Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.73K subscribers
9.89K photos
695 videos
138 files
3.02K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#adiblar #xiyoboni #uchrashuv #Davron #Rajab #Maʻmura #Zahidova #Fozil #Farhod

ADABIYOT KUNLARI DAVOM ETMOQDA

🗓 2022-yil 5-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurishdi. Atoqli adiblarning haykallari qad ko’targan xiyobonni aylanib, G`ofur G`ulom haykali poyida “Adabiyot - xalqning yuragi” shiori ostida shoir ijodiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy va adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari: shoir Davron Rajab, shoira Ma`mura Zohidova, shoir Fozil Farhod va O‘z MTRKA vakillari ishtirok etdilar.

📝Shoir Davron Rajab so‘zga chiqib, she’riyat, adabiyot va G`ofur G`ulom she’riyati, shaxsiyati haqida o‘quvchilar bilan samimiy suhbatlashdi. Shoira Ma`mura Zohidova esa “Shum bola” qissasi haqida gapira turib, yozuvchi hayot yo`li bilan bog`lagan holda qiziqarli ma`lumotlar berdi. O’quvchilarga G`ofur G`ulom bilan bo‘lgan unutilmas xotiralardan so‘zlab berib, shoir she’rlaridan namunalar o‘qidilar. Shuningdek, tadbirga tojikistonlik ijodkorlar ham tashrif buyurishdi. Ular bilan o‘zbekistonlik bolalarga ta’lim sohasida yaratilgan imkoniyatlar haqida o’zaro fikr almashishdi. O`quvchilar tomonidan tayyorlangan she`rlar, sahna ko`rinishlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.



ДНИ ЛИТЕРАТУРЫ ПРОДОЛЖАЮТСЯ

🗓5 мая учащиеся специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми посетили "Аллею Писателей". Здесь у памятника Гафура Гуляма прошло духовно-просветительское и литературно-художественное мероприятие, посвящённое творчеству поэта под девизом "Литература - сердце народа". В мероприятии приняли участие члены Союза писателей Узбекистана: поэт Даврон Раджаб и Фозил Фарход, поэтесса Мамура Зохидова, также представители Уз НТРК.

📝Поэт Даврон Раджаб рассказал учащимся о поэзии, литературе, творчестве и личности Гафура Гуляма. Литературная деятельница Мамура Захидова рассказала о повести "Шум бола" и дала интересные сведения о жизни автора. Поделились с незабываемыми воспоминаниями о Гафуре Гуляме и прочитали образцы стихов поэта. В мероприятии также приняли участие таджикские искусствоведы. Они рассказали о созданных условий для нашей молодёжи по получению образования. У гостей остались огромные впечатлением от организованного мероприятия и выступлений, подготовленных учениками.‌‌

Telegram |Facebook |Instagram |Web