Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.73K subscribers
9.89K photos
695 videos
138 files
3.02K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#uchrashuv #oʻzbektelekom #al #Xorazmiy #maktabda

O'ZBEKTELEKOM DASTURCHILARI BILAN SUHBAT

🗒2022-yil 31-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktabida O'ZTELEKOM aksiyadorlik jamiyati vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi.

📡Tashrif buyurganlar orasida jamiyat raisi, AKT bo’yicha mutaxassis va jamiyatning kadrlar menejeri hamda web va tarmoq administratori yo'nalishi mutaxassislari bo’lib, ular maktabimiz o’quvchilariga ushbu aksiyadorlik jamiyatining faoliyati, tarmoq va web yo'nalishi bo‘yicha yangiliklar haqida ma’lumot berdilar.

⁉️Maktabning 10-11-sinf o'quvchilari suhbat davomida o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birgalikda tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan motivatsiyalarga ham ega bo’lishdi. Soha vakillarining o’zaro fikr almashishlari jarayonida o’quvchilarning o’z istiqbolli rejalari va shu paytgacha erishgan yutuqlari e’tirof etildi.



ВСТРЕЧА С ПРОГРАММИСТАМИ "УЗБЕКТЕЛЕКОМ"

🗒 31 марта в специализированной школе имени Мухаммада ал-Хоразми состоялась встреча с представителями АО "УЗТЕЛЕКОМ".

📡 Среди гостей был председатель по управлению компанией, специалист по ИКТ и менеджер компании, а также веб и сетевой администраторы, которые рассказали нашим ученикам о деятельности компании, инновациях в сфере веб и сетевого обслуживания.

⁉️Учащиеся 10-11 классов получили ответы на свои вопросы, а также мотивацию и стимул. В ходе обмена мнениями между представителями компании, учащиеся рассказали о своих планах на будущее, достижениях на сегодняшний день и реализованных проектах.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#adiblar #xiyoboni #uchrashuv #Muhammad #Yusuf #Iqbol #Mirzo #Bekpoʻlat #Said #Sobir #Oʻnar

ADABIYOT – XALQNING YURAGI

🗓2022-yil 29-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurishdi. Atoqli adiblarning haykallari qad ko’targan xiyobonni aylanib, Muhammad Yusuf haykali poyida “Adabiyot - xalqning yuragi” shiori ostida shoir ijodiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy va adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi.

✔️Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari: O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, adib Sobir O‘nar, shoir Fozil Farhod, Bekpolat Said va O‘z MTRKA vakillari ishtirok etdilar.

O‘zbekistobn xalq shoiri Iqbol Mirzo so‘zga chiqib, she’riyat, adabiyot va Muhamad Yusuf she’riyati, shaxsiyati haqida o‘quvchilar bilan samimiy suhbat qildi. O‘quvchilarning savollariga javob berdi.

📝Adib Sobir O‘nar va Muhammad Yusufning eng kenja shogirdlaridan Bekpo‘lat Saidlar ham o’quvchilarga Muhammad Yusuf bilan bo‘lgan qiziqarli xotiralardan so‘zlab berib, shoir she’rlaridan namunalar o’qidilar.

O’quvchilar adabiy uchrashuvdan katta taassurot oldilar.



ЛИТЕРАТУРА – СЕРДЦЕ НАРОДА

🗓29 апреля учащиеся специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми посетили "Аллею писателей". В этом парке литературы, где установлены памятники известным писателям, прошло духовно-просветительское и литературно-художественное мероприятие, посвящëнное творчеству поэта Мухаммада Юсуфа под девизом "Литература – сердце народа".

✔️В мероприятии приняли участие члены Союза писателей Узбекистана: народный поэт Узбекистана Икбол Мирзо, писатель Собир Онар, поэты Фозил Фарход и Бекполат Саид, а также представители УзНТРК.

Народный поэт Узбекистана Икбол Мирзо поговорил с нашими учениками о поэзии, литературе, творчестве и личности Мухаммада Юсуфа, и ответил на вопросы учащихся.

📝Бекполат Саид, один из учеников Собира Онара и Мухаммада Юсуфа, поделился с учащимися своими воспоминаниями о поэте и прочитал стихи Мухаммада Юсуфа.

