Toshkentdagi barcha avtoturargohlardan foydalanish huquqini "Balcomuz" MCHJ sotib olibdi.
"Balcomuz" 120,15 milliard so‘m (9,8 million dollar) to‘lab, auksionda g‘olib bo‘lgan - bu boshlang‘ich narxdan ikki barobar ko‘p. 15-martdan boshlab Toshkentdagi barcha avtoturargohlar pullik bo‘ladi.
• Tariflar tumanga qarab farqlanadi: eng kami - soatiga 5000 so‘m, markazda esa - soatiga 12 000 so‘m.
Yaqin kelajakda aholining bir qismi shaharga ishga qatnashga taksi yoki jamoat transportiga o'tishi mumkin.
#biznes
@allaevuzb

Ilon Mask tarixda boyligi 400 milliard AQSH dollaridan o'tgan birinchi shaxsga aylandi. Bloomberg hozirda uning boyligini 447 milliard AQSH dollariga tengligini aytmoqda.
Mask AQSHda prezidentlik saylovlarida Donald Tramp nomzodini yaqindan qo'llab quvvatlagandi. Trampning saylovda g'alabasidan so'ng u AQSHda byurokratiya va davlat xarajatlarini kamaytirishga, unumdorlikni oshirishga qaratilgan DOGE tashkiloti rahbari bo'ldi.
Tramp saylangandan beri Maskning boyligi umumiy hisobda 136 milliard dollarga ko'paygan. Bu ko'payish eng ko'p Tesla aksiyalari narxining o'sishiga to'g'ri kelgan. Tesla aksiyalari hozirda 424 USDdan sotilmoqda.

Bon! kafelar tarmog'i 15 yoshga kiribdi. Bu haqida uRetail yozmoqda.
Ilk Bon! kafesi 2009-yilda Toshkent shahrida ochilgan. Bugungi kunda Bonning 25ta filiali Toshkent, Buxoro va Andijon kabi shaharlarda joylashgan.
2018-yilda kompaniya Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan (YTTB) 2 million dollar investitsiya jalb qilgan. Bon kafelari tegishli bo'lgan ABNMB Group kompaniyasiga Pizzeria Bella Napoli, Irish Pub & Restaurant, Afsona kabi brendlar ham tegishli.
So'nggi ma'lumotlarga ko'ra shahar bo'ylab keng tarqalayotgan Fretta kafelar tarmog'i ham aynan Bon! boshqaruvchilariga tegishli.
PS: Aynan Bon! bilan bog'liq manda juda qadrli xotiralar bor.

️Pavel Durov ma’lum qilishicha, Telegramda monetizatsiya joriy etilganidan buyon 3 yil ichida birinchi marta foyda keltira boshladi.
"Bu yil Telegram Premium obunachilari soni uch barobar oshib, 12 milliondan oshdi. Reklamadan keladigan daromadimiz ham bir necha barobar ko‘paydi. Natijada, 2024-yilda Telegramning umumiy daromadi 1 milliard dollardan oshdi va biz yilni kripto-aktivlarni hisobga olmaganda 500 million dollardan ortiq naqd pul zaxirasi bilan yakunlamoqdamiz," deya ta’kidladi Durov.

Menejmentni asosiy vazifalaridan biri - qiymat yaratish uchun harakatlarni muvofiqlashtirish.
Tarjimasi: Ko'proq pul ishlash uchun odamlarni birga harakatlantirish.
Menejmentning asosiy vazifalaridan biri - ko‘plab, biznes yoki korxona ko'lamiga qarab hatto yuz minglab odamlarning harakatlarini shunday muvofiqlashtirishki, ular birgalikda alohida-alohida erishganlaridan ko‘ra ko‘proq natijaga erishadilar.

Allaev Uz
2025-yil 1-yanvardan boshlab tugʻilgan bolalar yangi "beta avlod" vakillari boʻlishadi. Bu avlod boshqa avlodlardan sun'iy intellekt va avtomatlashtirish kundalik hayotiga kirib kelgan, ular bilan oʻsgan, ekologiyaga juda eʼtiborli avlod boʻladi. Bepul jamoat…
O'zi avlodlarga bo'lish nimaga kerak degan savol paydo bo'lishi mumkin.
Bu demografiya, sotsiologiya va marketing (biznes) uchun muhim. Shundan kelib chiqib jamiyat tahlil qilinadi.
Biznes va marketing jihatidan kelib chiqsak, avlodlarning iste'mol madaniyati, ma'lumot qabul qilishi o'z davriga xos muammo va texnologiyalarga qarab o'zgarib borgan. Biznes ham o'z auditoriyasini segmentatsiya qilganda, marketing kanallarini auditoriyadan kelib chiqib tanlaydi. Deylik, Gen Z va Gen Alpha televizor deyarli ko'rmaydi. Mijozlari asosan shu avloddan iborat bo'lgan bizneslar e'tiborni ko'proq boshqa marketing kanallariga qaratishadi. Aksincha, mijozlari asosan yoshi kattalar (Baby Boomer, Gen X) bo'lganlar, marketingni instagram va inflyuanserlarga qaratishi deyarli foydasiz.
Sotsiologiya, demografiya va siyosatda ham aholini segmentlashtirish ularning madaniyati va kundalik hayotiga mos xulosalar olish va qarorlar berish imkonini beradi.

Forwarded from Allaev Uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Бир млрд долларлик шартномага эришган одам ҳиссиётлари экан.
Стресс билан ўхшармикан деб ойлар давомида етиб келасан. Ўхшамаса нималар бўлишини ҳам яхши биласан. Переговорлар сўнгги босқичида игнани устида ўтиргандек ўтирасан ва ўхшайди. Воқеа бутун бизнес келажагини ўзгартиради.
Таниш ҳиссиёт.

Gazeta uzda "Nazorat" degan OAV jurnalistlari ovqatlanish tarmoqlarini qanday qilib kuydirishganini oʻqib achindim. Voqeaga koʻra, qasddan ovqatlar orasiga tarakan solinib, keyin uni tarqatish bilan qoʻrqitib pul talab qilingan.
Bugun 4ta ish oʻrni yaratib, soliq toʻlab, kundan kunga oshib borayotgan nazoratlardan oʻtib, jarima toʻlab biznes qilish shundoq ham oson emas. Bir nechta tadbirkorlar bizneslarni yopib pulni bankka qoʻyayotgan yoki uy-joy olib ijaraga berayotgan holatlarni ham koʻrdim.
Oʻzi shundoq ham oson boʻlmagan vaqtda, adolat himoyachisi boʻlgan, xalq ishongan jurnalist va blogerlar bu ishni qilishi achinarli. Reklama olishni, piarni, bor ana pulini olib yaxshi tomonini koʻrsatishni tushunaman, lekin aybi yoʻq tadbirkorni bunaqa shantaj qilish hech qanaqa professionalizmga toʻgʻri kelmaydi.
Keyin, juda koʻp hollarda sarlavha bilan manipulyatsiya qilinmoqda. Ichini oʻqisangiz butunlay boshqa narsa boʻladi. Bu ham biror etikaga toʻgʻri kelmaydi.
Shunchaki afsus

Kitob o'qib turib, "normativ inflatsiya" so'ziga duch keldim. Bu norma va qoidalar ko'payganidan ular tartibga solishdan ko'ra halaqit beruvchi mexanizmga aylanishiga ishlatilar ekan.
Normativ inflatsiya yuz bersa ya'ni jamiyat yoki bizneslarga nisbatan normalar, qoidalar ko'payib ketsa bu rivojlanishga halaqit berishi, hatto mamlakatni bir necha o'n yil chuqur krizisga ham tushirishi mumkin.
Mualliflar keragidan ortiq tartibga solinishi Yevropa Ittifoqining iqtisodiy rivojlanishiga qanday salbiy ta'sir qilayotganligini tahlil qilishgan.
#lugat #biznes