Allaev Uz
13.8K subscribers
1.7K photos
466 videos
16 files
1.87K links
www.asaxiy.uz internet-do'koni ( @asaxiyuz ) va Asaxiy Books nashriyoti ( @asaxiybooks ) asoschisi, tadbirkor.

Bog'lanish: [email protected]

Anonim murojaat: https://t.iss.one/questianonbot?start=332983-1839_605745778b

Reklama: @asaxiymedia
Download Telegram
Emotsional intellekt o'zi hayotda juda muhim-u, lekin biznesda u 2-3 karra muhim.

Nima xohlashini bilish va uni samimiy to'g'ridan-to'g'ri so'rash rivojlangan emotsional intellektning ko'rinishlaridan biridir.

Masalan, siz kimdandir nimanidir xohlaysiz yoki kutuv bor. Kuchli emotsional intellekt shakllangan odam borib to'g'ridan to'g'ri gapiradi, tushuntiradi, kutuvini aytadi. Xuddi shu holatda emotsional intellekt yaxshi shakllanmagan odam gapni o'raydi, to'g'ridan-to'g'ri emas, nimadirlar orqali imo-ishora qiladi, hatto sizni undash uchun ayyorona yo'llar qidiradi.

Hayotda boshqalarga to'g'ridan-to'g'ri, samimiy, turli emotsional sakrashlarsiz murojaat qilishni o'rganing. Ishoning, hayotingiz ancha osonlashadi.


#emotsionalintlellekt
@allaevuzb