На учащихся этот литературный вечер и встреча с писателями оставили большое впечатление.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#adiblar #xiyoboni #uchrashuv #Davron #Rajab #Maʻmura #Zahidova #Fozil #Farhod

ADABIYOT KUNLARI DAVOM ETMOQDA

🗓 2022-yil 5-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurishdi. Atoqli adiblarning haykallari qad ko’targan xiyobonni aylanib, G`ofur G`ulom haykali poyida “Adabiyot - xalqning yuragi” shiori ostida shoir ijodiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy va adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari: shoir Davron Rajab, shoira Ma`mura Zohidova, shoir Fozil Farhod va O‘z MTRKA vakillari ishtirok etdilar.

📝Shoir Davron Rajab so‘zga chiqib, she’riyat, adabiyot va G`ofur G`ulom she’riyati, shaxsiyati haqida o‘quvchilar bilan samimiy suhbatlashdi. Shoira Ma`mura Zohidova esa “Shum bola” qissasi haqida gapira turib, yozuvchi hayot yo`li bilan bog`lagan holda qiziqarli ma`lumotlar berdi. O’quvchilarga G`ofur G`ulom bilan bo‘lgan unutilmas xotiralardan so‘zlab berib, shoir she’rlaridan namunalar o‘qidilar. Shuningdek, tadbirga tojikistonlik ijodkorlar ham tashrif buyurishdi. Ular bilan o‘zbekistonlik bolalarga ta’lim sohasida yaratilgan imkoniyatlar haqida o’zaro fikr almashishdi. O`quvchilar tomonidan tayyorlangan she`rlar, sahna ko`rinishlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.



ДНИ ЛИТЕРАТУРЫ ПРОДОЛЖАЮТСЯ

🗓5 мая учащиеся специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми посетили "Аллею Писателей". Здесь у памятника Гафура Гуляма прошло духовно-просветительское и литературно-художественное мероприятие, посвящённое творчеству поэта под девизом "Литература - сердце народа". В мероприятии приняли участие члены Союза писателей Узбекистана: поэт Даврон Раджаб и Фозил Фарход, поэтесса Мамура Зохидова, также представители Уз НТРК.

📝Поэт Даврон Раджаб рассказал учащимся о поэзии, литературе, творчестве и личности Гафура Гуляма. Литературная деятельница Мамура Захидова рассказала о повести "Шум бола" и дала интересные сведения о жизни автора. Поделились с незабываемыми воспоминаниями о Гафуре Гуляме и прочитали образцы стихов поэта. В мероприятии также приняли участие таджикские искусствоведы. Они рассказали о созданных условий для нашей молодёжи по получению образования. У гостей остались огромные впечатлением от организованного мероприятия и выступлений, подготовленных учениками.‌‌

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#adiblar #xiyoboni #uchrashuv #Sayyora #Xolmirzayeva #Tulepbergen #Qaipbergenov

ADABIYOT - XALQNING YURAGI

📢 2022-yil 18-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurishdi. Atoqli adiblarning haykallari qad ko‘targan xiyobonni aylanib, Ibroyim Yusupov bilan Tulepbergen Qaipbergenov haykali poyida “Adabiyot - xalqning yuragi” shiori ostida Qoraqalpoq ijodkorlariga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy va adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi.

🇺🇿Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Sayyora Xolmirzayeva Shukurovna ishtirok etdi.
Sayyora Xolmirzayeva so‘zga chiqib, adabiyot va Tulepbergen Qaipbergenovning shaxsiyati haqida o‘quvchilar bilan samimiy suhbatlashdi. Sayyora Xolmirzayeva Shukurovna “Qoraqalpoqnoma" roman-essesi haqida gapira turib, yozuvchi hayot yo`li bilan bog`lagan holda qiziqarli ma`lumotlar berdi. O‘quvchilarga Tulepbergen Qaipbergenov bilan bo‘lgan unutilmas xotiralardan so‘zlab berib, "U dunyoga bobomga xatlar" asaridagi yozuvchining bobosi bilan dardlashgan o‘rinlaridan aytgan hikoyalari o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi. Maktabning ona tili va adabiyot o‘qituvchisi M.E. Mamatqulova o`quvchilarga Ibroim Yusupovning adabiy merosi , qoraqalpoq xalqining ma’naviy hayotida tutgan o‘rni haqida gapirib berdi. 7-05 sinf o‘quvchisi I. Ismoilov esa she’rlarini tahlil qila turib, uning Qoraqalpoq madhiyasining muallifi ekaniga izoh berdi.

O‘quvchilar tomonidan Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni, Ibroyim Yusupov ijodidan tayyorlangan she`rlar, dostonlaridan parcha yod aytishdi. Adabiiy kecha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.🖋



ЛИТЕРАТУРА - СЕРДЦЕ НАРОДА

📢18 мая учащиеся специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми посетили "Аллею Писателей". Здесь у памятников Ибройиму Юсупову и Тулепбергену Каипбергенову прошло духовно-просветительское и литературно-художественное мероприятие, посвящённое каракалпакским народным деятелям под девизом "Литература - сердце народа".

🇺🇿В мероприятии приняла участие член Союза писателей Узбекистана Сайёра Холмирзаева Шукуровна.
Сайёра Холмирзаева рассказала учащимся о литературой деятельности и личности Тулепбергена Каипбергенова. Рассказывая о романе-очерке "Каракалпакнома", она дала интересные сведения о жизни и творчестве писателя. М. Е. Маматкулова, учитель родного языка и литературы, рассказала учащимся о литературном наследии Ибройима Юсупова и его роли в духовной жизни каракалпакского народа. И.Исмаилов, ученик 7-05 класса, рассказывая о его стихах, пояснил, что он является автором гимна Каракалпакстана.

Ученики школы прочитали стихи Народного поэта Узбекистана и Каракалпакстана, Героя Узбекистана Ибройима Юсупова. Литературный вечер произвёл на участников большое впечатление.‌‌🖋

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#tilbayrami #elbayrami #uchrashuv

SHOIR VA ADIB QO‘CHQOR NORQOBIL-MAKTABIMIZ MEHMONI

🗓Ona tilimiz-O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 33yil to’lishi munosabati bilan 13 oktyabr kuni maktabimizda “Tilimiz jonkuyarlari”ruknida O‘zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Qo‘chqor Norqobil bilan adabiy suhbat uyushtirildi.

🙋🏻‍♀️🙋🏻Adabiy kechada shoir,adib,dramaturg va tarjimon Qo‘chqor Norqobil tilimiz haqidagi o’zining chiroyli fikr va mulohazalari bilan o’rtoq’ashdi. Tilga muhabbatni oshiradigan,uni qadrlashga undaydigan motivatsion so’zlari bilan yoshlarga murojaat qildi. Fikrlarini hayotiy misollar bilan asoslar ekan, shoir til “millatning nomi” ekaniga urg’u berdi.

📝Kecha davomida o’quvchilar shoirning she’rlaridan namunalar o’qidi.

O’quvchilar qiziqtirgan savollariga ijodkordan jo’yali javob olib, kechani katta ko’tarinkilik bilan yakunladilar.



ГОСТЬ НАШЕЙ ШКОЛЫ, ПОЭТ И ЛИТЕРАТОР КОЧКОР НОРКОБИЛ

🗓13 октября, по случаю 33 летия государственному языку, состоялась литературная встреча с Кочкором Норкабилом, заслуженным журналистом Узбекистана, членом Союза писателей Узбекистана на тему "Ценители языка".

🙋🏻‍♀️🙋🏻На литературном мероприятии поэт, писатель, драматург и переводчик Кочкор Норкабил поделился своим мнением о нашем языке. Он обратился к ученикам со словами, побуждающих ещё большую любовь и уважение к языку. Опираясь на жизненный опыт, поэт подчеркнул, что язык – это "душа нации".

📝В течение дискуссий учащиеся прочитали образцы стихов поэта.

Учащиеся получили ответы на интересующие их вопросы. Встреча оставила на них незабываемые впечатления.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#ITSchool #ToshkentPM #Uchrashuv
———————
⚽️DO'STONA UCHRASHUV!

📆2023-yilning 26-aprel kuni Toshkent shahridagi Prezident maktabida, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi.

🤩Uchrashuv juda qizg'in va murosalarga boy bo'ldi. Bunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi terma jamoasi 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

🏅Maktab terma jamoamizga omad va bundan-da baland natijalarga erishishini tilab qolamiz. A’lo o’qishdan tashqari sport bilan oshnolik va sog’lom turmush tarziga rioya qilish mavaffaqiyat garovi ekanligi namoyon bo’ldi .
———————
IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tilimiz #jonkuyarlari #uchrashuv

ONA TILIMIZNI ASRANG!

Tilimizga bo'lgan muhabbatimizni ko'rsatish uchun 21-oktyabrni kutish shartmas. Buning uchun bir kun juda kam‼️

Biz Ona tilimizga har kun, har soat mehr ko'rsatishimiz, uni asrab-avaylashimiz kerak.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 24-oktyabr kuni soat 14:30 da "Tilimiz jonkuyari" - bolalar shoiri Dilshod Rajab bilan uchrashuv rejalashtirilgan.

Barcha ustozlar va o'quvchilarni tilimiz rivoji yo'lidagi ushbu adabiy kechaga taklif etamiz.
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ITSchool #ToshkentPM #Uchrashuv

⚽️DO'STONA UCHRASHUV!

🔥2024-yilning 28-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi.

❗️Uchrashuv juda qizg'in va murosalarga boy bo'ldi. Bunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi terma jamoasi 11:1 hisobida g'alaba qozondi.

🏆Maktabi terma jamoamizga omad va bundan-da baland natijalarga erishishini tilab qolamiz. A’lo o’qishdan tashqari sport bilan oshnolik va sog’lom turmush tarziga rioya qilish mavaffaqiyat garovi ekanligi namoyon bo’ldi.
———————
IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from NEWUU Students' channel (Murodbek ISLAMOV)
Turli sohalarni mukammal o'rganish siri

"Yangi O'zbekiston" universitetida yurist, aktyor, yozuvchi va jurnalist Otabek Mahkamov bilan "Turli sohalarni mukammal o'rganish siri" mavzusida uchrashuv tashkil etiladi.

Uchrashuv vaqti: 4-may, 15:00 da
📍 Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti, UCA binosi 2-qavati

☑️ Turli xil sohalarni o'rganish va bu yo'lda muvaffaqiyatga erishish istagida bo'lgan barcha yoshlarni uchrashuvga taklif etamiz.

#uchrashuv

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#OʻzFA #akademik #uchrashuv

ILM-FAN YO‘LIDAGI SUHBATLAR


🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi, o‘quvchilar oʻrtasida “Yosh akademiklar” klublari tashkil etilishi alohida belgilab oʻtilgan.

❗️Mazkur farmon ijrosiga muvofiq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda O'zFA Fizika -Texnika Instituti bosh ilmiy hodimi, , fizika-matematika fanlari doktori, akademik Fathulla Habibullayevich Abdullayev bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuv maktabning 9-10-11-sinf o‘quvchilari bilan olib borildi. Akademik Fathulla Habibullayevich Abdullayev Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi , “Shuhrat “ medali sohibi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati hamda Al-Xorazmiy nomidagi medal bilan taqdirlangan, ilm-fan uchun juda katta hissa qo‘shgan fizik olimdir.

Uchrashuvda ilm-fan va ishlab chiqarish sohasidagi yangiliklar, ilmiy izlanishlar, iqtidorli yoshlarni ham ilmiy ishlar, loyiha va kashfiyotlar qilishlariga yo‘nalish berish hamda ustoz-shogird an’analarini davom ettirish lozimligi taʼkidlandi.

⁉️Muloqotda o‘quvchilar fizika sohasidagi yangiliklar bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham javob oldilar. Bunday suhbatlar kelajakka dadil qadam bosayotgan yoshlarimiz uchun, albatta ,manfaatli bo‘ladi.
_______
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#AJOU #uchrashuv #camp #tour

AJOU UNIVERSITETI BILAN
UCHRASHUV

🇺🇿🇰🇷Yurtimiz yoshlari orasida xorijiy universitetlarda o'qish istagini bildirayotgan o'quvchilar kundan kunga ortib bormoqda. Shunday istakdagi o'quvchilar bilan uchrashish maqsadida 2025-yilning 13-fevral sanasida Janubiy Koreya bilan hamkorlikda ochilgan AJOU universiteti masʼullari Muhammad al-Xorazmiy maktabiga tashrif buyurishdi!

💬Uchrashuv davomida mehmonlarimiz maktabimiz oʻquvchilari bilan suhbat qurishdi. Ushbu suhbat davomida o'quvchilar AJOU universitetiga hujjat topshirish jarayoni, universitet ichki hayoti haqida maʼlumotlarni qoʻlga kiritibgina qolmay, universitet tomonidan taqdim etilayotgan Koreyada o’qish imkoniyatlari haqida ham ma’lumotlarga ega boʻlishdi!

Uchrashuvda AJOU universitetining birinchi vise-rektori va Harvard universiteti bitiruvchisi Byung Kwan Kim hamda mutaxassislar qatnashishdi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM