Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi (Rasmiy sahifa)
1.36K subscribers
13.5K photos
1.63K videos
59 files
11.5K links
SURXONDARYO VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI.
Manzil: Termiz sh. I.Karimov ko‘chasi, 42-uy

📝 Sizda huquqiy mavzuda SAVOL bo'lsa @huquqiy_maslahatbot murojaat qiling.

Янгиликлар учун.
@surxondaryoadliya
🌐 www.surxondaryo.adliya.uz
Download Telegram
Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi* doirasida vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassislari hamda davlat idora va tashkiloti mas’ullari uchun tashkil etilgan 3 kunlik trening o‘z ishini yakunladi.

Ma’lumot uchun:*Ushbu loyiha qishloq joylarda xotin-qizlar, yoshlar va bolalar, keksalar, imkoniyati cheklanganlar va nogironligi bor aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish yo‘li bilan ularning turmush darajasini oshirish nazarda tutilgan.

Amaliy mashg‘ulotlar davomida xorijiy davlatlarning mutaxassis va ekspertlari tomonidan  maqsadli axborot uzatishning zamonaviy, ta’sirchan usullari, auditoriya bilan ishlash, ommaviy axborot vositalari bilan ishlashning o‘ziga xos jihatlari kabi qator mavzularda ma’ruzalar tashkil etildi.

Har bir ma’ruza qiziqarli savol-javob va interaktiv usullarga boy tarzda o‘tkazildi. Unda barcha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi hamda hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Tashkil etilgan ushbu trening xodimlarning ushbu sohada malakalarini oshirish va xizmatda foydalanish uchun zarur manba bo‘lib xizmat qiladi.
👍6👎2😁1
#Bilasizmi

🗣Аpostil qanday hujjatlarga qoʼyilmaydi?

Hukumatning 732-son qarori bilan tasdiqlangan “Rasmiy hujjatlarga apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmati koʼrsatishning” maʼmuriy reglamenti 5-bandiga asosan, apostilь:

📁Chet elda Oʼzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan sodir etilgan rasmiy hujjatlarga;

🗂Tijorat yoki bojxona operatsiyalariga toʼgʼridan toʼgʼri aloqador boʼlgan rasmiy hujjatlarga;

📝Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolik pasportiga, identifikatsiya ID-kartasiga, harbiy biletga qoʼyilmaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Яшил макон – долзарб 40 кунлик!

Куни кеча Халқ депутатлари Сурхондарё вилоят Кенгаши ҳузуридаги Жамоат фонди ҳамда ЎзННТМА Сурхондарё вилоят ҳудудий бўлинмаси ҳамкорлигида Термиз шаҳрида жойлашган бир қатор ҳудудларда кўчат экиш ишларини бошлаб юборишди. Дастлаб "ННТ ва дўстлик уйи" атрофида бошланган дарахт экиш акцияси, ижтимоий соҳа объектлари, “Темир дафтарга” киритилган фуқаролар хонадонлари ва яшаш уйи атрофлари, қаровсиз ётган маҳалла ҳудудларида мевали ва манзарали дарахтлар экиш орқали кўкаламзорлаштирилмоқда.

Тўлиқ видеони кўриш 👉 https://youtu.be/HuvF0HMO_w4

Diyor24.uz расмий канали👇

You tube | Telegram | Facebook | Instagram
17 - Noyabr “Xalqaro talabalar”kuni. Shu kun munosabati bilan oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan talabalarning oʻqishlariga omad ishlariga rivoj tilayman.

Bayram munosabati bilan mehnat qonunchiligidagi huquq va kafolatlaringizni eslatib oʻtamiz!

💠
Mehnat kodeksiga koʻra, ta’lim muassasalarida oʻqiyotgan hodimlarga, ishni ta’lim bilan qoʻshib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlarini yaratib berishi shart.

➡️
Qolgan imtiyozlar bu yerda

✍️ Muallif: Oltinsoy tuman Adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti - Luiza Xasanova

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇🏻
Telegram I Facebook I Youtube | Web-site
#Bu_muhim #muqaddasdir_vatan_bayrog'i

🇺🇿18 ноябрь — давлат байроғи қабул қилинган кун. Ушбу рамз ҳақида нималарни биласиз?

Кўпчиликни қизиртирган саволларга жавоблар👇🏻👇🏻👇🏻

📌Давлат байроғининг давлат рамзи сифатидаги аҳамияти нималарда кўринади?

Ўзбекистон Республикасининг Давлат байроғи Ўзбекистон Республикаси давлат суверенитетининг рамзи ҳисобланади.

📌Давлат байроғи халқаро муносабатларда Ўзбекистон Республикасининг тимсоли бўлади.
Давлат байроғи қаерларда доимий равишда кўтарилган бўлиши керак?

Ўзбекистон Республикасининг Давлат байроғи:
Ўзбекистон Республикаси Президентиқароргоҳларининг;
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси палаталарининг;
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг;
Республика давлатбошқаруви органларининг;
Ўзбекистон Республикаси Давлат хавфсизлик хизматининг;
Ўзбекистон Республикаси Президенти давлат хавфсизлик хизматининг;
Ўзбекистон Республикаси Миллий гвардиясининг;
Ўзбекистон Республикаси Марказий банкининг;
Ўзбекистон Республикаси Ҳисобпалатасининг;
Ўзбекистон Республикаси Марказий сайлов комиссиясининг;
Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгеси ва Вазирлар Кенгашининг;
маҳаллий давлат ҳокимияти органларининг;
судларнинг;
прокуратура органларининг биноларида кўтарилади.

📌Давлат байроғининг тасвири туширилган белгилардан фойдаланиш тартиби қандай?

Давлат байроғи тасвири туширилган белгилардан Ўзбекистон Республикасига тегишлиликни белгилаш мақсадида предметларда,
ўқув-тарбия жараёнида (мавзуни тушунтириш, болаларга керакли тушунчаларни ҳосил ва шу кабилар), шунингдек Ўзбекистон Республикаси давлат мукофотларининг элементи сифатида фойдаланилиши мумкин.
Давлат байроғи элементлари ва белгиларидан қай ҳолларда фойдаланишга йўл қўйилмайди?
Давлат байроғи элементлари ва белгиларини
нодавлат ташкилотлари ҳужжатларининг реквизитлари ёки реклама материалларига киритиш;
ишлаб чиқарилаётган ёки реализация қилинаётган товарлар, ишлар ёки хизматларни ўтказиш учун тижорат мақсадларида фойдаланиш мумкин эмас.
Нодавлат нотижорат ташкилотларининг рамзлари Ўзбекистон Республикасининг Давлат байроғига ўхшаш бўлиши мумкин эмас.

📌Давлат байроғини ўрнатиш қай тартибда амалга оширилади?

Давлат байроғи:
биноларнинг асосий кириш жойида ёки бунинг учун мақбул бўлган бошқа жойда;
тегишли тутқичи бўлган дастада;
флагштокда байроқнинг дастаси бинонинг олд томони билан кўпи билан 45 градусли бурчак ҳосил қиладиган тарзда ўрнатилади.
Ўрнатилган Давлат байроғининг матоси ер сатҳидан камида 2,5 метр баландликда бўлиши керак.

📌Давлат байроғини ҳурмат қилишда фуқароларнинг мажбурияти нимадан иборат?

Ўзбекистон Республикасининг фуқаролари, шунингдек Ўзбекистонда чет эл фуқаролари ва фуқаролиги бўлмаган шахслар ҳам Давлат байроғини ҳурмат қилишлари шарт.
👍7
#Конституцияга_30_йил

Ҳар бир шахс мулкдор бўлишга ҳақли.
Ҳар бир шахс меҳнат қилиш, эркин касб танлаш, адолатли меҳнат шароитларида ишлаш ва ишсизликдан ҳимояланиш ҳуқуқига эгадир.

🗓 Ёлланиб ишлаётган барча фуқаролар дам олиш ҳуқуқига эгадирлар.

🩺 Ҳар бир инсон малакали тиббий хизматдан фойдаланиш ҳуқуқига эга.

Ўзбекистон Республикаси Конституцияси, 36-, 37-, 38-, 40-моддалар

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/adliya_fargona
👍2
#Adliya_xabari

DAVLAT – XALQ XIZMATCHISI

⚡️ Hukumat topshirig‘iga ko‘ra, Adliya vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va boshqa mas'ullardan iborat ishchi guruhlar tomonidan davlat organlari va muassasalari xodimlari uchun Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida kengaytirilgan o‘quv-seminarlar o‘tkazilmoqda.

📍 Batafsil

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇🏻
Telegram I Facebook I Youtube | Web-site
👍6
#Muqaddasdir_vatan_bayrog‘i

Davlat bayrog‘i – O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzi

Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi.

Davlat bayrog‘i – bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodan iborat.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇🏻
Telegram I Facebook I Youtube | Web-site
👍1
#Shuhrating_porlasin_toki_bor_jahon

DAVLAT MADHIYASI KUYLANGANDA

⚡️ O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ko‘pchilik huzurida ijro etilganda, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, hozir bo‘lgan kishilar madhiyani tik turib va o‘ng qo‘l kaftini ko‘krakning chap tomoniga qo‘yib, harbiy yoki davlatning boshqa xizmatidagi maxsus kiyimdagi shaxslar esa qo‘lini bosh kiyimiga qo‘yib tinglaydi.

Agar O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining ijro etilishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ko‘tarilishi bilan birgalikda amalga oshirilsa, hozir bo‘lgan kishilar unga yuzi bilan buriladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇🏻
Telegram I Facebook I Youtube | Web-site
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Кун_тарихи

🇺🇿 Давлат байроғи Ўзбекистон давлат суверенитетининг рамзидир

18 ноябрь
“Ўзбекистон Республикасининг Давлат байроғи тўғрисида”ги Қонун қабул қилинган кун.

Адлия вазирлиги барчангизни ушбу кун билан чин дилдан табриклайди.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ayrim import tovarlariga bojxona boji nol stavkalarining qo'llanilishi muddati uzaytirildi

"Iste'mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Prezident farmoni (PF–251-son, 17.11.2022 y.) qabul qilindi.

🔰 Farmonga ko'ra, Prezidentning tegishli Farmonida keltirilgan tovarlarga (jumladan, baliq, yangi yoki quritilgan sitrus mevalari (limondan tashqari), margarin va boshqa) import bojxona bojining nol stavkasi qo'llanish muddati 2023 yil 1 iyulgacha uzaytirilib, mazkur ro'yxatga bug'doy uni yoki bug'doy-javdar uni ham kiritildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
👍1
#Тест_синови

🇺🇿 Байроқ ҳақида 10 савол

✔️ 18 ноябрь –
Ўзбекистон Республикаси Давлат байроғи қабул қилинган кун муносабати билан Адлия вазирлиги томонидан ўтказилаётган тест синовида фаол иштирок этинг.

🖥 10 та тест саволига жавоб топинг! Уни ишлаш учун бир неча дақиқа кифоя. Ўз билимингизни синовдан ўтказинг.

➡️ Тест саволларини ишлаш учун ҳавола: t.iss.one/QuizBot?start=9XyLN9qr

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
👍4👏1
#Muqaddasdir_vatan_bayrog‘i

🇺🇿 Sherobod tuman adliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

⚡️ 2022-yil 18-noyabr kuni tuman Adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi va Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi mas’ul xodimlari ishtirokida Sherobod tuman Adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi katta zalida xizmat zarurati bilan kelgan fuqarolarga 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan "Muqaddasdir Vatan bayrog‘i" shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇🏻
Telegram I Facebook I Youtube | Web-site
👍5