Toshvil_davxizmat | Rasmiy kanal
271 subscribers
14.4K photos
1.04K videos
6 files
8.09K links
Халққа хизмат қилиш - энг олий бурчимиз!

Мурожаат учун:
@dxa_toshvil_bot
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

Умумий ўрта таълим муассасаларида ўзбек имо-ишора тили ва Брайль алифбоси ўргатилади

“Ўзбек имо-ишора тили ва Брайль алифбосини ривожлантириш бўйича қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–407-сон, 20.10.2022 й.) қабул қилинди

🔰 Қарорга кўра, ўзбек имо-ишора тили ва Брайль алифбосини ривожлантиришнинг асосий йўналишларидан бири этиб ўзбек имо-ишора тилини янада ривожлантириш ва унинг ҳуқуқий мақомини ошириш бўйича комплекс чора-тадбирларни амалга ошириш, ундан мулоқот воситаси сифатида фойдаланишни рағбатлантириб бориш белгиланди.

🗓 2023 йил 1 январдан бошлаб, умумий ўрта таълим муассасалари ҳамда “Ишга марҳамат” мономарказларида ўзбек имо-ишора тили ва Брайль алифбосини ўргатиш бўйича махсус ўқув курслари ташкил этилади.

☑️ Махсус ўқув курсларида кўриш, эшитиш ва нутқида нуқсони бўлган шахслар ҳамда ушбу тоифадаги вояга етмаган болаларнинг ота-оналари ёки уларнинг ўрнини босувчи шахслар – бепул, қолган шахслар – пуллик асосда ўқитилади.

🏢 2023 йил 1 январдан бошлаб давлат телеканалларида ҳафталик эфир вақтининг камида беш фоиз ҳажмидаги кўрсатувлар сурдотаржима, яширин субтитрлар ёки “югурувчи сатрлар” билан намойиш этилади.

📃 2024/2025 ўқув йилидан бошлаб кар ва заиф эшитувчи болалар учун ихтисослаштирилган таълим муассасаларининг ўқитувчи лавозимига фақат дарс ўтиладиган имо-ишора тилини биладиган педагог кадрлар ишга қабул қилинади.

📝 2023/2024 ўқув йили учун олий таълим муассасаларига ўқишга қабул қилишнинг давлат буюртмаси параметрларини шакллантиришда сурдопедагогика ва тифлопедагогика йўналишлари бўйича давлат гранти асосидаги қабул кўрсаткичлари 25 фоизга оширилади.

2023 йилдан бошлаб ҳар йили сентябрь ойида “Имо-ишора тили бўйича энг яхши таржимон” танлови ўтказилади ва танлов ғолиблари қуйидагича тартибда пул мукофотлари билан рағбатлантирилади:
▫️1-ўрин учун – БҲМнинг 100 баравари;
▫️2-ўрин учун – БҲМнинг 65 баравари;
▫️3-ўрин учун – БҲМнинг 50 баравари.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Jarayon

Bekobod tuman adliya bo‘limi va sud-huquq tizimi vakillari ishtirokida “Bog‘ishamol” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul tashkil etildi. Tadbir davomida 10 ga yaqin fuqarolarga savollari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilgan bo‘lsa 2 nafar fuqaroning murojaati ish yurituviga qabul qilindi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Foydali

Muammolarga huquqiy yechim topa olmayapsizmi?

📽 Adliya vazirligi tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolar hamda eng koʻp berilayotgan savollarning huquqiy yechimlari boʻyicha maxsus videoroliklar ishlab chiqilib, YouTube tarmogʻiga joylashtirib borilmoqda.

❗️Bunda Siz “metrika” olishdan pensiyaga chiqishgacha boʻlgan jarayonlarda duch kelayotgan muammolaringizga mavzulashtirilgan tarzda huquqiy yechim topishingiz mumkin.

📌 Oʻz vaqtingizdan unumli foydalangan holda huquqiy bilimlaringizni mustahkamlang!

👉 Batafsil: youtube.com/adliya

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Nodavlat professional taʼlim litsenziyasini olish talablari soddalashtirildi

“Nodavlat sektorda professional taʼlimni rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratilishi hamda pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Hukumat qarori (612-son, 19.10.2022-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra:

🔹 nodavlat professional taʼlim tashkilotlari uchun davlat mulki obyektlarini ijaraga olishning eng koʻp muddati 5 yildan 10 yilgacha uzaytirildi;

🔹 nodavlat taʼlim tashkilotlarining professional taʼlim xizmatlarini koʻrsatish uchun bankdagi hisobvaragʻiga qoʻyiladigan mablagʻ miqdori 2 baravarga (50 ming dollardan 25 ming dollarga) qisqartirish orqali litsenziya talablari va shartlari soddalashtirildi.
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🏫 Таълим муассасаларининг ўқув хоналарида машғулотлар ўтказишда меҳнатни муҳофаза қилиш талабларига мувофиқ ўқув хоналарида ҳаво ҳарорати енгил жисмоний ишда 21º С, ўртача оғир ишда 17º С ва оғир ишда 16º С дан паст бўлмаслиги керак.

Физика ўқув лаборатория хонасида мунтазам равишда ҳарорат 18º С – 21º С, ҳавонинг намлиги 40 – 60 фоиз бўлиши керак.

🔹Таълим муассасаси ҳудудидаги ҳожатхоналар иссиқ сув ва канализация тизимига уланган бўлиши лозим.

❗️ Таълим муассасасида канализация тизими йўқ бўлганда давлат санитария назорати органлари билан келишилган ҳолда таълим муассасасида ер қатламини ифлослантирмаган ҳолда душхоналардан ва юз-қўл ювгичлардан сув оқмайдиган қурилмали ахлат ўраларининг мавжуд бўлишига рухсат этилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Bilasizmi

Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– D
avlat xizmatlari markazi;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

📋So‘rovnomaga ijara shartnomasi ilova qilinadi.

📑Zarur ma’lumotlar so‘rovnomaga kiritilgandan so‘ng ariza beruvchi uni o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:


👨‍💼Yuridik va jismoniy shaxslarga

💠Davlat
xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 375 000 so'm (BHMning 1,5 baravari)

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 1 ish kuni.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari

“Yagona mijoz” tamoyili asosida xizmat koʻrsatish yuzasidan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 24-oktabr kuni Adliya vazirligida kommunal tarmoqlardagi barcha raqamlar jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamiga va yuridik shaxslarning soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamiga bogʻlanishini taʻminlash hamda bu orqali har bir shaxsga “yagona mijoz” tamoyili asosida unikal raqamdan foydalangan holda xizmatlar koʻrsatilishini toʻliq yoʻlga qoʻyilishi yuzasidan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbirda bu sohadagi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Kadastr agentligi va bu sohada davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha vakolatli davlat organlari masʻul xodimlari faoliyati tanqidiy koʻrib chiqildi hamda bu masalani hal etish mexanizmlari muhokama etildi.

Shu bilan birga, Adliya vazirligi “UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab quvvatlash boʻyicha yagona integrator bilan hamkorlikda YIDXP jismoniy va yuridik shaxslar shaxsiy kabinetlari orqali kommunal tashkilotlar oʻrtasida qayta aloqa xizmati yaratildi.

Bu xizmat orqali jismoniy va yuridik shaxslarning xato kiritilgan koʻchmas mulk kadastr raqamlarini va kommunal xizmanlar boʻyicha isteʻmolchlarning shaxsiy hisob-raqamlarini toʻgʻrilash imkonini berish bilan birga, “Yagona mijoz” tamoyili asosida xizmatlar koʻrsatilishini taʻminlashda qoʻshimcha samarali natija beradi.

Uchrashuv so‘ngida “Yagona mijoz” tamoyili asosida xizmat koʻrsatish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Mobil_ID

🔅Mobil-ID tizimi nima beradi?

📌Shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi foydalanuvchilarga elektron raqamli imzoni qoʻllamagan holda davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi (bundan kreditlash sohasida koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlar mustasno).

💠Mobil-ID tizimi aholining masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi va aholiga qulayliklar yaratadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Adliya_xabari

Ayni vaqtda adliya vaziri R. Davletov boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi Yaponiyada ishchi tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Maqsad — Yaponiyaning qator davlat idoralari vakillari bilan ishchi uchrashuvlar oʻtkazish, shuningdek, davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini oshirish, ma’muriy tartib taomillarini rivojlantirish, turli sohalarda korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish boʻyicha samarali va taʼsirchan choralarni belgilash boʻyicha Yaponiyaning ilg‘or tajribasini oʻrganishdir.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Kun_hikmati

Zinhor bu yolgʻonchi dunyoda oʻlikdan jon, gadoydan sadaqa, xasisdan nasiba, tovuqdan sut soʻramanglar.

Neʼmat Aminov



Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
#Bayram_muborak

25-oktabr - Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni

Hurmatli tinchligimiz posbonlari! Sizlarni Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni bilan muborakbod etamiz. Barchangizga mustahkam salomatlik, oilaviy baxt va tinchlik tilaymiz!
Bayramingiz muborak boʻlsin!

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#IIV_shonli_31yil #Tabrik

Islomjon Noyobov,
Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

Ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda 25 oktabr – Ichki ishlar organlari kuni munosabati bilan bayram tabrigi.

Obuna boʻling 👉 t.iss.one/toshvilagentlik

Biz boshqa ijtimoiy tarmoqlarda:
Facebook · Instagram · Youtube