XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.62K subscribers
7.38K photos
1.04K videos
9 files
4.72K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
📌O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksining 8-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining yer fondi toifalari 8 toifaga bo‘linadi.

#kadastr #foto_ma'lumot

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
KO‘CHMAS MULK OBYEKTIGA KADASTR PASPORTINI BERISH

Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:

🔹ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

🔹yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

🔹ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

🔹o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

Kadastr pasportining shakllari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq turlar bo‘yicha belgilanadi.

🔶Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 1-ilova bilan “Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” tasdiqlangan.

#kadastr #foto_ma'lumot #infografika

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
📌O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksining 8-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining yer fondi toifalari quyidagi 8 toifaga bo‘linadi:

🔹qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar;

🔹aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari;

🔹sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar;

🔹tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar;

🔹tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar;

🔹o‘rmon fondi yerlari;

🔹suv fondi yerlari;

🔹zaxira
yerlar.

#kadastr #foto_ma'lumot

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARIGA BO‘LGAN HUQUQLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH

Ko‘chmas mulk obyektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish — yuridik va jismoniy shaxslarning, jumladan bitimlar asosida yuzaga keladigan ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarining vujudga kelishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishini (yuklanishini), bekor bo‘lishini tan oladigan hamda tasdiqlaydigan huquqiy hujjat.

🔹Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelishi, boshqa shaxslarga o‘tishi va bekor bo‘lishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

🔹Yer yuzida, yer tepasida va yer ostida joylashgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi, xo‘jalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi, bu huquqlarning vujudga kelishi, o‘zga shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor qilinishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

🔹Yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘p yillik dov-daraxtlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

🔹Ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma notarial tartibda tasdiqlanishi kerak (bundan birlamchi bozordan olinadigan ko‘chmas mulk olish chog‘idagi ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma mustasno) va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

🔶Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil
29-dekabrdagi 1060-son qarori.

#kadastr #foto_ma'lumot #infografika

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARINING DAVLAT KADASTRI SOHASIDA DAVLAT XIZMATLARI NARXLARI

🔰Hukumatning 2014-yil 10-iyuldagi 186-sonli qarori bilan Ko‘chmas mulk obyektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibi tasdiqlangan.

#kadastr #foto_ma'lumot #infografika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini tayyorlash muddatlari

Huquqiy asos:
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 1-Ilova.

#kadastr #foto #infografika

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Kadastr pasportining shakllari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq turlar bo‘yicha belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 1-Ilovasiga asosan Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.

#kadastr_pasport #foto #infografika

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
🔹Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari🔹

Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

🔰Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 1-ilova 16-bandi

#kadastr_pasport #foto #infografika

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti rasmiylashtirish yoki qayta rasmiylashtirish hollari


🔰Huquqiy asos:
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 1-ilova 4-bandi

#kadastr_pasport #foto #infografika

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmalari Axborot xizmati
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
🔷TURAR JOYNI NOTURAR JOYGA O'TKAZISH UCHUN RUXSATNOMA BERISH HOLLARI🔷

Quyidagi hollarda rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi:

🔻binolarning mustahkamligi va zilzilabardoshliligiga taʼsir qiluvchi yuk ko‘tarib turuvchi qismlarining o‘zgarishiga olib kelmaydigan qayta rejalashtirish (ko‘p kvartirali uydagi joylarni qayta rejalashtirish bundan mustasno);

🔻poydevor maydonini o‘zgartirmasdan yengil turdagi qurilmalar va vaqtinchalik qurilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish.

Bunda loyiha hujjatlari tuman (shahar) qurilish bo‘limlari bilan (arxitektura rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqmasdan) kelishiladi. Obyektni foydalanishga qabul qilish talab etilmaydi.

🟢Ruxsatnoma tuman (shahar) qurilish bo‘limlari tomonidan beriladi.

🔰Huquqiy asos: Vazirlar
Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga 2-ilova

#ruxsatnoma #foto #infografika

Ijtimoiy
tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
🔷QUYIDAGI HOLLARDA REKONSTRUKSIYA QILISH UCHUN RUXSATNOMA TALAB ETILMAYDI🔷

🔹binolarning mustahkamligi va zilzilabardoshliligiga taʼsir qiluvchi yuk ko‘tarib turuvchi qismlarining o‘zgarishiga olib kelmaydigan qayta rejalashtirish (ko‘p kvartirali uydagi joylarni qayta rejalashtirish bundan mustasno);

🔹poydevor maydonini o‘zgartirmasdan yengil turdagi qurilmalar va vaqtinchalik qurilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish.

Bunda loyiha hujjatlari tuman (shahar) qurilish bo‘limlari bilan (arxitektura rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqmasdan) kelishiladi. Obyektni foydalanishga qabul qilish talab etilmaydi.

🟢Ruxsatnoma tuman (shahar) qurilish bo‘limlari tomonidan beriladi.

🔰Huquqiy asos: Vazirlar
Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga 2-ilova

#ruxsatnoma #foto #infografika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali ariza tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida o‘rganadigan ma'lumotlari

🔰Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filiali yer uchastkasining topografik xaritasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 8-bandida belgilangan muddatlarda topografik rejani tayyorlaydi.

🔰Yer uchastkasi va unga tutash hududning topografik rejasini tayyorlash uchun to‘lov summasi bir gektar yer maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari hisobidan kelib chiqib (bir kvadrat metrgacha bo‘lgan aniqlikda) hisoblanadi va yer uchastkasini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.

#yer_uchastkasi #xususiylashtirish #foto #infografika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
YER UCHASTKALARINI XUSUSIYLASHTIRISHNING ASOSIY PRINSIPLARI

🔰Huquqiy asos:
“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ – 728-son Qonunining 4-moddasi

#yer_uchastkasi #xususiylashtirish #foto #infografika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube
DAVLAT YER KADASTRINING TARKIBIY QISMLARI

🔰Huquqiy asos:
Vazirlar Mahkamasining 22.06.2021-yildagi “Davlat kadastrlarini yuritish sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 389-son qarori bilan tasdiqlangan 1-ilova

#davlat_yer_kadastri #yer #kadastr #foto #infografika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram l Instagram l Facebook l Youtube