15-fevral kuni man uchun yilning eng muhim konsert dasturi bo'ladi.
Mirshakar Humo arenada "Chempion" dasturi bilan hammamizni kuldiradi va o'ylashga majbur qiladi.
Aqlli (intellektual) yumori uchun Mirshakarni juda hurmat qilaman.
Biletlar iticketda sotuvda!
Chin ko'ngildan
#tavsuyu
@allaevuzb

Forwarded from Paiziev24
Малколм Гладуэллнинг “Talking to Strangers” китобини ўқимоқдаман. Китоб Сандра Бланд воқеаси билан бошланади.
2015 йилда Сандра Бланд Техасда полиция томонидан йўл ҳаракати қоидаларини бузгани учун тўхтатилди. Полиция ходими билан мулоқот жараёнида нотўғри тушуниш ва кескинлик юзага келиб, натижада Сандрани ҳибсга олишади. Уч кун ўтиб, у ҳибсхонада вафот этади.
Гладуэлл ушбу воқеа орқали таниш бўлмаган одамлар билан мулоқотдаги тизимли муаммоларни ёритиб беради. У полиция ходими Бландни шубҳали шахс сифатида қабул қилганини ва бу нотўғри қарорлар ортидан қайғули натижага олиб келганини кўрсатади.
Сандра қора танли эди. Шу вокеа “Black lives matter” харакати пайдо булишига сабаб вокелардан бири экан. Бу мисол орқали Гладуэлл таниш бўлмаган одамларга нисбатан фикр ва қарорларимизни қайта кўриб чиқиш зарурлигини таъкидлайди. Қандайдир ҳаракатлар ёки ташқи кўриниш инсоннинг аслини акс эттирмаслиги мумкинлигини уқтиради.
Бизнинг жамиятда ҳам умумлаштириш ёки ёрлиқ қўйиш кенг тарқалган. Масалан, миллатларга ажратиш, касби, жинси, кийиниши ёки туғилган жойига қараб хулоса чиқариш каби ҳолатлар.
@paiziev24

Siyosatda hissiyotga o‘rin yo‘q. Unda pragmatik bo‘lish muhim talab.
Afsuski, ko'pchilik siyosatchilarning nima qilganiga qarab emas, aksincha hissiy tomondan baholaydi.
Siyosatchining qanchalik buyuk bo‘lganligi uning qaysidir g‘oyaga yoki hissiyotga bog‘lab emas, aksincha natijalar bilan baholanadi.
Quyidagi mezonlar muhimroq hisoblanadi:
- Davlatchilikni mustahkamlash
- Iqtisodiyotni yuksaltirish
- Aholi farovonligini oshirish
- Ijtimoiy adolatni yaxshilash
- Kelajakdagi taraqqiyotga fundament yaratish
- Oldindan yaxshi ishlab kelgan tizimlarni yaxshilash, yomonini reforma qilish
va shu kabilar.
Umuman olganda, qabul qilib olganidan ko‘ra yaxshiroq davlat qoldirgan siyosatchi doim yaxshi siyosatchi hisoblanadi. Uning faoliyati siz yoki mani ideologiyamga mos bo‘lganlik darajasidan kelib chiqib baholanmaydi.
Baholashda ham natijalar bir yoki 10 kishining taqdiridan kelib chiqib emas, umumiy natijadan kelib chiqiladi. Deylik, bir rahbar kelganda real ishsizlik darajasi 7 foiz bo‘lsa-yu, u ketganda 4 foizga tushsa, demak u aynan shu KPI bo‘yicha yaxshi ishlagan bo‘ladi. Albatta, alohida taqdirlarni olsa, orasida ishsizlik kamaygan vaqtda ishsiz qolganlar, demak norozilar baribir topiladi.
O‘rtacha maoshlar ham shundan kelib chiqib baholanadi. Deylik, u rahbarligi davrida o‘rtacha maoshlar real inflatsiyadan tezroq o‘sgan bo‘lsa, bu borada u yaxshi ishlagan bo‘ladi. O‘rtada alohida shaxsning daromadi pasayishi kuzatilishi tabiiy holat.
Hissiy tomondan kelib chiqib baholaganda biz allaqachon aqliy tomondan va xolislikdan uzoqlashamiz. Shu uchun davlat darajasida natijalar baholashda mezon bo'lishi, ular doim ustun turishi kerak.
#mulohaza

