o‘rtasida esa Buxoro davlat universiteti voleybolchi qizlari ustunlikka erishdi. Mezbon Qarshi davlat universiteti talaba yigitlari mini-futbol bellashuvlarida kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan voleybol musobaqasida universitet jamoasi bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Qarshi davlat universiteti bu kabi yirik musobaqalarga ilk bora mezbonlik qilmoqda. Shu bois, ushbu musobaqa sharafiga universitetda “Ziyolilar bog‘i” ham barpo etildi. “Besh tashabbus olimpiadasi” respublika final bosqichi musobaqalari yakuniga bag‘ishlangan tantanali marosimga tashrif buyurgan yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ziyolilar bog‘i”ga ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etdi. Mehmonlar tomonidan oliygohning belgilangan hududida mahalliy iqlim sharoitiga mos mevali daraxt ko‘chatlari ekildi. Yaxshi niyatlar bilan barpo etilgan ushbu mo‘jaz bog‘ kelgusida oliy ta’lim muassasasi hududini yanada go‘zal va betakror yashil maskanga aylantirishi shubhasizdir.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#milliy_qadriyatlar_millat_boyligi

⚡️Milliy qadriyatlarimizni yanada kengroq targ‘ib etish borasida Xorijiy tillar fakulteti talabalaridan o‘zgacha yondashuv

#batafsil_videolavhada

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 Veb-sayt
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26🤩12🔥8👏4🎉3
#KaryeraKuni #QarDU
#Batafsil

2024/2025 o‘quv yili yakunida Qarshi davlat universitetini 6052 nafar talaba-yoshlar tamomlashi kutilmoqda. Bitiruvchilarni mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiya qilish, ularning bandligini ta’minlash maqsadida bugun universitetda "Karyera kuni" tadbiri tashkil etildi.

Mazkur anjumanda viloyatimizdagi turli sohalarni qamrab olgan 30 ga yaqin nufuzli tashkilot va korxonalar o‘zlarining mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

Tadbir doirasida bitiruvchi talabalar va ish beruvchi tashkilotlar vakillari o‘rtasida yuzma-yuz muloqotlar olib borildi, ishga joylashish masalalarida maslahatlar berildi, shuningdek, qator talaba-yoshlar bilan mehnat shartnomalari ham imzolandi.

“Karyera kuni” – bu nafaqat ishga joylashish imkoniyati, balki talabalarga o‘z malaka va ko‘nikmalarini ish beruvchilarga namoyon etish, kelajakdagi faoliyat yo‘nalishini belgilashda muhim qadamlardan biridir.

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
👍5
#Ma’rifat_karvoni #Forum #Batafsil

⚡️Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans poydevori

Xabar berilganidek, bugun Qarshi davlat universitetida “Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans poydevori” mavzusida ilmiy-ma’rifiy forum bo‘lib o‘tdi. Unda “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati a’zolari, universitet professor-o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda Prezident tashabbusi bilan barpo etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqida ma’lumot berildi. Ta’kidlanishicha, mazkur markaz Islom madaniyati, bag‘rikenglik va taraqqiyot g‘oyalarini targ‘ib etuvchi yirik ma’rifiy majmuaga aylanadi.

Markazda bosma va elektron kitoblardan iborat kutubxona, qo‘lyozmalar arxivi, zamonaviy ekspozitsiyalar joy oladi. Loyihada xorijiy va mahalliy olimlar ishtirok etmoqda.

Tadbirda markaz haqida videorolik namoyish etildi va ishtirokchilar uning ma’naviy-ilmiy ahamiyati yuzasidan fikr almashdilar.

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4