XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.62K subscribers
7.39K photos
1.04K videos
9 files
4.72K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr_agentligi #xususiylashtirish

“Қишлоқ хўжалигига мўлжалланмаган ер участкаларини хусусийлаштириш тўғрисида”ги Қонунга кўра

Қуйидаги ерлар хусусийлаштирилиши мумкин:

🔹юридик шахсларга тадбиркорлик ва шаҳарсозлик учун берилган ерлар;
🔹фуқароларга якка тартибда уй-жой қуриш ва уй-жойни ободонлаштириш, тадбиркорлик ва шаҳарсозлик учун берилган ерлар (илгари ЯТТларнинг хусусийлаштирилиши назарда тутилмаган);
🔹хусусийлаштириладиган давлат объектлари жойлашган ерлар (илгари бу рухсат берилмаган);
🔹бўш турган ерлар.

Ер участкалари қуйидаги шаклларда хусусийлаштирилади:
📝 умрбод эгалик қилиш ҳуқуқи асосида тегишли бўлган ерни сотиб олиш;
💻ерни электрон онлайн-аукцион орқали сотиб олиш.

Қуйидагилар хусусийлаштиришни рад этиш учун асос ҳисобланади:
хусусийлаштириш учун асос мавжуд эмаслиги;
ерга нисбатан тугалланмаган суд ишларининг мавжудлиги;
ерда жойлашган кўчмас мулкка қўйилган тақиқнинг ёки хатловнинг мавжудлиги;
аҳоли пунктларининг тасдиқланган бош режаларида, аҳоли пункти лойиҳаларида хусусийлаштиришга монелик қиладиган маълумотларнинг мавжудлиги;
давлат ва жамият эҳтиёжлари учун ер участкаларини олиб қўйиш тўғрисида қарор мавжудлиги;
хусусийлаштириладиган ер участкасини сотишга ёки бошқача тарзда ўзга шахсга ўтказишга нисбатан тақиқнинг мавжудлиги;
аризада нотўғри, бир-бирига зид бўлган ёки бузиб кўрсатилган маълумотлар аниқланганлиги;
хусусийлаштириладиган ер пули тўланмаганлиги.
Салбий қарор асослантирилган шаклда бўлиши шарт.

📌Бўш турган ер участкалари электрон онлайн-аукцион орқали хусусийлаштирилади.

🕐 Ерга бўлган мулк ҳуқуқи учун давлат ордери ер учун тўлов қилинганидан сўнг 1 иш кунида Давлат активларини бошқариш агентлиги томонидан берилади.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️O‘zbekistonda yerlarni xususiylashtirish boshlandi ▫️

🔰Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun O‘zbekiston fuqarolari va yuridik shaxslari Davlat aktivlarini boshqarish agentligining «Yerxususiylashtirish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali murojaat qilishlari mumkin.

🔰 Bunda yer maydonlari fuqarolarga doimiy foydalanish, ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida xususiylashtirib beriladi. Odamlardan arizalar allaqachon kelib tushishni boshlagani va dastlabki orderlar o‘z egalariga Davaktiv agentligi tomonidan tantanali topshirilganligi aytilmoqda.

🔰 Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahri, “Yog‘ bozori” MFY, O. Maxmudov ko‘chasi 27-uyda yashovchi fuqaro P.Muxamadievga qarashli meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan 271 kv.m yer maydoniga fuqaroning tegishli arizasiga muvofiq mulk huquqini beruvchi eng birinchi davlat orderi rasmiylashtirilgan.

🔰 Shaffof “E-auksion” elektron auksion savdolarida ishtirok etib g‘olib bo‘lgan “SAM-MAROQAND-OIL” MChJ birinchi raqamli “Yer uchastkasiga mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi” sohibi bo‘ldi».

#DavKadastrPalata #auksion #xususiylashtirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishda “YERXUSUSIYLASHTIRISH” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyat boshqarmasiga bugungi kun holatiga viloyat bo‘yicha jami 11 081 ta ariza kelib tushgan bo'lib, shundan 315 tasi jarayonda, 6 717 tasi ijobiy xulosa olgan va 4 049 tasi rad etilgan.

#Kadastr #Xorazm #Xususiylashtirish

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali ariza tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida o‘rganadigan ma'lumotlari

🔰Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali yer uchastkasining topografik xaritasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandida belgilangan muddatlarda topografik rejani tayyorlaydi.

🔰Yer uchastkasi va unga tutash hududning topografik rejasini tayyorlash uchun to‘lov summasi bir gektar yer maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari hisobidan kelib chiqib (bir kvadrat metrgacha bo‘lgan aniqlikda) hisoblanadi va yer uchastkasini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.

#yer_uchastkasi #xususiylashtirish #foto #infografika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
YER UCHASTKALARINI XUSUSIYLASHTIRISHNING ASOSIY PRINSIPLARI

🔰Huquqiy asos:
“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ – 728-son Qonunining 4-moddasi

#yer_uchastkasi #xususiylashtirish #foto #infografika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mahalla telekanali orqali namoyish etiladigan “MINBAR” tok-shousininng mazkur soni “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi doirasida “Yer xususiy mulkka aylanmoqda” mavzusiga bag‘ishlanib, unda Kadastr agentligi Yuridik boshqarmasi bosh yuristkonsulti Farhod Xudoyorov o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

#Referendum #Kadastr #Yer #Xususiylashtirish

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube