XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.72K subscribers
8.34K photos
1.16K videos
9 files
5.26K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️Kadastr agentligi va LX konsorsiumi o‘rtasida 29-iyul kuni “O‘zbekistonda Milliy fazoviy axborot salohiyatini kompleks mustahkamlash tizimini tashkil etish” loyihasining joriy holati yuzasidan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

💬Uchrashuv kun tartibidan:

Grant loyihasining 3-bosqichida 🇰🇷Koreya Yer, infratuzilma va transport vazirligi tomonidan ⭐️Agentlikka beg'araz taqdim qilinadigan 500 ming AQSH dollari miqdordagi geodezik o’lchov asbob-uskunalari, qo’shimcha server qurilmalari, dronlarni qabul qilib olish va yetkazib berish muddatlari;

Sun'iy idrok yordamida o'zgarishlarni aniqlash va yer nazorati” o’quv kursining qamrovi, o’quv kursining amaliyot qismida qo’llaniladigan qayta ishlanuvchi aerosuratlarga bo’lgan talablar;

Malaka oshirish markazi va o'quv dasturi master planini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_Kadastr #xatlov #Qonun_937

XORAZM VILOYATIDA XATLOV ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA

📍 Xorazm viloyatida mulk huquqlarini aniqlash va tartibga solish bo‘yicha xatlov jarayonlari jadallik bilan davom etmoqda.

✔️Kadastr xodimlari Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-937-son Qonuni asosida belgilangan hududlarda xatlov ishlarini olib bormoqda.

Jarayon davomida to‘plangan barcha ma’lumotlar "E’tirof" axborot tizimiga kiritilib, 10 dan ortiq vakolatli tashkilotlardan iborat Komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi va tegishli xulosa beriladi.

*️⃣ Fuqarolar uchun muhim ma’lumot!
Mahallalardagi xatlov sanasini Kadastr.uz saytidan bilib olish mumkin. Xatlov natijalari bo‘yicha o‘zlariga tegishli obyekt haqidagi ma’lumotlar esa "E’tirof" axborot tizimida joylashtiriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🖍Joriy yilning 30-iyul sanasidan boshlab 🌟Kadastr agentligi taklifiga binoan koreyalik ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan “Sun'iy idrok yordamida o'zgarishlarni aniqlash va yer nazorati” o’quv kursiga start berildi.

📰Mazkur kurs– “O‘zbekistonda Milliy fazoviy axborot salohiyatini kompleks mustahkamlash tizimini tashkil etish” grant loyihasi doirasida ishlab chiqilgan bo’lib, darslar koreyalik ekspertlar tomonidan olib boriladi.

📄 O‘quv kursidan maqsad – sunʼiy intellekt (AI)ning asosiy tushunchalarini o‘zlashtirish, Aerofotodan foydalangan holda binolarni ajratib olish va yer monitoringi bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirish, amaliy ish faoliyatiga mos ravishda ish tartibini takomillashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha salohiyatni oshirish hisoblanadi.

Jami 102 soatdan tashkil topgan o’quv kursi 3 bosqichda, Agentlik tarkibiy tuzilmasidagi yer va kadastr nazorati boshqarmasining markaziy va hududiy boshqarmalaridan jalb qilingan xodimlari, IT va GIS mutaxassislari, dron operatorlari va xaritashunoslar ishtirokida amalga oshiriladi.


👀Ko‘nikmalar kelgusida noqonuniy qurilmalarni monitoring qilish jarayoniga sun’iy idrokni joriy qilish, yer nazorati sohasida zamonaviy texnologiya va instrumentlardan foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur yo‘nalishdagi ish jarayonlarini optimizatsiya qilishdagi tashabbusli qadamlardan biri hisoblanadi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧠 #Bilasizmi? #Savol_Javob
Savol: Men tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun auksiondan yer maydoni yutib oldim. Mazkur yer uchastkasiga kadastr hujjatini shakllantirsam bo‘ladimi?
Anonymous Quiz
10%
Yo‘q, faqat davlat tashkilotlari hujjat rasmiylashtiradi
8%
Faqat qurilish tugaganidan keyin bo‘ladi
6%
Bo‘ladi. Arizani faqat notarius orqali berish kerak
75%
Bo‘ladi. Arizani my.gov.uz yoki DXM orqali topshirish mumkin.
#Xorazm_Kadastr #Bilib_Oling

Quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

🖥so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
🏢 ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;
*️⃣ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;
✔️vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.
❗️Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

📱 Telegram 📱 Instagram
📱 Facebook I 📱Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌏 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk obyekti raqami ko‘rsatkichini o‘rnatish tartibi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi hamda u asosida Nizom tasdiqlandi.

📖 Nizom bilan, ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk obyekti raqami ko‘rsatkichlarining shakli, o‘lchamlari hamda ularni tayyorlash va o‘rnatish tartibi belgilanadi.

🚪 Ko‘rsatkichning namunaviy shakllari quyidagi toifalarga ajratiladi:

⬆️ 1-toifa – poliyetilentereftalat, poliyetilintereftalatglikol, polistirol yoki polikarbonat materialdan tayyorlangan, yoritish moslamali ko‘rsatkich;

⬆️ 2-toifa – kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan, nur qaytaruvchi qoplamali ko‘rsatkich;

⬆️ 3-toifa – kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan ko‘rsatkich.

🕔 Bunda, qoida tariqasida, 1-toifa ko‘rsatkichlar shahar ahamiyatidagi magistral ko‘chalar, 2-toifa ko‘rsatkichlar tuman ahamiyatidagi magistral ko‘chalar va 3-toifa ko‘rsatkichlar esa mahalliy ahamiyatga ega ko‘chalarda o‘rnatiladi.

Ko‘rsatkichda ko‘chaning nomi qisqartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.


📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1