Allaev Uz
14K subscribers
1.55K photos
387 videos
15 files
1.7K links
www.asaxiy.uz internet-do'koni ( @asaxiymarket ) va Asaxiy Books nashriyoti ( @asaxiybooks ) asoschisi, tadbirkor.

Bog'lanish: [email protected]

Anonim murojaat: https://t.iss.one/questianonbot?start=332983-1839_605745778b

Reklama: @asaxiymedia
Download Telegram
#iqtibos #kitob

Otni sug'orishga olib borish mumkin, lekin unga suvni majburlab ichirib bo'lmaydi.
"Asaxiy Books bestsellerlari" reytingimizning sentyabr oyi natijalari chiqdi. Reytingdan sentyabr oyida Asaxiy orqali Oʻzbekiston boʻylab eng koʻp sotilgan 20 kitob oʻrin olgan:


1. Tara Vestover: Talaba 
2. Jeyms Klir: Atom odatlar
3. Javlon Jovliyev: Qo‘rqma 
4. Mey Mask: Rejali ayol 
5. Jorj Oruell: 1984 
6. Mark Menson: Beparvolikning nozik sanʼati   
7. Brayan Treysi: Samaradorlikning 21 yo‘li 
8. Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar 
9. Kel Nyuport: Diqqat
10. Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari
11. Robert Grin: Mahorat 
12. Uolter Ayzekson: Stiv Jobs
13. Grant Kardon: Savdo sanʼati
14. Piter Hopkirk: Katta o‘yin
15. Jon G. Miller: SOS! Savol ortidagi savo
16. Deyl Karnegi: Do‘st orttirish va odamlarga taʼsir o‘tkazish xususida
17. Allan Dib: Bir varaqli marketing reja
18. Stiven R. Kovi: Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi 
19. Devid Bax, Jon Devid Mann: Latte omili
20. Ernest Xeminguey: To‘qchilik va yo‘qchilik
 
#kitob
@allaevuzb
"Asaxiy Books bestsellerlari" oktyabr oyi reytingi chiqdi:

1. Tara Vestover: Talaba 
2. Brayan Treysi: Samaradorlikning 21 yo‘li 
3. Jeyms Klir: Atom odatlar 
4. Javlon Jovliyev: Qo‘rqma 
5. Kel Nyuport: Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari 
6. Kleyton  M. Kristenson, Efosa Ojomo, Karen Dillon: Farovonlik paradoksi 
7. Jorj Oruell: 1984 
8. Mey Mask: Rejali ayol. Baxtli hayot qoidalari 
9. Malkolm Gladuell: Zukkolar va landavurlar 
10. Jorj Oruell: Molxona 
11. Daron Ajemo‘g‘li, Jeyms A. Robinson: Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari
12. Mark Menson: Beparvolikning nozik san’ati  
13. Ato Hamdam, Leonid Chigrin: Yapon zobiti. Yutaro Todaning asirlikda boshdan kechirganlari
14. Jon G. Miller: SOS! Savol ortidagi savo 
15. Rey Bredberi: Farengeyt bo‘yicha 451º
16. Devid Bax, Jon Devid Mann: Latte omili. Moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari 
17. Piter Hopkirk: Katta o‘yin. Ikki imperiya to‘qnashuvi 
18. Uolter Ayzekson: Stiv Jobs 
19. Stiven R. Kovi: Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko‘nikmasi  
20. Klaus Shvab: To‘rtinchi sanoat inqilobi


#kitob
@allaevuzb
Har kim oʻz qiziqqan yoʻnalishidan kelib chiqib bizni u yoki bu yoʻnalishda koʻp kitob chiqarishda ayblashadi. Oldin koʻp biznesga oid kitob chiqarishda ayblashsa, hozir koʻproq ilmiy ommabopda ayblashyapti. Aslida vaziyat qanaqa? Asaxiy qanaqa kitoblar chiqardi?

#kitob
@allaevuzb
"Asaxiy Books"da ajoyib premyera.
Esingizda bo'lsa, 2021-yil adabiyot bo'yicha Nobel mukofotini musulmon yozuvchisi Abdurazzoq Gurna qo'lga kiritgan edi. Biz bo'lsa uning eng mashhur "Jannat" romanini o'zbek tilida taqdim etishdan xursandmiz.

Abdurazzoq Gurnaning bu romani inglizlar mustamlaka Afrikada aholini o‘z yeridan haydab chiqarayotgan va nemislar qit'a bo'ylab temiryo‘l qurishni rejalashtirayotgan davr hayoti asosida yozilgan.

Romanda voqealar bosh qahramon, 12 yoshida otasining qarzi uchun qullikka berib yuborilgan afrikalik bolakay - Yusufning tilidan hikoya qilinadi. Yusufning sayohatlari, uning bolalarcha sevgisi yoki qabilalarning hayoti deysizmi - barcha-barchasi sizda ayni davrda, ular bilan birga yashayotgandek taassurot uyg‘otadi.

Bir narsani aytish kerak, "Xalq banki" ko'magisiz bu kitob Asaxiyda hech qachon tarjima qilinmasligi mumkin edi. Shu uchun bank jamoasiga butun Asaxiy jamoasi nomidan minnatdorchilik bildiraman.

Muqova: fleksibl
Narx: 70 000 som 50 000 so‘m
Sahifa: 252 bet
Birinchilardan bo‘lib buyurtma bering: asaxiy.uz/u/jannat

* Tasavvur doirasini kengaytirish uchun kuniga ikki mahal kitob o’qish tavsiya etiladi.

#kitob
@allaevuzb
Best-Book nashriyoti Rossiyalik yozuvchi Goʻzal Yaxinaning "Samarqandga yoʻl olgan eshelon" (Эшелон на Самарканд) romanini oʻzbek tilida chop etibdi.

https://asaxiy.uz/u/eshelon

#kitob
@allaevuzb
Har yili bayram arafasida turli xil korporativ yoki o'zaro sovg‘alar berish urf-odatga aylanib ketgan.

Kimdir mevalardan savat qiladi, kimdir turli korporativ promolar yoki maishiy texnika sovg‘a qiladi. Biz elektr choynak yoki oddiyroq mikroto‘lqinli pech puliga 20ta kitobdan iborat "Yil Bestsellerlari 2024" to‘plamini taklif qilyapmiz. Bu hamkorlarga, xodimlarga, yaqinlarga, maktab yoki ta'lim dargohlariga, ustozlarga qadrli sovg'a bo'lishi mumkin.


Nima uchun bu to‘plam ajoyib sovg‘a?

Meva yoki maishiy texnikadan farqli ravishda, kitob hozir noodatiy sovg'a hisoblanadi. U uzoqroq muddat javonlarda qoladi, insonlarga bilim va yangi qarashlar berishi mumkin. Bu kimlardir yana kitob o'qib boshlashiga yaxshi sabab ham bo'lishi mumkin.

Undan tashqari bu xarid sovg'adan tashqari sizda kitob sohasida davom etayotgan ishimizni qo'llab-quvvatlash imkonini beradi. Biz sizning ko'magingiz evaziga xalqimizning dunyoqarashini o'zgartirish, hayotini osonlashtirish, yaxshiroq kelajakka undash uchun ishlashda, loyihani rivojlantirishda davom etamiz.

Va ishoning, oson bo'lmagan yilni yaxshi tugatib olishimiz uchun bu xarid sezilarli yordam bo'ladi.

To'plamni, 20 foizlik chegirma bilan 899 000 So'mdan xarid qiling.
Xaznachilar baraka topishsin, ular bilan kelishib "Xazna nasiya" orqali olti oyga hech qanaqa komissiyasiz muddatli to'lov ham taklif qilyapmiz.

Buyurtma bering, biz bo'lsa O'zbekistonning xohlagan hududiga yetkamiz: https://asaxiy.uz/product/asaxiy-books-yil-bestsellerlari-2024-tuplami

#kitob
@allaevuzb
Eng yoqtirmaydigan narsalarimdan biri kitoblarni aniq maqsad bilan nimadir beradi deb o'qishdir.
Bu necha yillar davomida noto'g'ri olib borilgan kitob targ'iboti natijasi deb bilaman.


Professional, ilmiy yoki darslik bo'lmagan kitoblar nimadir aniq maqsad bilan o'qilmaydi. Ayniqsa, badiiy kitoblar. Ular miyaga dam berishning yana bir yaxshi yo'lidir. Xuddi yaxshi kino, sayr va boshqa dam olish vositalari kabi. Shunchaki maza qilib o'qiysan va mulohaza qilasan.

Kitob o'qish jarayonida miyada yangi to'qimalar shakllanishi, mantiq va fantaziya yaxshilanishi, so'z boyligi oshishi, hayotni yaxshiroq tushinish, fokus yaxshilanishi, uyqu sifati oshishi kabi o'nlab bonuslari bor.

Lekin, badiiy kitoblar bu bonuslari uchun ham emas, shunchaki o'qiladi.
Kitob o'qidim degan odamga, bu kitob senga nima berdi deb turib baholash xato deb o'ylayman.

Yangi yilda professional kitoblardan tashqari shunchaki o'zingiz uchun maza qilib badiiy kitoblarni o'qing. Odat qilsangiz, maza qilasiz.

#kitob
@allaevuzb
Yangi yilda O‘zbekistonliklar qanaqa kitoblarni o‘qishdi?

Bayram kunlarida bu yili 6 kun dam olish imkoni bo‘ldi. Shu kunlarda O‘zbekistonda qaysi kitoblar ko‘proq o‘qilganligini Yandex Plus orqali bilsak bo‘ladi.

Yandex foydalanuvchilari yaxshi bilishadi, Yandex Plus obunasini olinsa, u orqali Yandexning hamma xizmatlarini chegirma asosida ishlatish mumkin. Plus ichiga qo‘shimcha to‘lovsiz kitoblar (Yandex Books), musiqa (Yandex Music) va kinolar (Kinopoisk) ham qo‘shilgan.

Yandex bergan ma’lumotlarga ko‘ra shu kunlari motivatsion, moliyaviy savodxonlik, liderlik haqida kitoblar ko‘proq o‘qilgan. Kitoblar orasida “Boy ota, kambag‘al ota”, “Befarqlikning nozik san’ati” kabi hatto kitob o‘qimaydigan odamlarga ham tanish kitoblar bor.

Shuningdek, shu kunlari bolalar kitoblari ham ko‘p o‘qilgan.

Eng ko‘p o‘qilgan kitoblar:

1. Даниэль Канеман «Думай медленно… Решай быстро», 2011

2. Джордж Самюэль Клейсон «Самый богатый человек в Вавилоне», 1926

3. Марк Мэнсон «Тонкое искусство пофигизма. Парадоксальный способ жить счастливо», 2016

4. Роберт Тору Кийосаки, Шэрон Лехтер «Богатый папа, бедный папа», 1997

5. Дэвид Кэмерон Джиканди «Счастливый карман, полный денег. Формирование сознания изобилия», 2001

6. Роберт Грин «48 законов власти», 1998

7. Джен Синсеро «НИ СЫ. Будь уверен в своих силах и не позволяй сомнениям мешать тебе двигаться вперед», 2013



Eslatib o'taman, yaqinda "Asaxiy Books" chiqargan kitoblarni ham Yandex bilan shartnoma qilib, ularning ilovasiga elektron va audio shaklda qo'shgandik.

#kitob
@allaevuzb
Yozuvchi Den Braun Robert Lengdon seriyasida yangi kitobini e'lon qildi.
Kitob premyerasi 9-sentyabr kuni yaʼni 09.09.2025ga koʻzlangan.

#kitob
@allaevuzb