Ажойиб бир китобда ўқиб қолгандим, актер Маклин Стивенсон қандай қилиб хотини уни "турмуш тузоғи"га туширганини айтиб берган: "У унга ёқишимни айтди".
Ҳазил тарзда айтилган инсон табиати ҳақидаги ҳақиқат. Ҳаммага мақтов ёқади. У рост ёки ёлғонлигидан қатъий назар. Тўғри қадриятли инсонлар мақтовни фақат чиндан ўйлагандагина айтишади.
Ҳозирги негатив ахборот замонида, сизга кимдадир нимадир ёқдими, манфаатсиз бўлса буни айтган маъқул деб ўйлайман. Бу билан сиз камида бир инсонни кайфиятини кўтарасиз, озгина бўлсада бахтли қиласиз. Сотувчи қизнинг жилмайиши, официантнинг муомаласи, ҳамкасбнинг янги соч турмаги, кимнингдир ҳамхўрлиги ёқдими, буни албатта айтинг. Ҳаёт шу самимийлик билан озгина бўлсада гўзалроқ бўлиб қолади.
Уйда бўлса яқинларингизга, фарзанд, аёлингиз, ота онангизга яхши кўришингизни ҳам айтиш эсдан чиқмасин.
#pozitiv

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Иккинчи Жаҳон урушида жангда ўлганлар фахр билан эсланади, аммо уруш ортида ўқ емасдан жон берганлар ҳам қаҳрамонлардир. Уруш олиб келган очарчилик ва қайғуни тарифлаш жуда қийин. Уруш даврида очарчилик фақат оддий халқ бошига тушганми?
Бу сонда Худди шундай канали Ленинград қамалидаги яширин маълумотлар ва дахшатлар билан бўлишади: https://youtu.be/J723_KeFTUQ?si=Sy41Rm-fk_w_4RLP

Man "Latte omili" kitobini o'qing deb hatto yalinib yurimman.
Moliyaviy savodxonlik bugun o'zbek millatini TOP 3 muammolaridan biri.
#dard
@allaevuzb
Moliyaviy savodxonlik bugun o'zbek millatini TOP 3 muammolaridan biri.
#dard
@allaevuzb
Mavzuni davom ettirsak, romantiklar va ayrim gumanitarlar baxt pulda emas deb aytishadi.
Pul hayotdagi eng muhim narsa bo‘lmasa-da, usiz chinakam va uzoq muddatli baxtga erishib bo‘lmaydi. Moliyaviy ahvolingizni tartibga solishga harakat qiling. Pulni qanday topishdan tashqari, qanday ishlatishni, qanday asrashni va koʻpaytirishni ham oʻrganing.
Bu hayotdagi eng muhim koʻnikmalardan biridir.
#pul
@allaevuzb
Pul hayotdagi eng muhim narsa bo‘lmasa-da, usiz chinakam va uzoq muddatli baxtga erishib bo‘lmaydi. Moliyaviy ahvolingizni tartibga solishga harakat qiling. Pulni qanday topishdan tashqari, qanday ishlatishni, qanday asrashni va koʻpaytirishni ham oʻrganing.
Bu hayotdagi eng muhim koʻnikmalardan biridir.
#pul
@allaevuzb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandlarim o’zbek tilini tushunmaydi. Boshqa davlatda yashasak ham ular o’zbek tilini bilishi muhim deb o’ylayman. O’zbekistonga kelganimizda ota-onam nevaralari bilan suhbatlashishda juda qiynalishadi- deydi Qo’shtirnoq podkastda Kanadada yashaydigan Farhod Fayzullayev.
Suhbatni to’liq ko’rmoqchi bo’lganlar uchun: https://youtu.be/uKHSjpH9v0s
#podcast

Yozuvchi Den Braun Robert Lengdon seriyasida yangi kitobini e'lon qildi.
Kitob premyerasi 9-sentyabr kuni yaʼni 09.09.2025ga koʻzlangan.
#kitob
@allaevuzb
Kitob premyerasi 9-sentyabr kuni yaʼni 09.09.2025ga koʻzlangan.
#kitob
@allaevuzb
Kitob o'qib turib, "normativ inflatsiya" so'ziga duch keldim. Bu norma va qoidalar ko'payganidan ular tartibga solishdan ko'ra halaqit beruvchi mexanizmga aylanishiga ishlatilar ekan.
Normativ inflatsiya yuz bersa ya'ni jamiyat yoki bizneslarga nisbatan normalar, qoidalar ko'payib ketsa bu rivojlanishga halaqit berishi, hatto mamlakatni bir necha o'n yil chuqur krizisga ham tushirishi mumkin.
Mualliflar keragidan ortiq tartibga solinishi Yevropa Ittifoqining iqtisodiy rivojlanishiga qanday salbiy ta'sir qilayotganligini tahlil qilishgan.
#lugat #biznes

