XORAZM KADASTR AXBOROT XIZMATI / KHOREZM CADASTRAL INFORMATION SERVICE
1.68K subscribers
7.62K photos
1.08K videos
9 files
4.87K links
"KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI ХORAZM VILOYAT BOSHQARMALARI"

📧-mail: https://mail.ygk.uz
☎️Murojaat uchun tel: +998622246705
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Turar joy bilan ijtimoiy obyektlar o'rtasidagi masofa qancha bo'lishi lozim?

🌟 Davlat kadastrlari palatasi turar joy bilan ijtimoiy obyektlar o‘rtasidagi masofa bo'yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.

➡️ Foydali bo'lgan ushbu ma'lumotlarni kengroq tarqating.

#DavKadastrPalata #masofa

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Samarqand viloyati boshqarmasida yangi tayinlov

⚡️ Bugun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasida Davlat kadastrlari palatasi raisi Mohir Valiyev boshchiligida tashkiliy yig'ilish o'tkazildi.

◼️ Yig'ilishda Kadastr agentligi direktori buyrug'iga ko'ra, Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig'i lavozimiga Nasimov Ravshanjon Azimovich tayinlangani e'lon qilindi.

◼️Tadbir so'nggida rahbariyat tomonidan sohaga oid bir qancha masalalar ko'rib chiqildi va kelgusi rejalar uchun topshiriqlar belgilandi.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_yig_ilish #Samarqand

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr boshqarmalarining matbuot anjumanlari telekanallar nigohida


⭐️ 🌟 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmalari tomonidan “2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va 2025-yilda rejalashtirilgan ustuvor vazifalar” mavzusida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanlari haqida hududiy telekanallarda lavhalar efirga uzatilmoqda.

▫️Toshkent telekanali, "Poytaxt" informatsion dasturida

▫️Andijon telekanalining "ANDIJON AXBOROTI" informatsion dasturida .

▫️Qashqadaryo telekanali, "Qashqadaryo axboroti" informatsion dasturi .

▫️Navoiy telekanali, "Bugun" informatsion dasturida .


#DavKadastrPalata #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2025-YIL, FEVRALDAN
XATLOV O'TKAZILAYOTGAN MAHALLALAR

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuniga muvofiq, Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida 2024-2028-yillarda respublika miqyosida bosqichma-bosqich xatlov ishlari amalga oshirilishi belgilangan.

Mazkur videoinfografika orqali hududlarda 2025-yil fevral oyida xatlov boshlanadigan va bo‘layotgan mahallalar haqida ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Hurmatli yurtdoshlar, mahallangizdagi o‘tkazilayotgan xatlov bo'yicha kerakli ma'lumotlarga ega bo'ling!
Sizning xatlovga befarq bo'lmasligingiz - biz kadastrchilar ishini yanada yengillashtiradi.


#DavKadastrPalata #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

🫥 Hujjatlarga munosabat. Ko'chmas mulk daxlsiz bo'lishi uchun nimalarga e'tiborli bo'lish kerak ?

▶️ Batafsil videoda

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPda 2024-yil sarhisobi va 2025-yilgi maqsadlar


⭐️🌟 Bugun Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasida Markaziy apparat rahbariyati va hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish avvalida Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev o‘tgan yilda tizimda amalga oshirilgan ishlar tahlili xususida so‘z yuritdi. Shuningdek yig‘ilish davomida boshqarma boshliqlarining kadastr pasportlarini shakllantirish, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, yer uchastkalarini xususiylashtirish, bo‘sh yer maydonlarini aniqlash , murojaatlar bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari tinglandi.

🇺🇿 Qayd etish kerakki, 14 ta hudud boshqarma rahbarlari mazkur yig‘ilish doirasida 3 kunlik o‘quv seminarida ham ishtirok etadilar.
➡️Bu haqda batafsil yana ma’lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #kollegiya #hududlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sarhisob va rejalar


Avval xabar berganimizdek, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatida 2024-yil sarhisoblari va 2025-yil rеjalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tgan edi.

◼️ Respublika yig'ilishida ko'tarilgan masalalar, rahbariyatning tahliliy fikrlari, boshqarma boshliqlarining hisoboti va takliflari mazkur videoda mujassam.

#DavKadastrPalata #yil_sarhisobi #kollegiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O'zbekiston Respublikasi 937-sonli Qonunining avvalgi "aksiya"lardan afzalligi nimada ?


▶️ Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari "O'zbekiston" telekanalining "Munosabat" tok-shousida ishtirok etib, mazkur savolga oydinlik kiritdilar.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2025-yildagi xatlov ishlari viloyatlar kesimida


🇺🇿 Ushbu infografikada joriy yilda qaysi viloyatda, nechta mahalla yalpi xatlovdan o'tkazilishi borasida batafsil ma'lumotlar aks etgan.

➡️ Foydali ma'lumotni yaqinlaringiz bilan bo'lishing.

#DavKadastrPalata #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sohaga oid tushunchalar

📝Ko‘chmas mulk obyekti — binolar, inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bog‘langan boshqa mol-mulk, ya’ni belgilangan maqsadiga nomutanosib tarzda zarar yetkazmagan holda joyini o‘zgartirish mumkin bo‘lmagan obyektlar.

✈️ Asos: 29.06.2022-yildagi O'RQ-781-son

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

OAV biz haqimizda

🫥 "O'zbekiston" telekanalining “Munosabat ” tok-shousida "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish masalalari" borasida so'z yuritildi.

▶️ Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari ishtirok etgan mazkur ko'rsatuvda yuqoridagi masala bo‘yicha batafsil ma'lumotlar berildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Quyidagi
kadastr xizmatlari Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi:

🎛 Kadastr pasportini shakllantirish;

🎛 Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🎛 Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma olish;

🎛Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish uchun ariza topshirish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;

🎛 Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish;

🎛 Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🎛Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🎛 Kadastr obyektiga taʼqiq bor/yo‘qligini tekshirish;

🎛 O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish;

🎛 Davlat Reyestridagi har qanday ko‘chmas mulk obyektining kadastr qiymatini bilish;

🎛 Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash.

#DavKadastrPalata #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 😀😃😄😆😊

So'ragan edingiz...


Ko'plab murojaatlar orasida "Auksionda qatnashish boyicha nima qilishim kerak, bu tizim qanday ishlaydi?"- degan savollarga ham ko'p bora duch kelamiz. Ana shu savolingizga mazkur videoqo'llanma mazmunli javob bo'ladi degan umiddamiz.

"E-AUKSION" platformasidan ro'yxatdan o'tish bo'yicha videoqo'llanma quyidagilarni o'z ichiga oladi:

🔘ro'yxatdan o'tish
🔘ma'lumotlarni to'ldirish
🔘bepul elektron raqamli imzo kalitini olish
🔘shaxsiy hisobni to'ldirish
🔘lot uchun ariza berish
🔘mablag'ni shaxsiy kabinetdan qaytarish
🔘ariza bergan ishtirokchilar soni bilan tanishish
🔘auksionlarni ro'yxatdan o'tmasdan kuzatib borish

#DavKadastrPalata #auksion #so_ragan_edingiz

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbirlar


◼️Barchamizga ma'lumki, korrupsiya bugun butun dunyo miqyosidagi global muammolardan biri bo'lib, unga qarshi kurashish jamiyatning eng ustuvor vazifalaridan biriga aylangan. Ayni shu yo'nalishda Davlat kadastrlari palatasi hamda uning hududiy boshqarmalari tomonidan ham samarali ishlar amalga oshirib borilmoqda.

◼️ Xususan hududlarda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi mutaxassislari tomonidan xodimlar o'rtasida “O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida”gi O'RQ 937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda uning ijrosini ta'minlash jarayonida manfaatlar to'qnashuviga, korrupsion holatlarga yo'l qo'ymasliklari haqida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

▫️Jizzax viloyati
1 2 3 4
▫️Navoiy viloyati
▫️Sirdaryo viloyati 1 2
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi 1 2 3
▫️Toshkent viloyati 1 2 3
▫️Surxondaryo viloyati 1 2 3
▫️Xorazm viloyati 1
▫️Toshkent shahri 1
▫️Andijon viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun respublika kadastrchilari milliy libosda


🇺🇿 Dunyo xavas qiladigan milliy liboslarimiz bor: o‘zbek do‘ppisi, milliy liboslari, beqasam to‘ni.

🇺🇿 Uni kiyganda har bir o‘zbek - o‘z millatining qanchalik boy tarixga ega ekanligini qalbida his qiladi. Bugun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining butun respublika jamoasi bu ulug‘vor tuyg‘uni qalbidan o‘tkazdi.

🫥 Siz ham mazkur tashabbusga qo‘shiling, o‘zbekning ko‘rkam liboslarida namoyon bo‘ling!

#DavKadastrPalata #milliylik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash” davlat xizmati

🖥 My.gov.uz portalidagi bu xizmat fuqarolarga onlayn ariza berish orqali ko‘chmas mulkni birlashtirish va birlashtirilishi natijasida hosil bo‘lgan mulkning yangi chegaralari belgilanganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma olish imkoniyatini beradi.

✔️ Ushbu xizmatdan barcha yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi mumkin.

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi!

🕔 Xizmatni ko'rsatish muddati:
13 ish kuni mobaynida

🪙 Xizmat narxi BHMning 1 baravar miqdorida.

#DavKadastrPalata #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦

VAKANT O'RINLARI UCHUN QABUL E'LON QILINADI!

⭐️🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasining Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻlimi bosh mutaxassisi - roʻyxatdan oʻtkazuvchisi vakant lavozimlariga ishga qabul qilish boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi.

Talablar: oliy yuridik maʼlumotga hamda yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga yohud geodeziya, kartografiya va kadastr, bino va inshootlar qurilishi, qurilish ekspertizasi, koʻchmas mulk ekspertizasi, arxitektura, yer tuzish va yer kadastri yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotga va Davlat kadastrlari palatasi tizimida mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi lozim.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish shoʻbasiga murojaat qilishlari mumkin.

Manzil:Urganch shahar, Istiqlol ko'chasi 14-uy

📞 Murojaat uchun telefon raqamlari: +998622246702

❗️ Eslatma! Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2025 yilning 1 aprel kuniga qadar qabul qilinadi.

◼️ Tanlov yuzasidan eʼtirozlar boʻlgan taqdirda Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparatining yagona aloqa markaziga murojaat qilishingiz mumkin: +998 71 207 00 03

#DavKadastrPalata #vakansiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOV O'TKAZILMASLIGI HAM MUMKINMI ?


🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan O'RQ-937-sonli qonun asosida ishlab chiqilgan "Ko'chmas mulklarni xatlov yo'li bilan texnik inventarizatsiyadan o'tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida"gi uslubiy qo'llanmada mahallalarda xatlov o'tkazish jarayonlarini tashkil etish bo'yicha bir qancha muhim jihatlar aks ettirilgan.

Xususan, nizoli holatlar kelib chiqishini oldini olish va xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi ta'minlash maqsadida mazkur yo'riqnomada xatlov ishlari amalga oshirilmaydigan holatlar qat'iy belgilangan.

➡️ Batafsil videoda 👆

#DavKadastrPalata #OʼRQ_937 #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦

XATLOV VAQTI UYINGIZDA BO'LISHINGIZNI SO'RARDIK
!

🇺🇿 🗓 Manzilli ro‘yxat bo‘yicha xatlovga tushgan mahallalardagi xonadonlarda uy egalarining xonadonida bo‘lmasliklari, ishchi-guruhga yer hujjatlarini taqdim etmaslik yoki keyinroq kelishlarini aytish kabi ayrim holatlar kadastrchilarimiz tomonidan xatlov ishlarini amalga oshirilishlariga to'sqinlik qilmoqda.

Aslida mazkur xatlov Sizning foydangizga tashkil etilganini anglashingiz biz uchun muhim.

Sizdan faqat mahallangiz xatlovga tushgan vaqtni bilish va o'sha kuni xonadoningizda bo‘lish so'raladi xolos!

👉 Xatlovdan bexabar qo'shningizga ham mazkur videoni ulashib qo'ying.

#DavKadastrPalata #xatlov2025 #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM