Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.73K subscribers
9.89K photos
695 videos
138 files
3.02K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#OʻzFA #akademik #uchrashuv

ILM-FAN YO‘LIDAGI SUHBATLAR


🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari ishtirokida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi, o‘quvchilar oʻrtasida “Yosh akademiklar” klublari tashkil etilishi alohida belgilab oʻtilgan.

❗️Mazkur farmon ijrosiga muvofiq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda O'zFA Fizika -Texnika Instituti bosh ilmiy hodimi, , fizika-matematika fanlari doktori, akademik Fathulla Habibullayevich Abdullayev bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuv maktabning 9-10-11-sinf o‘quvchilari bilan olib borildi. Akademik Fathulla Habibullayevich Abdullayev Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi , “Shuhrat “ medali sohibi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati hamda Al-Xorazmiy nomidagi medal bilan taqdirlangan, ilm-fan uchun juda katta hissa qo‘shgan fizik olimdir.

Uchrashuvda ilm-fan va ishlab chiqarish sohasidagi yangiliklar, ilmiy izlanishlar, iqtidorli yoshlarni ham ilmiy ishlar, loyiha va kashfiyotlar qilishlariga yo‘nalish berish hamda ustoz-shogird an’analarini davom ettirish lozimligi taʼkidlandi.

⁉️Muloqotda o‘quvchilar fizika sohasidagi yangiliklar bilan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham javob oldilar. Bunday suhbatlar kelajakka dadil qadam bosayotgan yoshlarimiz uchun, albatta ,manfaatli bo‘ladi.
_______
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM