Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.73K subscribers
9.89K photos
695 videos
138 files
3.02K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#kitobxonlik #kitob #sharq #ziyokori #yarmarka #Muhammad #al #Xorazmiy #maktabi

📖Kitob - insonning haqiqiy do'sti. U bizning beminnat maslahatgo'yimiz.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda shu yilning 15-mart kuni kitobsevar o’quvchilari va ustozlari uchun “Sharq ziyokori” kitoblar markazi tomonidan kitob yarmarkasi tashkil etildi.


📚Ushbu yarmarkada maktab ustoz va o'quvchilari o’zlari uchun qiziqarli bo'lgan kitoblarni xarid qilishdi. Ular orasida turli xildagi badiiy asarlar, shaxsiy rivojlanish bo’yicha adabiyotlar, jahon bestsellerlari ham mavjud. bu tashabbus o'quvchi va ustozlarning kitobga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshiribgina qolmay, balki yosh kitobxonlarimizning qimmatli vaqtlari tejalishiga ham sabab bo'ldi, desak mubolag'a bo'lmaydi.



📖 Книга - верный друг человека. Она наша незаменимая ценность.

15 марта книжный центр «Шарк Зиёкори» организовал книжную ярмарку для любителей книг, учащихся и преподавателей специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразмий.

📚На ярмарке учителя и учащиеся приобрели интересные для них книги. Были представлены произведения на разные темы, литература для личного развития и мировые бестселлеры. Стоит отметить, что эта ярмарка не только повысила интерес учащихся и преподавателей к чтению, но и помогла юным читателям для приобретения новой литературы.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#adiblar #xiyoboni #uchrashuv #Muhammad #Yusuf #Iqbol #Mirzo #Bekpoʻlat #Said #Sobir #Oʻnar

ADABIYOT – XALQNING YURAGI

🗓2022-yil 29-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari “Adiblar xiyoboni”ga tashrif buyurishdi. Atoqli adiblarning haykallari qad ko’targan xiyobonni aylanib, Muhammad Yusuf haykali poyida “Adabiyot - xalqning yuragi” shiori ostida shoir ijodiga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy va adabiy-badiiy tadbir o‘tkazildi.

✔️Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari: O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, adib Sobir O‘nar, shoir Fozil Farhod, Bekpolat Said va O‘z MTRKA vakillari ishtirok etdilar.

O‘zbekistobn xalq shoiri Iqbol Mirzo so‘zga chiqib, she’riyat, adabiyot va Muhamad Yusuf she’riyati, shaxsiyati haqida o‘quvchilar bilan samimiy suhbat qildi. O‘quvchilarning savollariga javob berdi.

📝Adib Sobir O‘nar va Muhammad Yusufning eng kenja shogirdlaridan Bekpo‘lat Saidlar ham o’quvchilarga Muhammad Yusuf bilan bo‘lgan qiziqarli xotiralardan so‘zlab berib, shoir she’rlaridan namunalar o’qidilar.

O’quvchilar adabiy uchrashuvdan katta taassurot oldilar.



ЛИТЕРАТУРА – СЕРДЦЕ НАРОДА

🗓29 апреля учащиеся специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми посетили "Аллею писателей". В этом парке литературы, где установлены памятники известным писателям, прошло духовно-просветительское и литературно-художественное мероприятие, посвящëнное творчеству поэта Мухаммада Юсуфа под девизом "Литература – сердце народа".

✔️В мероприятии приняли участие члены Союза писателей Узбекистана: народный поэт Узбекистана Икбол Мирзо, писатель Собир Онар, поэты Фозил Фарход и Бекполат Саид, а также представители УзНТРК.

Народный поэт Узбекистана Икбол Мирзо поговорил с нашими учениками о поэзии, литературе, творчестве и личности Мухаммада Юсуфа, и ответил на вопросы учащихся.

📝Бекполат Саид, один из учеников Собира Онара и Мухаммада Юсуфа, поделился с учащимися своими воспоминаниями о поэте и прочитал стихи Мухаммада Юсуфа.

На учащихся этот литературный вечер и встреча с писателями оставили большое впечатление.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#Zahiriddin #Muhammad #Bobur

SHOH VA SHOIR IJODIGA BIR NAZAR

Bugun 2023-yil 14-fevral… Zahiriddin Muhammad Bobur 540 yoshda… Ko‘hna tarix sahifalarida 540 yil u qadar katta davr emas. Darhaqiqat, inson umri mazmuni uning miqdoriga emas, amaliga qarab belgilanadi. Zahiriddin Muhammad Bobur tariximizning yorqin siymolaridan biri sifatida ham shoirlik , ham shohlik, ham olimlik xislatini o’zida mujassam eta olgan buyuk iqtidor sohibidir. “ Boburnoma” nasriy asari orqali uning zukko, yaxshilik va go’zallikni qadrlovchi inson , “Xatti Boburiy”da ona til taqdiriga jonkuyar ma’rifatparvar, g‘azal va ruboiylarida esa hasb-u holni mohirona ifodalovchi ijodkor sifatida namoyon bo‘ladi.
__________
Har yerdaki gul bo‘lsa, tikon bo‘lsa, ne tong?!
Har qandaki may durdidan bo‘lsa, ne tong?!
She’rimda agar xazl, agar jid, kechurung,
Yaxshi borida agar yomon bo‘lsa, ne tong?!

Bobur ruboiylari tili soddaligi, mavzusi qalbga yaqinligi bilan jozibalidir.
_ _ _ _

ВЗГЛЯД НА ЖИЗНЬ ПРАВИТЕЛЯ И ПОЭТА

Сегодня 14 февраля исполнилось 547 лет со дня рождения Захируддина Мухаммад Бабура. 47 лет прожитой жизни не такой большой срок на страницах древней истории. На самом деле смысл жизни человека определяется не его количеством, а совершенными деяниями. Как один из ярких деятелей нашей истории, Захириддин Мухаммад Бабур - великая личность, способная воплотить поэзию, государство и науку. Он через свои произведения показал настоящую жизнь народа, в «Бабурнома» изобразил интеллигентного человека, ценящий добро и красоту, в «Хатти Бабурий» он выступил как просветитель, увлеченный судьбой родного языка, в своих газелях и рубаи он представлен как творец, умело выражающий свои чувства.
__________
Ты на чужбине — и забыт, конечно, человек!
Жалеет только сам себя сердечно человек.
В своих скитаньях ни на час я радости не знал!
По милой родине скорбит извечно человек.

Рубаи Бабура привлекательны простотой языка и близостью к сердцу.‌‌

✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zahiriddin #Muhammad #Bobur

Ayni kunlarda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda.
__________
Buyuk ajdodlarimiz merosini o'rganish, kelajak avlodga targ'ib qilish maqsadida kuni kecha maktabimiz informatika o'qituvchisi Saydaliyev Dilshodning Zahiriddin Muhammad Bobur ilmiy merosi va uning davlatni boshqarishdagi o'ziga xos strategiyasi haqida maqolasi e'lon qilindi. Ushbu maqolada Bobur va uning harbiy yurishlarida qo'llagan jang san'atlari,"Boburnoma" asari haqida qiziqarli ma'lumotlarni bilib olishingiz mumkin.

_ _ _

В эти дни в нашей стране широко отмечается 540-летие со дня рождения правителя и поэта Захириддина Мухаммад Бабура.
__________
В целях изучения наследия наших великих предков и популяризации его среди следующего поколения вчера была опубликована статья учителя информатики нашей школы Сайдалиева Дилшода о научном наследии Захириддина Мухаммад Бабура и его уникальной стратегии в управлении государством. В этой статье вы можете узнать интересную информацию о Бабуре и его боевых искусствах, которые он использовал в своих военных походах и описал в произведении «Бобурнома».

✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Zahiriddin #Muhammad #Bobur #Alisher #Navoiy

NAZMI MILLAT, YURAGI VATAN NAVOIYDAN POKLANAR IYMON!
🇺🇿 Millatimiz ma'naviyati va adabiyotining so‘nmas siymolari Mir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi yurtimizda keng nishonlanmoqda.

📹🎞 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirligan maktabda ham ikki ulug' siymo - Navoiy va Bobur hayoti va ijodini o'rganish maqsadida o‘quvchilari orasida 9-fevral kuni #Navoiy_day xeshtegi ostida, 14-fevral kuni esa #Bobur_day xeshtegi ostida chellenjlar tashkil etiladi.

Daholarning bebaho asarlari, ma'naviy mulki sanalgan ijodidan namunalar ijro etib tanlovda siz ham faol ishtirok eting.

🔗Tayyor videolarni telegram botga yuborishingizni so'raymiz.👈
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Zahiriddin #Muhammad #Bobur

BORI ELGA YAXSHILIG’ QILG’ILKI  MUNDINYAXSHI YO’Q…

📜Bugun, Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludining 542-yilligi munosabati bilan, uning boy merosini va ulkan xizmatlarini yod etib, barcha mehr-muhabbat va hurmatimizni izhor etamiz.

O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda o‘zining “Boburnoma” asarida mahorat bilan tasvirlagan go‘zal Farg‘ona viloyatining poytaxti Andijonda tug‘ilgan Bobur o‘zbek adabiyotida lirik janrlar rivojiga katta hissa qo‘shgan xassos shoirdir. Uning lirikasini g‘azal, ruboiy, qit’a, tuyuq, masnaviy va muammolar tashkil etadi. Bobur she`riyatida ona yurtga muhabbat, vatanni qo‘msash motivlari katta o‘rin egallaydi.

Zahiriddin Muhammad Bobur biz uchun mahobatli biryulduz. Uning zavqbaxsh umri hech qachon so‘nmaydi. Ana shu musaffo nur siz-u bizning ong va idrokimiz yorishuviga xizmat qiladi.
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM