Qarshi davlat universiteti
10.3K subscribers
23.4K photos
1.66K videos
370 files
7.73K links
Qarshi davlat universitetining rasmiy telegram kanali!
Download Telegram
#anjuman

Joriy yilning 24-may kuni Cholg‘u ijrochiligi va vokal san’ati kafedrasi tomonidan universitetda "Musiqa san’ati sohasida cholg‘u ijrochiligi fanlarining o‘qitilishi jarayonida yondashuvlar: muammo va yechimlar" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi. Unda mamlakatimizning nufuzli san’at va madaniyat muassasalaridan yetuk olimlar, san’atkorlar ishtirok etdi.

Anjumanning yalpi majlisida Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor N.Xolmirzayev, San’atshunoslik fakulteti dekani E.Jabborov, Cholg‘u ijrochiligi va vokal san’ati kafedrasi dotsenti A.Rahmonqulov, Cholg‘u ijrochiligi mutaxassisligi magistri M.Esonova, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Musiqa nazariyasi kafedrasi dotsenti, san’atshunoslik fanlari nomzodi D.Mullajonov, Cholg‘u ijrochiligi kafedrasi dotsenti S.To‘ratov ma’ruzalari tinglandi.

Konferensiya davomida Qarshi davlat universiteti Cholg‘u ijrochiligi va vokal san’ati kafedrasi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Cholg‘u ijrochiligi kafedrasi o‘qituvchilari hamkorligida orkestr hamda xalq cholg‘ulari ijrochiligi bo‘yicha mahorat darslari tashkil qilindi. O‘zaro tajriba almashindi. Shuningdek, orkestr jo‘rligida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar O.Xalilova, K.Shermatovning konsert dasturlari namoyish etildi. Shundan so‘ng anjuman sho‘balarga bo‘lingan holda davom ettirildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
#anjuman #LIVE

Ayni damda Qarshi davlat universitetida “Analizning zamonaviy muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda xorijdan yetakchi olimlar, yurtimiz oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlarining professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari, yosh tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar ishtirok etmoqda. Anjuman tafsilotlari biroz keyinroq...

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
Qarshi davlat universiteti
Photo
#anjuman #batafsil

Qarshi davlat universitetida Matematik analiz va differensial tenglamalar kafedrasi tomonidan joriy 2023-yilning 2-3 iyun kunlari "Analizning zamonaviy muammolari" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Unda xorijdan yetakchi olimlar, yurtimiz oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlarining professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari, yosh tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar ishtirok etdi.

Anjumanni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor N.Xolmirzaev hamda O‘zRFA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori, O‘zbekiston FA akademigi Sh.Ayupov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Yalpi majlisda Novosibirsk davlat universitetidan professor A.Tersenov, RFA Sibir bo‘limi MGITIdan professor X.Imomnazarov, O‘zbekiston Milliy universitetidan professor B.Omirov hamda B.Islomov, O‘zbekiston RFA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti professorlari U.Roziqov hamda U.Jamilov o‘zlarining ma'ruzalari bilan qatnashishdi. So‘ngra konferensiya sho‘balarga bo‘lingan holda olib borildi. Yakunda tajribalar o‘rtoqlashilib, mavzu doirasida zarur xulosalar shakllantirildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10
#anjuman

⚡️Jadidchilik harakati va uning turkiy xalqlar adabiyotiga ta’sirini o‘rganish muammosi

Joriy yilning 13-14-oktyabr kunlari Qarshi davlat universitetida “Jadidchilik harakati va uning turkiy xalqlar adabiyotiga ta’sirini o‘rganish muammosi” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Turkiya, Ozarbayjon kabi davlatlardan yetakchi olimlar, soha mutaxassislari, shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti, BuxDU, UrDU professor-o‘qituvchilari, QarDU O‘zbek mumtoz adabiyoti hamda Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi kafedralari professor-o‘qituvchilari, Filologiya fakulteti magistrantlari va bakalavr bosqichi talabalari ishtirok etishdi. Anjumanning yalpi yig‘ilishini universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori I.Bekpo‘latov boshqarib bordi.

Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar yuzasidan Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori Uzoq Jo‘raqulov, Turkiyaning Ankara Hacı Bayram Veli universiteti professori, filologiya fanlari doktori Zaynabidin Abdirashidov, Çanakkale Onsekiz Mart universiteti Turk dunyosi qadriyatlarini qo‘llash va tadqiqot markazi direktori, Ta’lim fakulteti Turk va ijtimoiy fanlar ta’limi Turkiya ta’lim boshqarmasi boshlig‘i, professor Yusuf Avci, Turkiyaning Karabuk universiteti dotsenti, PhD Saidbek Boltaboyev, Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti professori Xadjar Guseynova, BuxDU professori, filologiya fanlari doktori H.Eshonqulov, Qarshi DU professori, filologiya fanlari doktori N.Shodmonov ma’ruza qildilar.

Asosiy ma’ruzalar yuzasidan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda universitetning filologiya fanlari doktori, professor X.Jabborov, filologiya fanlari doktori, dotsent Sh.Nuriddinov, shuningdek, dotsentlar (PhD) N.Umarova, (PhD) Z.Namozova, Xalqaro innovatsion universitet dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Sh.Qahhorova va filologiya fakulteti iqtidorli talabalari qatnashdilar. Anjuman ishi sho‘ba yig‘ilishlarida davom ettirildi.

👉@qarduuz 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#anjuman
📺📺

Ayni vaqtda Qarshi davlat universitetida Roman-german filologiyasi fakulteti tomonidan “Zamonaviy tilshunoslikda lingvomadaniyat va kompyuter lingvistikasi muammolari va ishlab chiqarishga tadbiq etish masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilmoqda.

Anjumanda yurtimiz oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari professor-o‘qituvchilari, shuningdek, xorijdan soha mutaxassislari, yetakchi olimlar ishtirok etmoqda. Tafsilotlar biroz keyinroq...

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥2
#anjuman

⚡️Sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil etishning zamonaviy holati va istiqbollari

Joriy yilning 26-aprel kuni Kimyo-biologiya fakulteti Fiziologiya kafedrasi tomonidan “Sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil etishning zamonaviy holati va istiqbollari” mavzusida konferensiya o‘tkazildi. Anjumanda respublikamiz va Rossiya, Amerika kabi xorijiy davlatlar oliy o‘quv yurtlarining taniqli olimlari, soha mutaxassislari, universitet professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Yalpi majlisda “Sog‘lom ovqatlanish fiziologiyasining dolzarb muammolari va yechimlari”, “Nekotoriye aspekti ekologii pitaniya v Tashkente”, “Qashqadaryo viloyatida bolalarda tug‘ma va irsiy kasalliklarning barvaqt aniqlash va ularni oldini olish to‘g‘risida”, “Biostimulyatorlarning hayvonlar immun tizimiga ta’siri” va “Prinsipi pravilnogo pitaniya” kabi qator mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Yig‘ilganlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. Anjuman ishi sho‘ba yig‘ilishlarida davom ettirildi. Yakunda muhokama etilgan mavzu yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar ishlab chiqildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#anjuman

⚡️Ta’lim tizimini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari: dolzarbligi, muammolari va istiqbollari

Joriy yilning 26-27-aprel kunlari Pedagogika fakulteti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi tomonidan “Ta’lim tizimini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari: dolzarbligi, muammolari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Konferensiya o‘zbek, rus, ingliz tilida olib borildi. Anjuman yalpi majlisini Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor I.Bekpulatov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Xususan, universitet prorektori “Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi yaqin yillar ichida zamon talablariga to‘liq javob bera oladigan, xorijiy tajribalar asosida ta’lim sohasining yetuk mutaxassislarini tayyorlashni yanada yuqori cho‘qqilarga ko‘tarishga xizmat qiladi” degan fikrni alohida ta’kidladi. Yalpi majlis davomida konferensiya mehmonlarining ham mavzu doirasida fikr-mulohazalari tinglandi.

Anjumanning sho‘ba yig‘ilishlarida mahalliy va xorijiy mutaxassislar, sohalarning malakali kadrlari hamda professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Konferensiya yakunida boshlang‘ich ta’lim sohasida hamkorlikdagi seleksion ishlarni olib borish va ilmiy mavzular bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarga yoshlarni jalb etish ko‘lamini yanada kengaytirish, xorijiy olimlar bilan hamkorlikda mutaxassislik fanlarini interaktiv usullarda o‘qitilishini tashkil etish, kafedraning ilmiy to‘garaklarida doimiy sohalarning zamonaviy texnologiyalari bo‘yicha yangiliklarini o‘zlashtirishga kelishib olindi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
#anjuman #batafsil

⚡️Amaliy matematikaning zamonaviy muammolari va istiqbollari

Xabar berilganidek, Qarshi davlat universitetida Amaliy matematika kafedrasi tomonidan joriy yilning 24-25-may kunlari “Amaliy matematikaning zamonaviy muammolari va istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Unda xorijdan yetakchi olimlar, yurtimiz oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlarining professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari, yosh tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar ishtirok etdi.

Konferensiyani Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor I.Bekpulatov hamda O’zbekiston Milliy universiteti professorlari M.Aripov, B.Shoimqulov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Yalpi majlisda Rossiya fanlar akademiyasi Sibir bo‘limi Hisoblash matematikasi va matematik geofizika instituti laboratoriyasi mudiri, professor X.Imomnazarov, O‘zbekiston Milliy universiteti professorlari R.Aloyev, N.Ignatev, Toshkent davlat transport universiteti professori X.Shadimetov o‘z ma'ruzalari bilan qatnashishdi. So‘ngra konferensiya sho‘balarga bo‘lingan holda olib borildi.

Konferensiyaning ikkinchi kunida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi professori A.Yuldashev, O’zbekiston Milliy universiteti professori M.Xakimov, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti professori U.Jamilovning ma’ruzalari tinglandi. Yakunda tajribalar o‘rtoqlashilib, mavzu doirasida zarur xulosalar shakllantirildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#anjuman

📌 Qarshi davlat universitetida Amaliy matematika kafedrasi tomonidan joriy yilning 24-25-may kunlari “Amaliy matematikaning zamonaviy muammolari va istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

#jarayon #videolavha

🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸  Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14
#anjuman #batafsil

⚡️Muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish muammolari va yechimlari

Xabar berilganidek, Fizika fakulteti Sanoat muhandisligi kafedrasi tomonidan “Muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish muammolari va yechimlari” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik anjumani tashkil etildi. Anjumanda qayta tiklanuvchi energiya manbalari, ikkilamchi energiya resurslarini mamlakat energetika balansiga jalb etish va undan unumli foydalanishning fundamental va amaliy dolzarb masalalariga qaratilgan bir qator muammolar muhokama qilindi. Konferensiyani Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori I.Bekpulatov kirish soʻzi bilan ochdi. U oʻz soʻzida anjumanning maqsadi, vazifalari va muqobil energetikaning mamlakatimiz iqtisodiyotida tutgan oʻrni toʻgʻrisida fikr bildirdi. Anjumanning plenar yig‘ilishda “Oʻzbekenergo” AJ “Ilmiy-texnika markazi” laboratoriya mudiri, akademik R.Zoxidov “Muqobil energiya manbalaridan foydalanishning hozirgi holati va istiqbollari” toʻgʻrisida ma'ruza qildi.

Shuningdek, Qarshi davlat universiteti professori M.Normurodov, OʻzR FA Fizika Texnika instituti professori M.Tursunov va OʻzR FA Fizika Texnika instituti professori, akademik. R.Mo‘minov anjuman dasturida belgilangan mavzular yuzasidan ma'ruzalar qildilar. Anjumanda, shuningdek, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti professori B.Umirzaqovning “Ion implantasiyasining SdTe plyonkalari elektron strukturalari, emission va optik xususiyatlariga ta'siri” mavzusida, OOO “Solar designs” korxonasi direktori, professor N.Avezovaning “Qayta tiklanuvchi energetika: salohiyat, yutuqlar va oʻzaro manfaatli hamkorlik” mavzusida, Ozarbayjon Respublikasi Boku muhandislik instituti Sanoat muhandisligi kafedrasi professori Etibar Gaxramanovning “Ozarbayjonda muqobil energiya manbalari integrasiyasi muammolarini bartaraf etish va optimallashtirish” mavzusida, Fargʻona politexnika instituti professori A.Kasimaxunovaning “Fototermalar uchun yupqa plenkali termoelektrik va fotoelektrik oʻzgartgichlarning ayrim xususiyatlarining dastlabki tahlili” mavzusida, Qarshi muhadislik-iqtisodiyot instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, professor G’.Uzoqovning “Oʻzbekistonda Biomassa va uglerod chiqindilari energiyasidan foydalanish istiqbollari” mavzularida ma'ruzalari tinglandi.

Konferensiya sho‘balarga bo‘lingan holda davom ettirildi. Anjuman mehmonlari universitetning geliopoligon maydoni va u yerda bunyod etilgan Muqobil energiya manbalaridan foydalanish laboratoriyasi bilan ham tanishdilar.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥1
#anjuman

Qarshi davlat universitetida “Yangi O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarning yoshlarga “halollik vaksinasi”ni singdirishdagi ahamiyati” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Konferensiyaning plenar yig‘ilishini Qarshi davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Xolmo‘min Ismatov kirish so‘zi bilan boshlab berdi.

Anjumanda “Oliy ta’lim muassasalarida halollik vaksinasini tatbiq qilish zaruriyati va yo‘llari”, “Korrupsiya: uning tahdidlari va bartaraf qilish yo‘llari” va “Yoshlarni halol mehnat va tahsilga odatlantirish-davr talabi” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

Yig‘ilish davomida, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan tadbirlarni tashkil etishda faollik ko‘rsatgan fakultetlarning dekan o‘rinbosarlari hamda turli tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar tashakkurnoma, darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. Anjuman sho‘'balarga bo‘lingan holda davom ettirildi.

🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Telegram             🌍 qarshidu.uz
💬 Facebook            📸 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥1
Forwarded from Edu.uz
#anjuman #Gee_2025

Qarshi davlat universitetida “GEE–2025” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi


2–3-may kunlari Qarshi davlat universitetida "GEE–2025 — Yashil energetika va yashil iqtisodiyot" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Unda Italiya, Rossiya, Belorusiya, Eron, Boshqirdiston va Qirg‘izistondan olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etdi.

Anjumanda yashil iqtisodiyot va energetika, ekologik barqaror taraqqiyot, raqamli texnologiyalar, qayta tiklanadigan energiya manbalari, yangi materiallar yaratish kabi masalalar muhokama qilindi va ilmiy maqolalar taqdim etildi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍11🤩4🎉2
#anjuman #tafsilot #videolavha

Joriy yilning 16-17-may kunlari Qarshi davlat universiteti Turizm va marketing kafedrasi hamda "Science and Innovation" xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “Raqamli texnologiyalar va turizm marketingi: innovatsion yondashuvlar va global imkoniyatlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.

Anjuman tafsilotlari bayon etilgan videolavha bilan ushbu https://youtu.be/j-VgpX-0Lq8?si=hVTvxfxIZbIuCo-g havola orqali tanishishingiz mumkin.

Bizni kuzating

Telegram|Instagram|Facebook|Veb-sayt
👍7