Har kim oʻz bilimlari va ishonchlarini savol ostiga qoʻyib bilishi kerak. Shaxsiy rivojlanishning asosi shunga borib taqaladi. Adashishi, xato qilishi mumkinligini, ishonchlari xato boʻlishi mumkinligini bilgan, oʻzini savol ostiga qoʻyib bilgan odam izlanadi, oʻqiydi, soʻraydi, oʻrganadi.
Savol ostiga qoʻyish ilk va eng muhim bosqich.
#mulohaza
@allaevuzb
Savol ostiga qoʻyish ilk va eng muhim bosqich.
#mulohaza
@allaevuzb
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Қурултойчилар бу сафар ҳам қизиқ мавзуга қўл уришди. Кўриб турган лавҳаларингиз эса шу подкастдан бир парча холос.
У ерда сиз қайси ош мазалироқлигини, нон қачон пайдо бўлганини, анъаналаримизнинг асосий мазмунини ва атамаларнинг асл маъносини билиб оласиз.
Қурултой подкастининг ушбу сони ҳам, шубҳасиз, жуда мазмунли бўлди. Там бермай илож йўқ.
Албатта кўришингиз керак🔽https://youtu.be/nkiUVYofIU8?si=fZuT4xm7UiltYUJ1

Sigma podkastda kitoblar va boshqa mavzularda gaplashdik:
https://youtu.be/ZbDSgeNMhWw?si=v_vu_ID5FCsGgZGs
#podcast
@allaevuzb
https://youtu.be/ZbDSgeNMhWw?si=v_vu_ID5FCsGgZGs
#podcast
@allaevuzb
YouTube
O'zbek tilidagi eng yaxshi kitoblar | Firuz Allayev
#asaxiy #sigma #podkast #kitob
Podkastimizning navbatdagi sonida Asaxiy uz asoschisi Firuz Allayev bilan 2025-yilda o'zbek tilida chiqadigan kitoblar (Dyuna, Shantaram), tarjimadagi senzura, "Asaxiy Books" loyihasining moliyaviy holati, ta'limdagi test…

2025-yildagi ilk katta yangiligimiz "Asaxiy Plus" xizmati bo'ldi.
Obuna egalarini yuqori sifatli xizmat, chegirmalar va doimiy yoqimli takliflar kutadi:
⭐ Barcha buyurtmalarni O'zbekistonning xohlagan hududiga bepul yetkazib berish;
⭐ Saytdagi mahsulotlarga maxsus chegirmalar;
⭐ Asaxiy Books ilovasida barcha elektron va audio kitoblarni bepul o‘qish;
va oldinda yana yoqimli bonuslar bor.
Narxi:
Oylik obuna - 39 900 so‘m
Yillik obuna - 399 900 so‘m
Obunani shaxsiy kabinetingiz orqali faollashtiring va premium mijozlarimiz safiga qo‘shiling.
#asaxiy
@allaevuzb
Obuna egalarini yuqori sifatli xizmat, chegirmalar va doimiy yoqimli takliflar kutadi:
va oldinda yana yoqimli bonuslar bor.
Narxi:
Oylik obuna - 39 900 so‘m
Yillik obuna - 399 900 so‘m
Obunani shaxsiy kabinetingiz orqali faollashtiring va premium mijozlarimiz safiga qo‘shiling.
#asaxiy
@allaevuzb
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Salom Card — sizga kerakli karta
TBC UZ ilovasida komissiyasiz pul o'tkazing — istalgan kartadan Salom Card'ga va Salom Card'dan istalgan kartaga.
📲 TBC UZ ilovasida kartaga buyurtma bering. Chiqarishdan yetkazib berishgacha — hammasi bepul.
Reklama

Forwarded from Kun.uz | Расмий канал
Ўзбекистонда китоб ўқиган маҳкумларнинг жазо муддати қисқартирилиши мумкин
Қисқартирилмайдиган жазо муддатини ўтаётган маҳкумларга тасдиқланган рўйхат бўйича 1 та китоб ўқигани ва белгиланган имтиҳонни топширгани учун жазо муддати 3 кунга қисқартирилади. Бунда йилига кўпи билан 10 та китоб ўқиш мумкинлиги белгиланиши мумкин.
👉 https://kun.uz/kr/07162777
Kun.uz расмий канали

