Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi🇺🇿
52.5K subscribers
32K photos
3.16K videos
97 files
10.4K links
Boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:

Web-site: https://surxonedu.uz/uz.html

Instagram: https://www.instagram.com/sv_mmtb/

Facebook :https://www.facebook.com/groups/surxondaryo.mmtb

Murojaat uchun: @SurxonMMTB_murojaat_bot
Download Telegram
#attestatsiya
#malaka_toifasi

📣 Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazishga doir
zarur adabiyotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 26-iyuldagi "Maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining attestatsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi 229-son buyrugʻida belgilangan tegishli vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazishga doir sinov materiallari ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

❗️Ushbu o‘quv adabiyotlari va sinov materiallari malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/announces/1740

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
📢🎉🎓

#Eng_kitobxon_oila_tanlovining
#viloyat_bosqichi

📌Viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan Surxondaryo viloyatida "Kitobxonlik festivali" o'tkazilishi munosabati bilan Viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabida"Eng kitobxon oila" ko'rik tanlovining Viloyat bosqichi o'tkazilgan edi.

📝Tanlovda Qiziriq tumani "Xolboyevlar" oilasi faxrli 1- o'rinni
Sariosiyo tumani "Boboyevlar"oilasi faxrli 2-o'rinni.
Bandixon tumani "Allaniyozovlar " oilasi faxrli 3-o'rinni qo'lga kiritishdi.

📚Termiz shahar "Sayfullayevlar"oilasi "Eng fidoiy kitobxon"
Termiz tumani "Jiyanovlar"oilasi "Eng yosh kitobxon"
Uzun tumani "Ibodullayevlar"  oilasi "Eng ma'naviyatli kitobxon"
Qumqurg'on tumani "Qurbonovlar"oilasi "Eng hozirjavob kitobxon" 
Angor tumani "Davlatovlar"oilasi "Eng namunali kitobxon" nominatsiyalari bilan taqdirlandi.

🥇1️⃣2️⃣3️⃣ o'rin g'oliblar "Kitobxonlik festivali"da taqdirlanadi.

🌎#Surxondaryo viloyat  bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

🌐Telegram
▶️You tube
🌐Facebook   Bizni ijtimoiy
🌐Instagram   tarmoqlardan
🌐Web site      kuzating!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13🔥2
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
Ўқитувчи ўқувчининг телефонини олиб қўйишга ҳақлими?

Қонунчиликка асосан, ўқув машғулотлари бошланишидан олдин таълим олувчилар телефонини ўчириб қўйиши ҳамда сумкасига солиб қўйиши шарт.

Қуйидагилар тақиқланади:
телефонини бўйнига осиб олиш, кўкрак чўнтакларида, шим, юбкалари чўнтакларида ва шу кабиларда сақлаш;
телефон аккумуляторини зарядлаш учун таълим муассасаси электр тармоқларига улаш;

ўқув машғулотлари вақтида:
телефон орқали сўзлашиш ҳамда SMS (ММS) ва бошқа турдаги хабарларни жўнатиш;
телефонни стол устига қўйиш;
мусиқа тинглаш;
сурат ва видео тасвирларни кўрсатишда телефондан фойдаланиш, тасвир кўриш, диктофон, калкулятор, календарь, блокнот, ён дафтарча кабилар сифатида фойдаланиш;
суратга олиш ва видео тасвирга тушириш;
телефон орқали бошқа хизматлардан фойдаланиш.

Ушбу талаблар бузилган тақдирда:
педагог ходим таълим олувчидан телефонни олиб қўйиш, билдиришнома расмийлаштириш, кейинчалик уни ота-оналарга бериш ҳуқуқига эга.

🌐 https://t.iss.one/AOKA_Surxondaryo
👍14👏1
#қонунчиликдаги_ўзгаришлар

Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi.

Mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining qator Kodeks hamda Qonunlari, jumladan Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

👉 Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni 43-moddasiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha orqali nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini tekshirish Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni xabardor qilgan holda amalga oshirilishini belgilandi.

👉 Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi 53-moddasi uchinchi qismiga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra, endilikda maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tegishli maqsadlar uchun berilgan yerlar hamda suv fondi yerlari fermer xoʻjaliklariga berilmasligi belgilandi.

Shuningdek, qabul qilingan yangi Qonunga koʻra:

taʼlim tashkilotlarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasi, shuningdek kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishning yangi mexanizmi joriy etildi;

davlat taʼlim standartining nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tomonidan majburiy bajarilishi belgilandi.

👉 Qonunning to‘liq matni:
https://lex.uz/pdfs/7093724

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
📈Ta'lim muassasalarida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishildi

⚡️Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev hududlarga tashrifi davomida ta'lim muassasalarida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

📊Xususan, Termiz tumanidagi 11-sonli, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 2-, 5-, 15-, 38-umumta'lim maktablari hamda 41-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotidagi qurilish ishlari, qurilayotgan qo‘shimcha o‘quv binolaridagi jarayonlar bilan tanishildi.


🔔Boshqarma boshlig‘i qurilish ishlarining sifatiga alohida e'tibor qaratib, mas'ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quvchilarga munosib sharoit yaratish uchun zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.

✔️Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi "2024-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 404-sonli qaroriga asosan, ayni kunlarda viloyatdagi 48 ta maktabda 141 milliard 188 million so‘m evaziga, 13 ta maktabgacha ta'lim tashkilotida 24 milliard 212 million evaziga kapital-rekonstruksiya, qo‘shimcha o‘quv binosi qurish ishlari amalga oshirilmoqda. 44 milliard 137 million so‘m sarflanib 11 ta yangi maktabgacha ta'lim tashkiloti, 44 milliard 311 million so‘mga esa 3 ta yangi maktab qurilyapti. Shuningdek, 39 milliard 900 million so‘m evaziga 7 ta maktab mukammal ta'mirlanmoqda.

#Termiztumani #Jarqorgon #qurilishishlari

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72🔥1🎉1