Qarshi davlat universiteti
10.3K subscribers
23.4K photos
1.66K videos
371 files
7.73K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#musobaqa

Xorijiy tillar hamda Matematika va kompyuter ilmlari fakultetlari talaba-yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida sportning stritbol turi bo‘yicha o'rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi. Qizg’in kechgan o’yinda durang natija qayd etilib, do'stlik g'alaba qozondi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥1👏1🤩1
#musobaqa

Qarshi shahrida “Talaba, yugur!” koʻngillilar sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi


Talaba-yoshlar oʻrtasida sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida bugun Qarshi shahrida viloyat oliy ta'lim muassasalari talabalari, shuningdek, professor-o‘qituvchilar ishtirokida "Talaba yugur" ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi.

1000 nafarga yaqin talaba-yoshlarni birlashtirgan ushbu yugurish marafoni soat 14:00 da start oldi va belgilangan hudud bo‘ylab 3 km masofada davom etdi. Finish chizig‘ini kesib o‘tgan har bir ishtirokchi o‘ziga biriktirilgan maxsus chip orqali aniqlandi.

Mazkur marafonda Qarshi davlat universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalari ham faol ishtirok etdi.

Musobaqani tashkil etish va yugurish natijalari Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasining “Yugur” (yugur.uz) elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🎉4🔥3🤩2
#musobaqa

⚡️To‘maris izdoshlari: mahorat, chidam va jasorat tanlovi

28-noyabr kuni Qarshi davlat universitetida Xotin-qizlar bilan ishlash va psixologik maslahat markazi tomonidan "To‘maris izdoshlari" mavzusida musobaqa o‘tkazildi. Unda barcha fakultetlarning talaba-qizlaridan saralangan jamoalar g‘oliblik uchun o‘zaro kurash olib bordi. Ularning mahoratini baholash uchun Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari taklif qilindi.

Kuch va chaqqonlik, iroda va qat'iyat tanlovi dastlab Davlat madhiyasi bilan boshlanib, To‘maris siymosi gavdalantirildi. So‘ngra ishtirokchi jamoalar "uzatdingmi o‘tir", "arqon tortish", " yugur va mo‘ljal ol" kabi shartlar bo‘yicha bellashishdi.

Qizg‘in va shiddatli ruhda o‘tgan bahslar yakunida Sport fakulteti jamoasi birinchi o‘rinni egalladi hamda diplom, ikki million so‘mlik vaucherni qo‘lga kiritdi. Kimyo-biologiya fakulteti talaba-qizlari ikkinchi o‘rin va diplom, bir million sakkiz yuz ming so‘mlik vaucherga, San'atshunoslik fakulteti jamoasi esa uchinchi o‘rin hamda diplom, bir yarim million so‘mlik vaucherga ega bo‘ldi. Shuningdek, faol jamoalar tashakkurnomalar bilan rag‘batlantirildi.

Ta'kidlash joiz, mazkur tanlov talaba-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni Vatanga sodiqlik, mardlik, ajdodlarga munosib avlod bo‘lish ruhida tarbiyalashga qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥1
#musobaqa #shashka

➡️O'zbekiston yoshlar ittifoqi Qarshi davlat universiteti boshlang'ich tashkiloti tomonidan 4-sonli talabalar turar joyida ko'zi ojiz talabalar uchun shashka sport turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi.

Yakuniy natijalarga ko'ra:
🥇-o'rin Tarix fakulteti 3-bosqich talabasi Abduvali Ismoilov;
🥈-o'rin Tarix fakulteti 3-bosqich talabasi Abbos Tojiyev;
🥉-o'rin Sport fakulteti 1-bosqich talabasi Abbos Bo'ronov.

G'oliblar rag'batlantirildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5🤩5
#musobaqa

⚡️Barcha kurash ixlosmandlari diqqatiga!

📃O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan 5-dekabr kuni soat 10.00 da Kurash sport zalida milliy kurash bo‘yicha musobaqa o‘tkaziladi.

▶️ Unda o‘g‘il bolalar 6 ta, qizlar esa 3 ta vazn toifalarida g‘oliblik uchun gilam chiqadi.

🏆G‘olib va sovrindorlar tegishli ravishda 1 000 000 (bir million), 700 000 (yetti yuz ming) va 500 000 (besh yuz ming) so‘m miqdorida pul mukofotlari hamda milliy kurash libosi bilan taqdirlanadi.

📞 Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun telefon:
+99899 667 77 04


🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
#musobaqa #batafsil

Bugun Qarshi davlat universiteti Kurash sport zalida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan talaba yigit-qizlar o‘rtasida milliy kurash sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Unda o‘g‘il bolalar 6 ta, qizlar esa 3 ta vazn toifalarida g‘oliblik uchun gilamga chiqdilar. Har bir vazn toifasidagi kurashlar yig‘ilganlar olqishi ostida g‘oyatda qizg‘in va shiddatli kechdi.


Musobaqa yakunida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘z olganlar yurtimizda sportga qaratilayotgan e'tibor haqida gapirib, g‘oliblarni tabriklashdi. Shundan so‘ng shohsupaning yuqori pog‘onasini band etgan qatnashchilarga darajali diplom, milliy kurash liboslari topshirildi.

Musobaqa nizomiga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar tegishli ravishda 1 000 000 (bir million), 700 000 (yetti yuz ming) va 500 000 (besh yuz ming) so‘m miqdorida pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍16
#Vatan_himoyachilari_kuni
#musobaqa

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va 14-yanvar —Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan universitetda sport musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Jumladan, kecha Iqtisodiyot fakulteti talabalari ishtirokida mini-futbol bahslari tashkil etildi.

Jami 12 ta jamoa ishtirok etgan ushbu bellashuvlarda turizm (faoliyat yo`nalishlari bo`yicha) yo`nalishi 4-kurs talabalari 1-o`rinni qo`lga kiritdi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥2👏1🤩1
#kurash #musobaqa
#respublika_bosqichi
#Live

Ayni vaqtda Qarshi davlat universiteti Sport majmuasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Universiada-2024” sport musobaqasining kurash turi bo‘yicha respublika final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan jami 200 nafardan ortiq sportchi talabalarni jamlagan musobaqada o‘g‘il bolalar 7 ta, qizlar esa 8 ta vazn toifalarida g‘oliblik uchun bellashmoqdalar.

👉@qarduuz 👈
👍10👏3
#kurash #musobaqa
#respublika_bosqichi
#Live #fotolavhalar

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 Veb-sayt
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kurash #musobaqa
#respublika_bosqichi

Qarshi davlat universiteti Sport majmuasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Universiada-2024” sport musobaqasining kurash turi bo‘yicha respublika final bosqichiga start berildi.


👉@qarduuz 👈
👍10🔥1🎉1
#kurash #musobaqa
#respublika_bosqichi
#Live

Xabar berilganidek, ayni vaqtda Qarshi davlat universiteti Sport majmuasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Universiada-2024” sport musobaqasining kurash turi bo‘yicha respublika final bosqichi yorqin surʼatlarda davom etmoqda. Bugun barcha vazn toifalarida gʻoʻliblar aniqlanadi hamda taqdirlash marosimi oʻtkaziladi.

👉@qarduuz 👈
👍10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kurash #musobaqa
#respublika_bosqichi
#videolavha

11-13-fevral kunlari Qarshi davlat universitetida kurash sport turi bo‘yicha oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Universiada-2024” respublika musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilganlar olqishi va shiddatli lahzalar ostida o‘tgan musobaqada har bir qatnashchi o‘z mahorati, jismoniy tayyorgarligi va tajribasini namoyish etdi.

Yakunda g'olib va sovrindorlar darajali diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
👍3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rektor_kubogi #musobaqa

Xabar berilganidek, bugun Qarshi davlat universiteti talabalari o‘rtasida sportning mini-futbol (yigitlar), voleybol (qizlar) va shaxmat-shashka (yigitlar va qizlar) turlari bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari boshlandi.

Musobaqaning ochilish marosimida soʼz olganlar mazkur sport tadbirining ahamiyati, davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarni sportga keng jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida gapirib, barcha ishtirokchilarga omad tilashdi.

Tadbir doirasida, shuningdek, joriy yilning 7-14-fevral kunlari Xitoyning Xarbin shahrida boʼlib oʻtgan IX qishki Osiyo o‘yinlari ishtirokchisi, Sport fakulteti magistranti Asila Shoyimova esdalik sovgʻasi bilan taqdirlandi.

Musobaqaning dastlabki kunida quyidagi natijalar qayd etildi:
Mini-futbol
Filologiya fakulteti 1-2 Fizika fakulteti
Sport fakulteti 7-1 Xorijiy tillar fakulteti
Sanʼatshunoslik fakulteti 2-11 Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti
Voleybol
Filologiya fakulteti 0-2 Fizika fakulteti
Sport fakulteti 2-0 Xorijiy tillar fakulteti
Sanʼatshunoslik fakulteti 0-2 Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti

👉@qarduuz 👈
👍21🔥1👏1🤩1
#rektor_kubogi #musobaqa

Xabar berilganidek, ayni kunlarda universitet talabalari o‘rtasida sportning mini-futbol (yigitlar), voleybol (qizlar) va shaxmat-shashka (yigitlar va qizlar) turlari bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari o‘tkazilmoqda.

🗓24-fevral kungi natijalar:
Voleybol (qizlar)
Filologiya fakulteti 2:0 Tarix fakulteti
Sport fakulteti 2:0 Tibbiyot fakulteti
San'atshunoslik fakulteti 2:0 Pedagogika fakulteti
Mini-futbol (yigitlar)
Filologiya fakulteti 2:6 Tarix fakulteti
Sport fakulteti 7:1 Tibbiyot fakulteti
Pedagogika fakulteti 4:3 San'atshunoslik fakulteti

Musobaqalar qizg‘in tusda davom etmoqda.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 Veb-sayt
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15👏2
#rektor_kubogi #musobaqa

Joriy yilning 24-28-fevral kunlari professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar o‘rtasida sportning mini-futbol (erkaklar) hamda voleybol (xotin-qizlar) turlari bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari bo‘lib o‘tadi. Kecha musobaqaning dastlabki kunida quyidagi natijalar qayd etildi.

voleybol (xotin-qizlar)
Fizika fakulteti 2:0 Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti
San'atshunoslik fakulteti 0:3 Iqtisodiyot fakulteti
mini-futbol (erkaklar)
Iqtisodiyot fakulteti 5:3 San’atshunoslik fakulteti
Fizika fakulteti 0:0 Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti
Penaltilar seriyasida Fizika fakulteti jamoasi g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, har ikki sport turi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar tegishli ravishda 5 000 000 (besh million), 4 000 000 (to‘rt million) va 3 000 000 (uch million) so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
👏7👍4🔥1
#belbogʻlikurash #musobaqa
#respublika_bosqichi #natija

Jizzax shahrida belbogʻli kurash sport turi bo‘yicha oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Universiada-2024” respublika musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda Qarshi davlat universitetidan delegatsiya rahbari Abdusayit Umarov, murabbiy Odiljon Suyunov hamrohligida 7 ta vazn toifasida sportchi talabalar ishtirok etdi.

Quvonarlisi, shiddatli kurashlar ostida kechgan musobaqada qatnashchi talabalarimizdan Elmurod Toshmamatov +90 kg, Shahboz Fayzullayev 55 kg vazn toifalarida bronza medallarga sazovor boʻlishdi.

Ahamiyatlisi, ushbu yutuq belbogʻli kurash sport turi boʻyicha soʻnggi yillarda qoʻlga kiritilgan yirik natija sifatida universitet solnomasiga muhrlanadigan boʻldi.

Gʻolib talabalarimiz hamda ularning murabbiylarini chin dildan tabriklaymiz!

👉 @qarduuz 👈
👍14🔥3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#musobaqa

Viloyat oliy ta’lim muassasalarining “Qalqon” jamoatchilik guruhlari o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi o‘tkazildi.

Unda Qarshi davlat universitetining “Qalqon” jamoatchilik guruhi 1-o‘rinni egalladi.

📹 Videolavha manbasi: https://t.iss.one/Qashqadaryo_yi/2576

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏9👍5🎉2
#rektor_kubogi #musobaqa

Universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning mini-futbol (erkaklar) hamda voleybol (xotin-qizlar) turlari bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari boʼlib oʼtmoqda. Doʻstona ruhda kechgan bugungi uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi:

mini-futbol (erkaklar)
Geografiya va agronomiya fakulteti 2:4 Yoshlar bilan ishlash boʼlimi tyutorlari
Akademik faoliyat va registrator boshqarmasi 8:3 Pedagogika fakulteti

Eslatib o‘tamiz, musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar tegishli ravishda 5 000 000 (besh million), 4 000 000 (to‘rt million) va 3 000 000 (uch million) so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
👍12🤩1
#rektor_kubogi #musobaqa

Universitet professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari yakunlandi.

Bir necha kun davomida qizgʻin tarzda kechgan bellashuvlar natijasiga koʻra, Sport fakulteti jamoasi birinchi oʻrinni egallab, musobaqa gʻolibi boʻldi. Ikkinchi oʻrin Yoshlar bilan ishlash boʻlimi tyutorlar jamoasiga nasib etdi. Iqtisodiyot fakulteti jamoasi esa uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Musobaqa nizomiga asosan, gʻoliblar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍12
#TTJda_tadbir #musobaqa

1-sonli talabalar turar joyida Yoshlar bilan ishlash boʻlimi tyutori Sh.Aslonova tomonidan talabalarning dars mashgʻulotlaridan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida shaxmat va shashka sport turlari boʻyicha musobaqa tashkillashtirildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍6