Forwarded from Fan olimpiadalari markazi (FOM)
GʻOLIBLAR TANTANALI KUTIB OLINDI
🏹 Ma’lumot uchun:
Ushbu olimpiadada 115 ta davlat ishtirok etdi.
🎉 Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin, yosh qahramonlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏26❤20🔥4❤🔥1🎉1
ULUG‘ ZAFAR – YANGI TARIX!
🇺🇿🇦🇺 Avstraliyada 66- Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etish uchun terma jamoa tarkibida Muhammad al- Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining uch nafar iqtidorli yoshlari yo’llanmani qo’lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
Matematika Olimpiadasida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan o‘quvchilarimiz bilan faxrlanamiz!
🥈Elbek Zohidjonov – 10-sinf o‘quvchisi – Kumush medal;
🥈Rasulbek G‘afforov – 10-sinf o‘quvchisi – Kumush medal;
🥉Ozodbek Axtamov – 11-sinf o‘quvchisi – Bronza medal.
⚡️Barchalari – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari!
Bu g‘alaba – ilmga sadoqat, tinimsiz mehnat va yuksak ustozlik maktabining yorqin samarasi!
Azamat o‘quvchilarimizni, ularning mehribon ota-onalarini, fidokor ustoz va murabbiylarni, butun maktab jamoasini chin qalbimizdan tabriklaymiz! Bu yutuq – o‘z mehnati, sabr-toqati va bilimga bo‘lgan yuksak intilishning amaliy isbotidir!
______
Telegram Facebook Instagram Web Youtube Linkedin

❤26👍15🏆5🔥1🥰1
TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN, AZİZ YURTBOSHIM! 🇺🇿
Yurt ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan islohotlar, xususan, ta’limga qaratayotgan e’tiboringiz uchun minnatdormiz.
Bugun yoshlarimiz xalqaro maydonlarda ham dunyo bilan bemalol tillashadigan va eng kuchli dunyoviy bilimlarda matonat bilan bellashadigan salohiyatga ega bo'ldi. Bularning sababchisi-Sizning rahnamoligingizdagi islohotlar hamda ularga bo'lgan yuksak ishonchingizdir.
Bugun Al-Xorazmiy avlodlari safida ta'lim olayotgan har bir yosh qalbida Vatanga muhabbat, shu yurt farzandi ekanligidan shukronalik va jonkuyar yurtboshi oldidagi ma'suliyat bor!
Bu ma'suliyat va ishonch yoshlarimizni Sizga munosib bo'lishga undaydi!
Biz Yangi O'zbekiston yoshlari-Sizning farzandlaringiz, Sizga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat va ulug‘ maqsadlar ro‘yobida zafarlar tilaymiz va doim Sizga qanot bo'lishga va'da beramiz!

❤27👍17👏4🔥1🥰1
#DKU #grant
BARDAVOM YUTUQLAR
🇺🇿 Avvalgi postlarda e’tirof etilgan va munosib yutuqlari bilan ajralib turgan maktabimizning 11-03 sinf bitiruvchisi Isayev Behruz nufuzli Duke Kunshan University Data Science yo‘nalishida 100 foiz grant asosida tahsil olish huquqini qo‘lga kiritdi.
🎓Duke Kunshan University — AQShdagi mashhur Duke University bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalqaro universitet bo‘lib, talabalarga dunyo miqyosidagi yetakchi professorlar bilan ishlash, zamonaviy tadqiqotlarda ishtirok etish va innovatsion ta’lim muhitida o‘qish imkonini taqdim etadi. Universitetning o‘quv dasturi Duke University standartlari asosida tuzilgan.
🧑🏻💻Behruz o‘quv jarayonidagi muvaffaqiyatlari bilan bir qatorda, darsdan tashqari faoliyati bilan ham ajralib turadi. U IELTS imtihonidan 7.0 ball, SAT testidan esa 1500 ball natijani qo‘lga kiritgan. Hozirda esa “Share” loyihasida SAT o‘qituvchisi sifatida faoliyat olib bormoqda.
Mehnatsevarligi va intiluvchanligi orqali katta natijalarga erishgan Behruzni samimiy muborakbod etamiz. Kelajakdagi yutuqlari yanada porloq bo‘lishiga ishonamiz!
_

🔥46👍26❤23🏆5🎉3
#KFUPM #grant
Elbek Rahimjonov – xalqaro sahnadagi navbatdagi muvaffaqiyatimiz!
🎓 Doimiy o‘rganishga chanqoq, ijodiy fikrlashi va tirishqoqligi bilan ajralib turuvchi maktabimiz bitiruvchisi Elbek Rahimjonov Saudiya Arabistonidagi nufuzli King Fahd University of Petroleum and Minerals (KFUPM) universitetiga muhandislik yo‘nalishi bo‘yicha 100% grant ($53,000) asosida o‘qishga qabul qilindi!
🛠 KFUPM – muhandislik va texnologiya bo‘yicha dunyoning yetakchi universitetlaridan biri bo‘lib, u o‘zining ilmiy-amaliy yondashuvi bilan tanilgan. Elbek esa endilikda ushbu xalqaro muhandislik jamoasining ajralmas bo‘lagiga aylanmoqda.
📚 Bu yutuq Elbekning faqatgina orzulari emas, balki bilimdonligi, qat’iyati va mehnatsevarligining natijasidir. U:
• SAT testida – 1510 ball,
• IELTS imtihonida – 7.5 ball to‘plab, yuqori natijalarga erishgan.
🥇 Shuningdek, u:
• Qo‘qon olimpiadasi (respublika bosqichi) g‘olibi,
• IT Marafon 2022 ishtirokchisi,
• “Pi ildizlari” tanlovi sovrindori hisoblanadi.
💫 Elbekni ushbu yuksak muvaffaqiyati bilan samimiy muborakbod etamiz! Ishonamizki, u hali ko‘plab cho‘qqilarni zabt etadi va yurtimiz nomini munosib tarzda dunyoga tanitishda davom etadi.

❤39👍30🏆6⚡3🔥3
Forwarded from 𝑺𝒉𝒂𝒎𝒔𝒉𝒐𝒅𝒃𝒆𝒌...
#NYU_Shanghai #grant
Katta yutuq – ulkan orzular sari dadil qadam!
🎓 IT sohasida chuqur bilim egallash va xalqaro miqyosda faoliyat yuritishni maqsad qilgan iqtidorli o‘quvchimiz Sayfiddinov Ja’farbek — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-02 sinf bitiruvchisi, xalqaro miqyosda yuksak muvaffaqiyatga erishdi.
⚡️ Jahonning eng nufuzli oliygohlaridan biri — New York University Shanghai (NYU Shanghai)ga Kompyuter fanlari yo‘nalishida 100% grant (264,800$) asosida o‘qishga qabul qilindi!
🔬 NYU Shanghai — global tafakkur, ilg‘or texnologik bilimlar va zamonaviy yechimlarni shakllantirishga xizmat qiladigan bilim maskanidir.
📖 Ja’farbek barcha fanlarni yuqori baholarga o‘zlashtirib, IELTS imtihonidan 7.0 ball natija bilan xalqaro miqyosdagi bilim darajasini isbotladi.
🚀 Yana ko‘plab yutuqlarga erishing, Ja’farbek! Biz siz bilan faxrlanamiz!

1❤61🎉16🏆13❤🔥9🍓2
#NYU_Shanghai #grant
NYU SHANGHAI—100 FOIZ!
🎓 O‘quvchilar orasida doimo ilg‘or bo‘lgan 11-05 sinf oʻquvchisi Iqboljon Anvarjonov maktabimizning navbatdagi yuksak natijaga erishgan yosh iqtidor egasidir. Har bir imkoniyatni rivojlanish uchun sarflagani sababli ham u New York University in Shanghai’ga 100% grant (272,000$) asosida o‘qishga qabul qilindi.
🏛 NYU Shanghai 2012-yil tashkil etilgan bo'lib, u New York University'ning Xitoydagi kampusi hisoblanadi. Ushbu universitet innovatsiya, tadqiqot va global ta’lim muhitini birlashtirgan va u yerda o‘qiydigan talabalarning barchasi bilimga doimiy sarmoya qiladiganlardir.
📚 Shuningdek, maktabimiz bitiruvchisi vaqtidan doim samarali foydalanib, yuksak ko‘rsatkichlarga erishgan, u IELTS imtihonidan 8.0 ball to‘plagani ham shular jumlasidandir.
💫 Iqboljonni yutuqlari bilan chin dildan tabriklaymiz va kelajagi porloq, orzulari cheksiz bo‘lishini tilab qolamiz!

❤41👍18🔥7❤🔥6🥰2
#DKU #grant
XALQARO SAHNAGA OCHILGAN ZAFARLI YO‘L!
🎓 Biz faxr bilan e’lon qilamizki, maktabimizning bilimga chanqoq, iqtidorli va tashabbuskor bitiruvchisi Farhodjon Mirzashirinov dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Duke Kunshan Universityda 100% grant asosida tahsil olish huquqini qo‘lga kiritdi!
📊 Duke Kunshan University — AQShning Duke University bilan hamkorlikda tashkil etilgan, Xitoyda joylashgan xalqaro universitet bo‘lib, u global miqyosda innovatsion ta’lim tizimi, chuqur ilmiy tadqiqotlar, ilg‘or professor-o‘qituvchilari va madaniyatlararo kampus muhiti bilan mashhur. Farhodjon endilikda ushbu xalqaro akademik platformada o‘z yo‘lini davom ettiradi!
🎯 Farhodjon nafaqat akademik jihatdan yuksak natijalarga erishdi, balki maktab hayotida ham faol ishtirok etdi:
• "TEDxAl-Khwarizmi" loyihasining hamtashkilotchisi
• "SELF" (Self-Empowerment & Leadership Forum) klubi asoschisi
• "Maktab mikrofoni" loyihasi hamasoschisi
⚡️ U shuningdek, IELTS imtihonidan 7.0 ball to‘plab, o‘zining ingliz tilidagi tayyorgarligini amalda isbotladi.
⭐️ Farhodning ushbu yutug‘i — uning yillar davomida olib borgan mehnati, qat’iyati va liderlik salohiyatining yorqin mevasi. Biz, maktab jamoasi, uning ushbu yuksak yutug‘idan g‘ururlanamiz va unga xalqaro maydonda ham yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!
📚 Ilm yo‘li — bu jasorat yo‘li. Farhod esa bu yo‘lda o‘z nurli izini qoldira boshladi.

8❤41👍20⚡8🏆7🔥1
MUHAMMAD AL-XORAZMIY MAKTABI PREZIDENTI XALQARO MAYDONDA!
🇨🇳🇺🇿 Muhammad al-Xorazmiy maktabi o‘quvchilar prezidenti Sardorbek Abdumanabov 6–12-iyul kunlari Xitoyning Pekin va Sian shaharlarida bo‘lib o‘tgan "Youth Development for a Shared Future" nomli xalqaro dasturda ishtirok etdi.
🌐 Ushbu dastur "Xitoy Soong Ching Ling" jamg‘armasi, Yoshlar uchun Soong Ching Ling nomidagi Xitoy ilm-fan va madaniyat markazi hamda Shaanxi provinsiya madaniy meros administratsiyasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, loyiha dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan iqtidorli yoshlarni bir joyda birlashtirdi.
📚 Dastur davomida Sardorbek Xitoyning texnologik markazlari, ilmiy muassasalari va madaniy meros maskanlarida bo‘lib, turli seminarlar va jamoaviy mashg‘ulotlarda faol qatnashdi.
🌟 Ushbu xalqaro safar Sardorbek uchun nafaqat individual rivojlanish, balki turli xalq vakillari bilan do‘stona aloqalarni mustahkamlash uchun unutilmas tajriba bo’lib, yoshlarning madaniy va global hamkorlik sari yana bir dadil qadami hisoblanadi.

❤24👍11⚡8❤🔥5🔥3