Forwarded from Асанов формати
Telegram'нинг ўзбек сегментида ҳуқуқ, санъат, илм-фан, ижтимоий ҳаёт, бизнес ва бошқа соҳаларга ихтисослашган энг фаол блогерларнинг каналларини тавсия қиламан. Бу каналлардан янги билимлар, қизиқарли фактлар, чиройли таҳлиллар топасиз.
Барча блогерларнинг каналларини битта ҳаволага жойлаб қўйдик. Уни босиб, истаганингизга ёки бирдан ҳаммасига обуна бўлишингиз мумкин.
Telegram'да кўп вақт ўтказсангиз, бу вақтни унумли сарфлашга ва фойдали маълумотлар олишга ҳаракат қилинг. Ушбу каналлар сизга мана шундай маълумот манбалари бўлиб хизмат қилади.
👉 https://t.iss.one/addlist/Ooa-0GJofrcxODgy

Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" romani 4 yoshga kirdi.
Shu munosabat bilan bugun Asaxiyda ajoyib aksiya - 80 000 so'mdan ortiq qilingan barcha buyurtmalarga "Qo'rqma" romanini qo'shib beramiz.
Aksiya, Toshkent shahridagi kitob do'konlarimizda va onlineda birdek amal qiladi.
#aksiya

Forwarded from Bektosh Khatamov
Орқа ҳовлини кўрсатинг.
Жуда кўпчилик бизнес қилганда фақатгина маҳсулот ёки хизматнинг тайёр ҳолатини кўрсатади, яъни кўпроқ яхши, сотиб олишга тайёр ҳолатни реклама қилишади, лекин бизнес жараённинг ўзи ҳам жуда қизиқ, яъни маҳсулот ёки хизматнинг охирги харидорга етиб борадиган ҳолатга келгунча бўлган ҳолати ҳам мижознинг эътиборини тортади.
Масалан, ресторан бизнесида овқатнинг хўрранданинг столига келгунча бўлган жараён, бозор қилиш, идишларнинг тозаланиш жараёни, ошпазларнинг таомни пишириш жараёни ва кўплаб бошқа орқа ҳовлидаги жараёнларни кўрсатиш мижозлар учун қиймат ярата олади.
Дейлик, бир репититор ўқитувчи бир дарсга тайёрланиш жараёни, ўқувчиларга бир маълумотни етказиш учун қанча изланишлар олиб бориши, қанча китоб титкилаши, интернетдан маълумотларни текширишини кўрсатиб бериши унинг ўқувчилари, яъни мижозлари олдида ҳурматини оширади.
Ёки қурилиш компанияси қурилиш жараёнини кўрсатиб бериши, қайси қурилиш материалларидан фойдаланиши, қандай мутахассислар ишлаши, ҳатто усталарнинг ётоқ жойлари, уларга яратилган шароитлар ҳам бўлажак ва жорий мижозлар учун жуда катта қиймат яратади.
Шунинг учун орқа ҳовлини кўрсатишдан қўрқманг, ўз маҳсулот ёки хизматингизни яратишдаги машаққатларни кўрсатиш сизга фақат фойдага ишлайди.
@bektoshkhatamov

Гуруч — организмга зарур энергия манбаи бўлиб, таркибида кўп углеводлар ва кам ёғлар мавжуд. У овқат ҳазм қилиш тизимини қўллаб-қувватлайди ва витаминлар билан тўлдиради. Гуруч, шунингдек, организмни тўғри ишлашига ёрдам берувчи минералларни, масалан, магний ва фосфорни ўз ичига олади.
Тўлиқ видеога ҳавола:
https://youtu.be/ya4wQ_bdr-M
Тўлиқ видеога ҳавола:
https://youtu.be/ya4wQ_bdr-M
Emotsional intellekt o'zi hayotda juda muhim-u, lekin biznesda u 2-3 karra muhim.
Nima xohlashini bilish va uni samimiy to'g'ridan-to'g'ri so'rash rivojlangan emotsional intellektning ko'rinishlaridan biridir.
Masalan, siz kimdandir nimanidir xohlaysiz yoki kutuv bor. Kuchli emotsional intellekt shakllangan odam borib to'g'ridan to'g'ri gapiradi, tushuntiradi, kutuvini aytadi. Xuddi shu holatda emotsional intellekt yaxshi shakllanmagan odam gapni o'raydi, to'g'ridan-to'g'ri emas, nimadirlar orqali imo-ishora qiladi, hatto sizni undash uchun ayyorona yo'llar qidiradi.
Hayotda boshqalarga to'g'ridan-to'g'ri, samimiy, turli emotsional sakrashlarsiz murojaat qilishni o'rganing. Ishoning, hayotingiz ancha osonlashadi.
#emotsionalintlellekt